Ta’lim beruvchining didaktik xatti-
xarakatlari
» modeliga karatmokchimiz.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
21
Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir
maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy
mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan
boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga
muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim
kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy
mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin,
ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab
olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim
oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shart-
sharoitlar mavjud?
• Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘
• llbzda tutilmokda?
Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va
amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu
tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq
ko‘rsatadi.
Maksadlar: Nima uchun ?
Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan
maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz
mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda
KASBIY TA’LIM METODIKASI
22
nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va
topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni
(shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir
tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka
tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy
mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.
Metod: Kay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab
olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga
aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb
atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\
SHaroitlar: Nimalar yordamida ?
SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar
tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar,
o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar,
chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat
standartlariga javob berishi kerak.
Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv
jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga
mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida
emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni
tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ?
YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil
kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun
anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish
lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak.
Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi.
Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.
Natijalar: Maqsadga erishildimi ?
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan-
erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va
mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma
testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va
malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
23
O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish
omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish,
amalga oshirish xamda xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xatti-
xarakatlarni tushuntiradi
Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi.
1-boskich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan
mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil,
ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa
(mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida,
natijalari esa keyinrok kerak buladi.
O‘qitish va o‘qish sikli.
2-boskich:
O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars
va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli
3- bosqich:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha
mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik
materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks
etadi.
Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim
oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
4-boskich:
O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish
bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor
bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quv-
didaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
24
Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik
varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari
ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning
o‘zi ishlab chikiladi.
5-boskich:
Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni
amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan
sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt
etarlicha bo‘lishi kerak.
6-boskich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni
baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib
olganliklarining nazorati. YA’ni «Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan
savolga javob berilishi kerak.
Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati
kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga
erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan
natijalar bo‘lishi muximdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |