O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

2015 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga 

nisbatan 16,37 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta 

AJining tarmoqlar kesimidagi soni 

 

16.5-rasm 



ma’lumotlaridan 

ko‘rinib 

turibdiki, 

Paxtasanoateksport  xolding  kompaniyasi  tarkibidagi  AJlari  yuqori 

dividend  to‘lagan.  Shuningdek,  O‘zbekneftegaz  va  O‘zavtosanoat 

tarkibidagi 6 tadan AJ ham tuzib chiqilgan reytingga kirgan. 

Dividend to‘lovlarini amalga oshirgan AJlarining eng yuqori 50 

taligi  reytingi  bo‘yicha  eng  past  ko‘rsatkich  2014-yilda  aksiya 

nominal  bahosiga  nisbatan  22,9  foizni  tashkil  etgan  bo‘lsa,  2015-

yilda  bu  ko‘rsatkich  14,37  foizga  teng  bo‘lgan.  Bunday  pasayish 

sababini  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015-yil  4-

martdagi 

«2015-2019-yillarda 

ishlab 


chiqarishni 

tarkibiy 

o‘zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash 

bo‘yicha  chora-tadbirlar  dasturi  to‘g‘risida»gi  Farmoni  asosida 

iqtisodiyot  sektorlari  bo‘yicha  2015-yil  davomida  AJlari  tomonidan 

yangi  loyihalar  amalga  oshirila  boshlanganligi,  ishlab  chiqarish  va 

xizmat  ko‘rsatish  jarayonlarini  yangilash  va  kengaytirishga, 

innovatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etishga  alohida  e’tibor 

qaratilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.  

11 













 

354 


Mamlakatimizda  qator  yillardan  buyon  dividendlar  va  foizlar 

tarzida  to‘lanadigan  daromadlarga  nisbatan  to‘lov  manbaida 

undiriladigan  10  foizlik  soliq  stavkasi  amal  qilib  kelmoqda. 

Fikrimizcha,  foyda  solig‘i  stavkasi  7,5  foiz  bo‘lib  turgan  holatda 

dividendlarga  nisbatan  soliq  stavkasini  ham  pasaytirish  maqsadga 

muvofiq. 

Chunki 

moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyatini 

kengaytirish 

natijasida  erishilgan  natijadan  7,5  soliq  to‘lash,  olinishi  noaniq 

bo‘lgan  dividend  bo‘yicha  to‘lanadigan  10  foizlik  soliqdan  afzal, 

albatta. 

AJlari  aksiyalari  nominal  bahosi  tahlil  qilinganda  ayrimlarida 

bir  so‘mlik,  shuningdek  Universal  sug‘urta  aksiyadorlik  sug‘urta 

kompaniyasi 

tomonidan 

bir 


tiyinlik 

aksiya 


muomalaga 

chiqarilganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  AJlariga  xorijiy  investorlarni 

jalb  qilish  masalasi  qo‘yilgan  vaqtda  aksiya  nominal  bahosining 

bunday  pastligi  taklif  jarayonida  ma’lum  bir  muammolarni  yuzaga 

keltiradi.  Chunki  bir  so‘mlik  yoki  bir  tiyinlik  aksiyani  xorijiy 

investorlarga  erkin  almashtiriladigan  valyutada  taklif  qilish  o‘ziga 

xos  qiyinchilik  tug‘diradi.  Keyin  keltirilayotgan  nominal  bahodagi 

aksiya bo‘yicha dividend miqdori haqida so‘z yuritish yana bir o‘ziga 

xos  jihat.  Aynan  shundan  kelib  chiqqan  holda  aksiya  nominal 

bahosi  bo‘yicha  minimal  miqdorni  ham  belgilash  lozim,  deb 

o‘ylaymiz.  

O‘rganishlar,  o‘tkazilgan  tahlillar  va  tadqiqotlarimiz  natijasi 

sifati  quyidagi  xulosalar,  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar  ishlab 

chiqildi: 

Birinchidan, AJlarining samarali dividend siyosati qo‘shimcha 

moliyaviy resurslar jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish va o‘rta 

mulkdorlar sinfini shakllantirish, qo‘shib olishlardan himoyalanish, 

IPO o‘tkazish orqali aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish 

natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat qiladi. 

Ikkinchidan,  davlat  byudjeti  daromadlar  tarkibida  yuqori 

ulushga  ega  bo‘lmagan  dividendlar  bo‘yicha  to‘lov  manbaida 

undiriladigan  10  foizlik  soliq  stavkasini  bosqichma-bosqich 

pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda solig‘i stavkasi 

7,5  foiz  bo‘lib  turgan  bir  vaqtda  dividend  bo‘yicha  10  foizlik  soliq 

stavkasining qo‘llanilishi ma’lum darajada mahalliy investorlarning 

fond bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir ko‘rsatishi mumkin.  

Uchinchidan,  AJlari  faoliyatiga  xorijiy  investorlarni  jalb 

qilishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda aksiyalar nominal 

bahosi  bo‘yicha  minimal  miqdorni  qonunchilikda  belgilab  qo‘yish 

maqsadga  muvofiq.  Chunki  aksiya  nominal  bahosi  qanchalik  past 

bo‘lsa,  o‘z  navbatida  dividend  miqdori  ham  past  bo‘ladi.  Natijada 



 

355 


aksiyani  erkin  almashtiriladigan  valyutada  xorijiy  investorga  taklif 

etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish