O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


  Kasb  ta’limining  boshqa  tashkiliy  turlari



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/457
Sana17.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#382362
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   457
Bog'liq
jo'rayev mal 2

2.  Kasb  ta’limining  boshqa  tashkiliy  turlari. 
Darsni  to‘lg‘azadigan  va 
o‘quvchilarning  politexnpk  ta’limiga  ko‘maklashadigan  ta’limning  tashkiliy 
turlaridan  biri  praktikum  hisoblanadi.  Praktikumlar  yuqori  sinf  o‘quvchilari  bilan 
o‘tkaziladi  va  o‘zida  o‘quvchilar  dastur  asosida  ma’lum  bir  belgilangan  ishlarni 
bajaradigan tajribaviy hamda amaliy mashg‘ulotlarni namoyon etadi. Praktikumlar 
tajribaxonalarda,  ustaxonalarda,  o‘quv  kabinetlari  va  o‘quv-tajriba  uchastkalarida, 
o‘quvchilarning  ishlab  chiqarish  kombinatlari  hamda  o‘quvchilarning  ishlab 
chiqarish brigadalarida o‘tkaziladi. Quyi sinflarda o‘tkaziladigan odatdagi va amaliy 
mashg‘ulotlar bilan qiyoslaganda ular o‘quvchilarning topshiriqni bajarishga ijodiy 
yondoshuvi  va  juda  katta  mustaqilligi  bilan  farq  qiladi.  O‘qituvchi  praktikumga 
ajratilgan  vaqt  doirasida  ish  rejasini  tuzadi,  darsliklar  va  o‘quv  qo‘llanmalarida 
mavjud  bo‘lganlarga  qo‘shimcha  ravishda  zarur  bo‘lgan  yo‘riqnomalar  hamda 
ko‘rsatmalarni  tayyorlaydi.  O‘quvchilar  bir  vaqtning  o‘zida  bir  xil  topshiriqlarni 
bajarishlari mumknn. Sinfdagi har bir o‘quvchini ta’minlash uchun o‘quv qurollari 
etmagani  yoki  ishning  murakkabligi,  uni  bir  o‘quvchi  tomonidan  bajarilishini 
qiyinlashtiradigan  holatlarda  topshiriq  butun  guruh  tomonidan  tashkil  etiladi.  Shu 
bilan  birga,  praktikumning  dasturida  nazarda  tutilgan  hamma  ishlarni  bajarish  har 
bir  o‘quvchi  uchun  majburiy  hisoblanadi.  O‘qituvchi  doimiy  rahbarlikni  amalga 
oshira borib va zarur yordamni ko‘rsata borib praktikumning topshiriqlarini bajarish 
davomida  o‘quvchilar  musta-qilligini  yuqori  darajasiga  erishadi.  Yuqori  sinflarda 
seminarlar odatda, ko‘pincha ijtimoiy yo‘nalishdagi fanlar yuzasidan dasturlarning 
asosiy bo‘limlarini o‘rganganlaridan so‘ng o‘tkaziladi.  
