O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Anglo-amerika modeli xususiyatlari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

2.2. Anglo-amerika modeli xususiyatlari 

 

Anglo-amerika  modeli  Buyuk  Britaniya,  Amerika  qo‘shma 



shtatlari,  Kanada,  Avstraliya  mamlakatlarida  keng  qo‘llaniladi. 

Mazkur  modelda  korporativ  boshqaruv  ishtirokchilari  direktorlar, 

boshqaruvchilar,  aksiyadorlar,  hukumat  tuzilmalari,  birjalar, 

konsalting tashkilotlari hisoblanadi. 

Bu model qo‘llaniladigan mamlakatlarda korporativ tuzilmalar 

kapitalining  tarqoq  ekanligi,  ya’ni  markazlashmaganligiga  guvoh 

bo‘lish  mumkin.  Aksiyadorlik  kompaniyalarida  o‘n  minglab,  yuz 

minglab  aksiyadorlarning  ishtiroki,  aksiyalarning  yirik  paketlari 

bor-yo‘g‘i bir necha foizni tashkil etishi kuzatiladi. O‘n foizdan ortiq 

aksiyalar  paketiga  egalik  qiluvchi  insayderlar  korporatsiyalar 

faoliyatida  kamdan  kam  uchraydi.  Ya’ni  aksiyadorlardan  biri  real 

holatda  nazoratni  qo‘lga  olishi  deyarli  mavjud  emas.  Shuning 

uchun  ham  mazkur  model  korporativ  boshqaruvning  autsayderlik 

modeli, deb ham yuritiladi. 

Anglo-sakson  modelida  aksiyadorlar  tomonidan  ma’qullanishi 

shart-bo‘lgan  jihatlar  bu  direktorlar  kengashini  saylash,  auditorni 

tayinlash,  ustavga  o‘zgartirishlar  kiritish,  aktivlardagi  o‘zgarishlar 

va boshqa masalalardir. 

O‘z  tarkibida  yirik  institutsional  yoki  individual  investorlarga 

ega  bo‘lmagan  aksariyat  korporatsiyalar  biznesni  moliyalashtirish 

uchun fond bozorlaridan foydalanadilar. 

Qonunchilikka  muvofiq,  banklarning  sanoat  kompaniyalari 

aksiyalariga 

egalik 


qilish 

ta’qiqlangan. 

Boshqa 

moliyaviy 

institutlarning  ham  bunday  munosabatlarga  kirishishi  bo‘yicha 

chegaralar  mavjud.  Bunday  chora-tadbir  1929–1933-yillardagi 

                                                           

13

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 151. 


 

32 


inqirozdan  so‘ng  banklarning  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  ommaviy 

ravishda  spekulyatsiyalariga  qarshi  reaksiya  sifatida  joriy  etilgan. 

Bunday  sharoitda  moliyaviy  institutlar  sanoat  kompaniyalari 

faoliyatiga hech qanday aralashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 

Amerika-amerika  modelining  amaldagi  o‘ziga  xos  xususiyati 

mustaqil tashqi aksiyadorlar (autsayderlar) sonining doimiy o‘sishi, 

shu jumladan hozirda amerika korporatsiyalari (pensiya fondlari va 

boshqalar)  aksiyalarining  yarmiga  egalik  qilayotgan  institutsional 

investorlar  va  ularning  korporatsiya  ustidan  nazoratdagi  rolining 

o‘sib borishidan iborat. Amerika modelidagi yana bir xususiyati bu 

aksiyadorlarning  strategik  qarorlar  qabul  qilishga  ta’sir  ko‘rsatishi 

mumkinligidadir. 

Menejerlar 

va 


xodimlar 

aksiyadorlarning 

korporatsiyalarni  boshqarish  bo‘yicha  ma’lum  huquqlarga  ega 

agentlari  sifatida  ishtirok  etadi.  Ular  ishonchnoma  bo‘yicha  ovoz 

berish 

imkoniyatlariga 

ega 

bo‘lishlari 



mumkin. 

