2-MAVZU: KASB TA’LIMI O‘QITUVCHISI METODIK
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK
ASOSLARI
REJA:
1.
Kompenentlilik va kompetensiya tushuncha.
2.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorati
3.
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar
Bo‘lajak o‘qituvchida metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi
kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o ‘z-o‘zini anglash, baholash va
boshqarish kabi tarkibiy qismlami rivojlantirish va turli ta’lim muassasalarida
ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asoslarini
o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
Tayanch tushuncha va iboralar:
Kasb ta’limi o‘qituvchisi,
kompenentlilik, kompetensiya, metodik,kompetentlik turlari,
kasbiy tarbiyalanganlik, kasbiy faoliyat
KASBIY TA’LIM METODIKASI
160
• aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalakmi
ajratib olish va ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologik
tafakkumi rivojlantirish;
• bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi
sifatida pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikga oid bilimlami o‘zlashtirishga
nisbatan ijobiy munosabatda boiishga erishish;
• bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv-
pedagogik va ishlab chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini
shakllantirish; muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamdardlik,
bolalami sevish va boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini
yuzaga keltirish hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o
‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylikni ta’minlagan holda
talabaning o ‘quv rejasidagi fanlar bloklarini (gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy,
matematik va tabiiy-ilmiy; umumkasbiy ixtisoslik hamda qo‘shimcha)
o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. Hozirgi kunda kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavro'qituvchilami tayyorlashda metodik kompetentliklarini shakllantirishga
yetarlicha e’tibor berilmayapti. Kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan
bo’lajak bakalavr-o‘qituvchilaming metodik faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun
bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalana olmasliklari, o‘z kasbiy bilim va malakalarini
oshirish ustida shug'ullanmasliklari, kutubxonalarda metodik kompetentliklarini
shakllantirishlari uchun ta’lim olayotgan mutaxassisliklari doirasida adabiyotlaming
yetarli darajada ta’minlanmaganligi, axborot texnologiyalaridan hamda elektron
ta’lim resurslaridan unumli foydalana olmasliklari muammoning dolzarbligini
ko‘rsatadi. Ushbu muammoni ijobiy hal qilish uchun talabalaming ta’lim olishini,
pedagogik faoliyatga kompetentlik darajalarini izchil tizimga keltirish kerak. Ta’lim
olish yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishning muhim omili hisoblanadi. Bu ayniqsa
kasbiy tayyorgarlik tizimida yakqol namoyon bo'ladi. Ajdodlarimiz ham yosh
avlodning kasb-hunar egallashiga, yetuk, tarbiyali, taraqqiyotga xizmat qiluvchi
inson boMib yetishishiga ahamiyat berishgan. Buyuk allomalarimiz o‘z asrlarida
kasbni ulug‘lashni, kasb-xunar egalariga xurmat va extiromni ta’kidlab o‘tganlar.
Yusuf Xos-Hojib, Axmad Yugnakiy, Bahovuddin Naqshbandiy, Shayh Najmiddin
Kubro, Muhammad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg‘oniy, Axmad
Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Imom al Buxoriy, va Alisher Navoiy kabi buyuk
mutafakkirlar kasbni, kasb-hunami ulug‘laganlar. Yuqorida sanab o‘tilgan buyuk
allomaiar o‘z hayoti va ijodiy faoliyatiarida kasb-hunar egallashni ulug'lash bilan
bir qatorda kasb-hunar egallashda mustaqil ish bajarishning naqadar muhimligi
ta’kidlaganlar. Kasbiy faoliyatda kasb ta’limi o‘qituvchisining metodik
kompetentligini shakllantirish orqali inson hayotga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy
munosabatlar rivojlanishga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
161
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi metodik kompetentligini shakllantirishda
ta’limni taraqqiy ettirishning ishlab chiqilgan kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy
shakllantirishning modeli - ta’lim va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan
pedagogik hamda muammoli vaziyatlaming muvaffaqiyati hal etilishini
ta’minlovchi, motivatsion xislatlar, inteilektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy
ko‘nikmalar, hissiy sifatlar, o‘z - o‘zini boshqara olish sifatlarini ta’riflovchi hamda
kasb egasining mustaqil bilim olishi va o‘z - o ‘zini rivojlantirishda aks ettiruvchi
andoza hisoblanadi. “Kompetentli” inson o‘z ishida qandaydir masalani bilag‘oni
deb tan olingan, xabardor bo‘lgan, obroMi, to‘la huquqli, doiralarda vakolatga ega
bo‘lgan, qobiliyatli degan ma’nolarni anglatadi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar
“kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadilar.
Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir birini o‘mini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir
vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar
yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning,
qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa xolatlar”,
“nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik
qilish)”, “kimdir yaxshi xabordor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi.
Shuningdek pedagogik kompetensiya ta’rifi qo‘yidagicha ham bo‘lish mumkin:
“pedagoglik maxoratiga ega shaxs sifatida obro‘lilik, sezish, tajriba kabi masalalar,
hodisalar to‘plami (doirasi); vakolatlar doirasi, savollar, hodisalami nimalamidir
yurgizishga to‘g‘ri keladigan soha”, “pedagog shaxsining shaxsiy imkoniyatlari”
uning malakasi (bilim, tajriba), muayyan doiradagi qarorlami ishlab chiqishda
qatnashishni ta’minlaydigan yoki muayyan bilimlar o ‘quvlar borligi evaziga o‘zini
xal etishi tushuniladi. Stiv Uiddet va Sara Xollifordlar, “umumiy qarashlar
shakllanib, ularga muvofiq “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchaiari
quyidagi ma’nolami beradi deb xisoblaydilar:
I. Ishchi vazifalami hal qilish uchun
va ishning zaruriy natijalarini olish uchun zaruriy qobiliyat, ko ‘p hollarda
kompetentlik aniqlanadi. 2. Ahloqning zaruriy standartlari aksidagi
qobiliyat
kompetentlik
-
deb aniqlanadi
(1-rasm). Shunday qilib, agar Eyler aylanalari
ko‘rinishida kompetentlik va kompetensiyaning o‘zaro nisbati ko‘rsatilsa unda
“kompetensiya” birlamchi, “kompetentlik”- ikkilamchi ekanligi ko‘rsatib o ‘tiladi.
Berilgan ahloqiy uquvlarga ko‘ra shaxs o ‘zining u yoki bu sohadagi
kompetentiigini shakllantiradi va agar kompetentlilik va kompetensiya ulaming
interferensiyasida (2-rasm) biriashsa (mos tushsa), unda shaxs kompetentli deb
hisoblanadi.
Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiluvchi talablar nuqtai
nazaridan kompetentlik talabalaming muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va
faoliyat usullari to‘plamini maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini anglatadi.
Kompetentlik - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni
amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalaming egallanishi
KASBIY TA’LIM METODIKASI
162
Do'stlaringiz bilan baham: |