Ta’limning ushbu tashkiliy turidan foydalanish o‘rganilgan materialni nazariy 
umumlashtirishni  o‘tkazishga  imkoniyat  yaratadi,  o‘quvchilarni  mustaqil 
ma’lumotlar  bilan  chiqishlar  qilishga,  bahslashishga,  o‘z  fikrini  himoya  etishga 
o‘rgatadi va o‘quvchilarni ijtimoiy hayotda ishtirok etishga hamda ta’limni davom 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
155
 
ettirishga  tayyorlaydi.  Seminar  mashg‘ulotini  o‘tkazishning  rejasi  o‘qituvchi 
tomonidan  muddatidan  avval  tuzilib  qo‘yilgan  bo‘ladi  va  uni  o‘quvchilar  bilan 
muhokama  etish  jarayonida  tuzatilib,  to‘ldirilib  boriladi.  Qabul  qilingan  rejaga 
muvofiq  ravishda  seminarga  har  bir    o‘quvchining  va  butun  sinfning  tayyorlanish 
dasturi  o‘rnatiladi,  topshiriqlar  taqsimlanadi,  o‘rganish  zarur  hisoblanadigan 
adabiyotlar  (hamma  uchun  majburiy)  tavsiya  etiladi.  Seminarda  o‘quvchilarning 
ma’ruzalari  ko‘pincha  muammoviy  ko‘rinishda  qo‘yiladi.  O‘qituvchi  ularning 
tayyorlanishlariga  rahbarlik  qiladi  hamda  zarur  maslahatlar  beradi.  Seminar 
mashg‘ulotlari  odatda  mazkur  seminarning  asosiy  vazifalari  ko‘rsatib  o‘tiladigan, 
muhokama  etish  muammolari  ilgari  suriladigan  qisqagina  kirish  so‘zidan 
boshlanadi.  Seminar  mashg‘ulotlari  o‘quvchilarning  yaxshi  o‘ylab  ko‘rilgan  xatti-
harakati va juda ham mustahkam tayyorlanishi bilan ta’minlanadigan mustaqilliklari 
va  yuqori  darajadagi  faolliklarini  namoyon  etishga  mo‘ljallangandir.  Ba’zida 
ma’lumotlar,  ma’ruzalar,  referatlarning  mavzularini  oldindan  taqsimlamasdan, 
seminar  mashg‘ulotni  o‘tkazishning  hamma  rejasi  yuzasidan  har  bir  o‘quvchining 
tayyor  bo‘lishlarini  va  o‘zining  tashabbusiga  ko‘ra  yoki  o‘qituvchining  chaqirishi 
bilan  so‘zga  chiqishga  tayyor  turishlari  tayinlanadi.  Seminarga  tayyorlanishning 
bunday metodikasi ayrim, alohida o‘quvchilar tomoni-dan chuqur o‘rganishni talab 
etmaydigan  murakkab  savollar  bo‘lgan  hollardagina  o‘zini  oqlaydi.  Ba’zan  asosiy 
ma’ruzachilardan tashqari, seminar o‘tkazilishini faollashtiradigan opponentlar ham 
tayyorlana-dilar.  Mashg‘ulot  jarayonida  o‘tkir  va  kundalik  muammolarni  chetlab 
o‘tmasdan munozara yasash zarur.  
Mashg‘ulotning so‘lgida o‘qituvchi imkoniyati doirasida ularni ta’limning real 
vazifalari  bilan  bog‘lab,  xulosa  chiqaradi.  O‘quvchilarning  o‘z  tanlashlari  na 
hohishlariga ko‘ra ilmly-nazariy bilimlarini, amaliy tajribalarini kengaytirish hamda 
chuqurlalshtirish  uchun  o‘rganadigan  o‘quv  fanlari  fakultativlar  deb  nomlaladi. 
Umumiy  ta’lim-o‘rta  maktablarning  namunaviy  o‘quv  rejalarida  VII  sinfdan 
boshlab  fakultativ  mashg‘ulotlar  kiritilgan.  Bu  mashg‘ulotlar  o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini,  kasbga  yo‘nalganligini  va  aqliy  manfaatlarini  rivojlantirishni, 
majburiy  dasturlarini  o‘rganish  davomida  egallagan  bilimlarni  kengaytnrishga 
mo‘ljallangan differenslyalashgan ta’limning samarador guruhiy shakllaridan birini 
o‘zida  namoyon  etadi.  Maktab  oldiga  VII-X  sinflarning  har  blr  o‘quvchisiga 
fakultativlardan  birini  tanlash  imkonlyatini  berishni  ta’minlash  vazlfasl  qo‘yiladi, 
bu  keyinchalik  uning  uchun  majburiy  bo‘llb  koladi.  Fakultativ  mashg‘ulotlar 
majburiy  kurslar  bilan  fakultativlar  orasldagi  vorisiylikni,  davomiylikni  saqlashga 
mo‘ljallangan, o‘quvchilarning mustaqilligini hamda faolligini oshirishga, ularning 
aqliy  manfaatlarini  rivojlantirishga  xlzmat  qiladigan  maxsus  dastur  asosida 
o‘tkaziladi.  Fakultativlarning  sonini  belgilab  chiqishda  maktab  faqat 
o‘quvchilarnnng 
shaxsiyn 
hohishlaridangina 
emas, 
balki 
maktabning 
imkoniyatlaridan  ham  kelib  chiqadi.  Mahalliy  shart-sharoitlarga  muvofiq  ravishda 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
156
 
o‘quvchilarni  amaliy  faoliyatga  tayyorlashning  vazifalari  va  real  shart-sharoitlari 
hlsobga olinadi. 