Xususan 


aksiyadorlar  o‘zlarining  nomidan  ovoz  berish  vakolatini  direktorlar 

kengashi  raisiga  berish  holatlari  ko‘p  uchraydi.  Korporatsiya 

faoliyati,  menejerlar,  direktorlar  va  aksiyadorlar  huquq  va 

majburiyatlari qonunchilikda aniq tarzda belgilab berilgan.  

Anglo-amerika modeli kompaniyaning qiymatini oshirishga va 

uning  qisqa  muddatda  foydaliligiga  yo‘naltirilgan.  Bu  boshqaruv 

tizimidan  tashqi  muhitdagi  jiddiy  o‘zgarishlarga  moslashish, 

innovatsion  va  riskli  loyihalarni  samarali  amalga  oshirish  bo‘yicha 

professionallikni talab qiladi.  

Mazkur  modelda  korporativ  boshqaruv  jarayoni  unitar  (bitta 

darajali) direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash 

o‘rtacha  12  ta  a’zo  va  bitta  ham  kengash  a’zosi  hisoblangan  bosh 

boshqaruvchi (prezident) dan tashkil topadi. Ular tomonidan barcha 

asosiy qarorlar qabul qilinadi.  

Amerika  qo‘shma  shtatlari  qonunchiligi  direktorlarning 

boshqaruv  va  kuzatuv  funksiyalari  alohida  ajratilmaydi,  lekin 

korporatsiya  yaxlit  faoliyati  bo‘yicha  javobgarlik  aynan  direktorlar 

kengashiga yuklatilgan. Funksiyalarning bo‘linishi bo‘yicha masala 

aksiyadorlar  tomonidan  hal  qilinadi  va  mustaqil  boshqaruvga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  

Ko‘plab  direktorlar  mustaqil  direktorlar  hisoblanib,  boshqa 

kompaniyalarning  amaldagi  yoki  sobiq  menejerlaridir.  Odatda 

kengashning  to‘rtdan  uch  qismini  mustaqil  direktorlar  tashkil 

qiladi.  Lekin  amaliyotning  ko‘rsatishicha  qimmatli  qog‘ozlar 

bozoridagi holat (pasayish)dan kelib chiqqan holda bosim natijasida 

bosh  direktorning  iste’fosi  ehtimoli,  tashqi  direktorlarnikiga 

nisbatan  yuqori.  Aksariyat  amerika  kompaniyalarida  direktorlar 

kengashi  raisi  sifatida  bosh  direktor  faoliyat  yuritadi.  Lekin  yirik 




 

33 


korporatsiyalarda direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktor 

(prezident) – turli shaxslar bo‘lib, ularning majburiyatlari o‘zaro farq 

qiladi.  

AQShda 


direktorlar 

kengashining 

asosiy 

majburiyati 

aksiyadorlar  manfaatlarini  himoya  qilish  va  ular  kapitalining  har 

tomonlama  o‘sishini  ta’minlash  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham 

menejerlarni  rag‘batlantirishning  asosiy  shakli  sifatida  kompaniya 

aksiyalari bo‘yicha optsionlarni, ya’ni aksiyador bo‘lish imkoniyatini 

taqdim etish keng qo‘llaniladi.  

Korporativ  siyosat  va  strategiya  asosida  direktorlar  kengashi 

shakllantiriladi, 

kengash 


tomonidan 

mansabdor 

shaxslar 

majburiyatlari belgilanadi, moliyaviy nazorat, bosh direktor faoliyati 

baholash,  qonunchilik  va  korporativ  etikaga  rioya  qilish  amalga 

oshiriladi.  

Direktorlar kengashida ikkita tipdagi qo‘mitalar tashkil etiladi: 

- operatsion (ijroiya, moliyaviy, strategik) qo‘mitalar. Ular ijroiy 

direktorlardan  shakllantiriladi,  faoliyati  davomida  menejerlarga 

maslahat  berib  boradi,  qarorlarni  amalga  oshirishga  javobgar 

bo‘ladi, qo‘yilgan masalalar bajarilish jarayonini nazorat qiladi; 

-  nazorat  qo‘mitalari  (tayinlash  va  rag‘batlantirish  bo‘yicha 

auditorlik) tashqi direktorlardan tarkib topadi. 

