Yozma ko‘rsatma berish. Bu usulni qo‘llash ishlab chiqarish ta’limi
darslarida mustaqil axborot manbai hisoblangan turli xil ko‘rsatmali o‘quv
hujjatlaridan foydalanish bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish ta’limida ko‘rsatmali,
texnologik xaritalar va o‘quv algoritmlari ko‘p qo‘llaniladi. Ko‘rsatmali xaritalar
texnologik jarayonlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. U o‘rganilayotgan ob’ektda
texnologik jarayonlar bajarilishi usullari, ketma-ketligi, qoidasi, vositalari, tartibi,
nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilishni ochib beradi. Texnologik xaritalar har
tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan ishlarni bajarishda qo‘llaniladi; ular faoliyat
usulini bajarishning texnologik ketma-ketligi, tartiboti, texnik talablari, vositalarini