 Fakultativ  mashg‘ulotlarda  ma’ruzalar  amaliy  mashg‘ulotlar  bilan  birikib 
ketadi.  Bunda  o‘quvchilar  adablyotlar  bilan  ishlash  malakasini,  mustaqil  aqliy 
faoliyat  ko‘nikmasini  egallaydilar,  murakkab  bo‘lmagan  tajribalar  va  tadqlqotlar 
o‘tkazlsh  metodikasini  o‘zlashtiradilar,  tajriba  qurilmalari  va  texnikani  ishlatish 
malakasini xosil qiladilar. Fakultativ mashg‘ulotlarda muammoviy ta’lim ham keng 
qo‘llaniladi,  o‘quvchilarning  individual  ijodiy  qobiliyatlarining  rivojlanishiga 
erishiladi. Fakultativ  mashg‘ulotlar  majburly fanlar yuzasidan  bo‘lgan fanlar bilan 
mustaxkam bog‘liqlikda amalga oshirnlishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar ta’limning 
ushbu  har  ikkala  tashkiliy  shakllari  sama-radorligining  oshuviga  yordam  beradi. 
O‘quv sayohatlari tabiiy sharoitlardagi jarayonlar va hodisalarni, har xil narsalarni 
o‘rganish,  kuzatish  imkoniyatini  beradigan  ta’limning  tashkiliy  turi,  shakli 
hisoblanadi.  O‘quv  dasturlarida  ko‘rsatib  o‘tilgan,  nazarda  tutilgan  sayohatlar 
majburiy  hisoblanadi  va  u  yoki  bu  fanni  o‘rganish  uchun  ajratilgan  o‘quv  vaqti 
doirasida  o‘tkaziladi.  Ta’limning  boshqa  tashkiliy  shakllari  kabi  sayohat  didaktik 
prinsiplarni  (ilmiylikni,  ta’limning  hayot  bilan  bog‘liqlygini,  ko‘rgazmalilikni  va 
boshqalarni) amalga oshiradi, o‘rganilayotgan hodisalarni o‘zaro aloqalarda, o‘zaro 
bog‘liqlikda  Qarab  chiqishga  ko‘maklashadi,  aqliy  manfaatlarini,  jamoaviy 
munosabatlarini, vatanparvarlik va shaxsning boshqa fazilatlarining shakllanishiga, 
o‘quvchilarning 
amaliy 
faoliyatiga 
hamda 
kasbga 
yo‘nalganligiga 
tayyorlanishlariga  imkoniyat  yaratadi.  O‘tmishning  taraqqiyparvar  pedagoglari 
o‘quv sayohatlariga juda katta e’tibor berganlar. To‘g‘ri tashkil etilgan sayohatlarda 
bolalarga  «hayot  kitobi»ni  o‘qitishning  usullaridan  biri  ko‘riladi.  Sayohat  darslari 
dasturdagi,  ma’lum  bir  belgilangan  bo‘limlarni  o‘rganish  bilan  bog‘liq  ravishda 
o‘tkaziladi:  tabiatga  sayohatlar,  ishlab  chiqarish  korxonalariga  sayohatlar,  tarixiy 
joylar va yodgorliklarga, geografiya sayohatlari, adabiyot sayohatlari va boshqalar. 
Bir  qator  hollarda  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  o‘quv  fanlari  yuzasidan  sayohat 
o‘tkazish  amaliyoti  qo‘llaniladi.  Bunday  sayohatlar  majmuaviy  sayohatlar  deb 
nomlanadi. Ular fanlararo aloqalarni amalga oshirishga, uning yaxlitligi yuzasidan 
kuzatish  ob’ektini  har  tomonlama  o‘rganishga,  vaqtni  tejab  foydalanishga  keng 
imkoniyatlar  yaratadi.  Majmuaviy  sayohatlar  o‘quvchilarni  kasbga  yo‘naltirish  va 
politexnik ta’lim maqsadlarida ishlab chiqarishda hamda tabiat bag‘rida o‘tkaziladi. 