“Mazkur  modelda  direktorlar  kengashi  va  ijrochi  direktor 

vakolatlari  qat’i  tartibda  ajratilgan.  Bu  amaliyot  birinchi  marta 

Exxon Mobile korporatsiyasi tomonidan qo‘llanilgan”

14



Amerika qo‘shma shtatlarida korporativ tizim tomonidan amal 



qilinishi  shart  bo‘lgan  korporativ  boshqaruvning  asosiy  prinsiplari 

sifatida quyidagilar belgilangan: 

1.  Hisobdorlik.  Menejment  va  direktorlar  kengashi  a’zolari 

aksiyadorlar oldida hisobdor sanaladi va har qanday so‘rov, hattoki 

biografik  ma’lumotlargacha  taqdim  etishga  majbur  hisoblanadi. 

Amerika  qo‘shma  shtatlarida  axborotlarni  oshkor  qilish  bo‘yicha 

dunyodagi eng qat’i talab belgilangan. 

2.  Aksiyadorlar  bilan  munosabatlarda  shaffoflik,  ochiqlik  va 

hisobotlarning 

umumtan 


olingan 

xalqaro 


standartlaridan 

foydalanish.   

3. Barcha aksiyadorlarga, shu jumladan xorijiy aksiyadorlarga 

nisbatan bir xilda adolatli munosabatda bo‘lish. 

4.  Ovoz  berishning  aniq,  haqqoniy  metodikasi  amal  qilishi 

shartligi. 

5. Aksiyadorlar bilan o‘zaro munosabatlar qat’i ravishda amal 

qilinishi talab qilinadigan kodeksga asoslanishi lozim.  

                                                           

14

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 154. 


 

34 


6. Strategik rejalashtirish. 

Erishilgan  foyda  va  aksiya  kursi  prezident  va  uning  jamoasi 

boshqaruv 

sifati 


va 

samaradorligini 

baholash 

mezonlari 

hisoblanadi.  Agar  foyda  va  aksiya  kursi  pasaysa,  fond  bozorida 

investorlar  o‘zalariga  tegishli  qimmatli  qog‘ozlardan  qutulishga 

intiladilar. Natijada g‘arazli birlashish va qo‘shib olish xavfi yuzaga 

keladi.  

Investorlarning qisqa muddatli manfaatlarga ortiqcha darajada 

yo‘naltirilganligi,  aksiyalarning  haqiqiy  bahosidagi  xatoliklar, 

menejerlarni  rag‘batlantirishda  oqlanmagan  o‘sishning  kuzatilishi 

kabilar 


korporativ 

boshqaruvning 

anglo-amerika 

modeli 


kamchiliklari sifatida keltiriladi. Axborot olish imkoniyati yuqoriligi, 

munosabatlardagi  shaffoflik  tufayli  investorlarning  qisqa  muddatli 

manfaatlarga  ortiqcha  darajada  yo‘naltirilishi  kuzatiladi.  Bunday 

holatda  axborotlardagi  xatoliklar  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida 

ko‘piklar  hosil  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi  va  fond  bozoriga  bosimni 

kuchaytiradi.  Yetakchi  iqtisodchi  olimlar  tomonidan  aksiyalar 

haqiqiy  bahosidagi  xatoliklar  va  menejerlarni  rag‘batlantirishda 

oqlanmagan  o‘sish  2008-yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy 

inqirozining  asosiy  sabablari  qatorida  keltirilganligini  ham  shu 

o‘rinda  ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Chunki  menejerlar  tomonidan 

risklarning to‘g‘ri baholanmaganligi, o‘z navbatida yuqori miqdorda 

mukofotlar  olish  maqsadida  aksiyalar  bahosi  o‘sishiga  xizmat 

qiluvchi  axborotlarning  menejerlarning  e’lon  qilib  borilishi  oxir-

oqibat  moliya  bozorida  parokandalikka  olib  keldi.  Keltirilayotgan 

jihatlar  asosida  mazkur  model  kamchiliklardan  holi  emasligiga 

yana bir bor guvoh bo‘lish mumkin. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish