223
tomonidan qo‘shimcha foyda solig‘i ham to‘lanadi. Ushbu soliq
belgilangan rejalarga nisbatan mahsulot narxining oshishi hisobiga
olingan qo‘shimcha foydaga nisbatan soliq olinadi. Demak, ushbu
soliq bo‘yicha ham davlat bilan moliyaviy munosabatlar yuzaga
keladi.
Bizning fikrimizcha soliqlar va majburiy ajratmalar bilan
bog‘liq munosabatlar tizimini tadqiq etish, ularning korporativ
tuzilmalar moliyaviy holatiga ta’sirini baholash hamda ular bo‘yicha
to‘lovlar ketma-ketligini o‘rganib chiqish, korporativ tuzilmalarda
soliqlarni rejalashtirish jarayonini samarali tashkil etishda
imkoniyat yaratadi.
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu bo‘yicha Q.Yaxyoyev
nafaqat korporativ tuzilmalar, balki barcha soliq to‘lovchilar va
davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar haqida to‘xtalib, “soliq
to‘lovchi va davlat o‘rtasida bu yerda qarama-qarshi manfaat yotadi.
Davlat iloji boricha o‘z xizmatlari uchun ko‘p soliq olishni istaydi,
to‘lovchilar esa iloji boricha kam soliq to‘lashni istaydi”
58
– deya,
ta’kidlab o‘tadi. Demak, davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi
soliq munosabatlarini o‘rganish, bundagi qarama-qarshiliklarni
samarali tartibga olish, ham korporativ tuzilmalar ham davlat
manfaatlariga
salbiy
ta’sir
etmaydigan
soliqqa
tortish
mexanizmlarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi
PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
Farmoni ham kelgusida soliq munosabatlarining o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Xususan ushbu Farmonga muvofiq aksiyadorlik
jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy
mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy
to‘lov to‘lash, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari
sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov
manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan fuqarolarning
majburiy sug‘urta badallaridan ozod etish belgilandi. Bu esa, o‘z
navbatida,
korporativ
tuzilmalarda
zamonaviy
boshqaruv
58
Қ
.Я
ҳ
ёев. Соли
қ
назариясидаги долзарб масалалар
ҳ
а
қ
ида. Молия илмий журнали. 2010 йил, 2-сон.
54-56 бетлар.
224
uslublarining joriy etilishiga hamda korporativ tuzilmalar va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarning samarali tashkil
etilishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: