KASBIY TA’LIM
METODIKASI
169
talabalaming bilish faoliyatlarini rejali boshqarish asosida faollashtirishdan, oliy
ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotiga zamonaviy o‘qitish milliy tarbiya
texnologiyalariningjoriy etish, samaradorlik oshishiga yordam beradigan psixologo-
pedagogik sharoitlami yaratish orqali erishilishi aniqlandi.
4. O‘qituvchining pedagogik mehnatini va oliy ta’lim muassasasida
mutaxassislami tayyorlash mazmunini tahlil qilish bo‘lajak o'qituvchining kasbiy
kompetentini tarbiyalashning bugungi jarayoniga nisbatan aniqlash imkonini berdi.
U bo‘lajak kasbiy faoliyatning maqsadlari, vazifalari va xarakteri bilan aniqlanadi
va bo‘lajak o‘qituvchining o‘quv fanini o'qitish texnologiyasida tarbiyaviy aksini
topadigan va amaliyotda amalga oshirilganda o'rta maxsus kasb-hunar ta’limi
mutaxassislarini tayyorlash vazifasini maqsadga yo‘naltirilgan holda hal qilinishini
ta’minlaydigan mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qodirligining
nazariy, amaliy va motivatsiyali birligidan iboratdir.
5. Bo‘lajak kasb ta’limi o ‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini shakllanganligi
mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bilimlardan iborat: funksional (turli tan sohalarini
tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar) harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik
va texnologik) hamda shaxsning o‘z bilimlaridan iborat. Bulaming natijasida
mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik mahorati va ko‘nikmalari shakllanadi,
loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalami ijobiy yechish imkoniyatlari paydo
bo‘ladi.
6. Kasbiy kompetentlikni shakllantirish yuzasidan tahlil ishlarini olib borish
naiajasida ilmiy adabiyotlarda kompetentlikning quyidagi turlarga bo‘linishi
aniqlandi: kommunikativ kompetentlik; bilim olish kompetentligi; intellektual
kompetentlik; intellektual-korporativ kompetentlik; axborot olish kompetentligi;
texnologik kompetentlik; madaniy kompetentlik; psixologik kompetentlik;
psixologik-pedagogik
kompetentlik;
ijtimoiy-psixologik
kompetentlik;
umummadaniy kompetentlik.
7. Bo’lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining gumanitar va ijtimoiyiqtisodiy,
matematika va tabiiy fanlar hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini uzviy
aloqada o‘rgar,ishlari ulaming bevosita kasbiy kompetentliligining shakllanishida
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni har bir mutaxassislik fanidan ma’ruza va
amaliy mashg‘ulotlami olib borish jarayonida mutaxassislik tushunchalarining o‘mi,
uni bayon qilish zaruriyati, ketma-ketligi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi
hamda bu aloqadorlikni reflektiv (refleks, beixtiyor), simmetrik yoki tranzitivlik
(dars jarayonida olingan bilimlar majmuini amalda o‘z o‘mida qo‘llay olishi) kabi
boshqa xossalarga bo‘ysunishiga qarab, har bir tushunchalaming o‘zini qanday
salohiyati bilan qatnashayotganini aniqlash imkoniyatiga ega boidik.
8. Fan va
texnikaning ildam taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlaming
zamonaviylashuvi, asosiy buyurtmachi sifatida davlat va ijtimoiy hayotning
ta’limga qo‘yayotgan yangidan-yangi talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiyaning
KASBIY TA’LIM METODIKASI
171
texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi,
ulami o ‘quv rejasi va o‘quv jarayoniga muvofiq ravishda to‘la hajmda amalga
oshirilishi uchun mas’ul bo'lishi, talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalarini
nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlami amaliy faoliyatda qo‘llashga ulami
tayyorlashi va talabalaming mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o‘quv fani o‘quv-
metodik jihozlanishining bazasini yaratishi; ta’lim muassasasining ilmiy-metodik
faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, talabalar bilan tarbiyaviy
ishni tashkil etishi va o‘tkazishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini
ta’minlashi, ta’lim intizomini ta’minlashi, talabalaming huquqlari va erkinliklariga
rioya etishi, o‘z kasbiy malakasini oshirishi lozim. Ta’limiy uchlik - «maqsad -
jarayon - natija» ning o‘rta bo‘g‘iniga hozirda e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da,
bir qator
pedagog olimlar ushbu zanjirning boshidagi va oxiridagi halqalarini chuqur
o‘rganmoqdalar. Masalan, bu sohada Chikago universiteti professori Benjamin
Blum tomonidan bilim oiish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasining
yaratilishi diqqatga sazovordir. «Taksonomiya» atamasi yunoncha taxis (tartib
bo‘yicha joylashuvi) va nomos (qonun) so‘zlaridan iborat bo‘lib, obyektlami o ‘zaro
aloqadorlik asosida tasniflash va tizimlashtirish ma’nosini anglatadi. Blum
taksonomiyasi o‘quv faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi: kognitiv (bilish),
affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat). Kasb ta’limi o‘qituvchisini
tayyorlashda har bir soha bo‘yicha mustaqil metodik faoliyat yurita olish
kompetentligini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi holati haqida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Kognitiv soha. Bu sohada olingan texnik bilimlami kasbiy-metodik faoliyat.
yurita olish kompetentligini shakllantirishda texnologik jihatdan qayta takrorlash,
ulami egallangan kompetensiyaiar bilan uyg‘unlashtirish natijasida yangi kasbiy-
metodik faoliyat yuritish va texnik-texnologik mashq bajarish qonun - qoidalarini
o‘rganish zaruratiga tegishli o‘quv maqsadlari kiritiladi.
2.
Affektiv soha. Kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentligini
shakllantirish jarayonida kasbiy qiziqish va moyilliklami rivojlantirish, ichki hamda
tashqi psixologik ta’sirlar natijasida texnologik munosabatni shakllantirish, uni
mustaqil faoliyat davomida tushunib yetish orqali kasbiy faoliyat amaliyotiga tatbiq
qilish maqsadlari kiritiladi.
3. Psixomotorli soha. Bunga kasbiy-metodik faoliyat yurita olish
kompetentiigini shakllantirish jarayonidagi psixologik faoliyat, texnik va texnologik
jarayonlarda jismoniy faoliyat natijasida, asab muskullarini markazlashtirish
kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritiladi.
Yuqoridagi qoidalar va Blum taksonomiyasi asosida kasbiy-metodik faoliyat
yurita olish kompetentiigini shakllantirish maqsadi, mazmuni, shakllari asoslandi.
Ta’limning ikki asosiy shakli, ya’ni hamkorlikda va individual tarzda kasbiy-
metodik faoliyatni tashkil etuvchilari aniqlandi.