Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzish
– korxonada uzoq
muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayoni;
Kapital tuzilmasi
– bu qarz kapitali va xususiy kapitalning
o‘zaro yig‘indisi;
Kapitazatsiyalash
– olinadigan daromadlarni reinvestitsiya-
lash jarayoni.
Kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga olish
–
kompaniya
boshqaruvining bir guruh aksiyadorlar qo‘lidan boshqasiga o‘tishi.
Konglomerat qo‘shib olish
– faoliyat yo‘nalishlari o‘zaro
bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalarning biri tomonidan ikkinchisining
qo‘shib olinishi;
Korporativ boshqaruv
– bu mulk shaklidan qat’i nazar
amaldagi huquqiy-me’yorlarga asoslanib, boshqaruvning ma’lum
bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga
oshiriluvchi faoliyat majmuidir;
Do'stlaringiz bilan baham: |