Bir  necha  o‘quv  fanlari  yuzasidan  bir  vaqtda  o‘tkaziladigan  ishlab  chiqarish 
sayohatlari  juda  katta  ahamiyatga  ega.  O‘quvchilar  zavodda,  elektrostansiyada, 
jamoa  xo‘jaliklarida  korxona  yoki  xo‘jalikning  tarixi,  fantexnikada  erishgan 
yutuqlari,  ishlab  chiqarishni-  tashkil  etishning  ilmiy  prinsiplari  bilan  tanishadilar. 
O‘quv  jarayonidagi  sayohatlar  o‘tkaziladigan  vaqga  qarab  quyidagi  turlarga 
ajratiladi:  darsda  foydalanish  uchun  zarur  bo‘lgan  materiallarni  yig‘ish  yoki 
kuzatshilar  o‘tkazish  maqsadida  uyushtmriladigan  kirish  sayohatlari,  dasturdagi 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
157
 
bo‘limlarni darsda o‘rganish bilan bir vaktning o‘zida (yonma-yon ravishda) alyrim 
masalalarni  konkretlashtirish  va  ularni  ko‘rib  chiqish,  asoslash  maqsadida 
o‘tkaziladigan  davriy  sayohatlar,  dasturning  alohida  bo‘limi  yoki  ayrim  mavzulari 
yuzasidan o‘quv ishlarini yakunlash maqsadida o‘t-kaziladigan natijaviy sayohatlar. 
Sayohatlarni  o‘tkazish  juda  xam  katta  talyorgarllkni  talab  qiladi.  O‘qituvchi 
sayohatining  mazmulnli  va  vazifalarini  belgylaydi,  sayohat  qilinadigan  ob’ektni 
tanlaydi  hamda  u  bilan  juda  xam  mukammal  tanishib  chiqadi,  oldinda  turgan 
sayohatga  raxbarlik  kiling  masalalarini  hal  etadi.  O‘qituvchiiing  o‘zi  tomonidan 
sayoxatning  o‘tkazilishi  maqsadga  muvoflkdir.  Agar  qaysidir  bir  sabablarga  ko‘ra 
o‘qituvchining  o‘zi  o‘tkazishi  mumkin  bo‘lmay  qolsa,  o‘qltuvchi  bo‘lg‘usi 
ekskursavodga  (muhandis,  guruh  ustasi  yoki  sex  boshlig‘iga,  jamoa  xo‘jaligi, 
birgada,  fermaning  boshlig‘iga)  qaysi  jarayonlar  yoki  hodisalarga,  qanday 
darsalarga  diqqatini  Qaratish,  sayohatning  davomiyligi,  izchlligi,  muddati  qanday 
bo‘lishi  kerak,  uni  o‘tkazish  davomida  ular  haqida  o‘quvchilarga  qanday 
tushuntirishlar berish lozimligini nazarda tutgan uslubiy tavslyalar berishi zarur.  
O‘qituvchi  tomonidan  o‘qunchilar  bilan  xamkorlikda  ishlab  chlqilgan 
sayohatni  o‘tkazish  rsjasida  ishlarning  bosklchlari  belgilanadi,  sayohat  mobaynida 
to‘planishi  zarur  bo‘lgan  materiallarning  va  kuzatishlarning  ro‘yxati,  zarur 
bo‘ladigan jihozlar va qurilmalar (kuzatish va ularni qayd etish vositalari, o‘lchash 
qurilmalari  va  asbob-uskunalar),  sayoxatning  bosqichlari  bo‘yicha  vaqtning 
taqsimoti,  sayohatga  o‘quvchilarni  olib  borishning  tashkiliy  turi  (xar  yoqlama, 
guruhiy yoki alohida holdagi ishlar) ham qayd etiladi. Sayohat oldidan o‘quvchilar 
toshiriqni  va  u  xaqdagi  ma’lumotni  oladilar,  ular  bilan  kirish  suhbati  o‘tkaziladi. 
Topshiriqlarda o‘quvchilardan har biri (yoki o‘quvchilar guruxi) qanday kuzatishlar 
o‘tkazilishi  lozlmligini,  qanday  xollarga  u  mustaqil  javoblar  berishi  kerakligini, 
qanday  materlallar  va  qanday  shaklda  to‘planishi  kerakligi,  sayohat  va  uniig 
materiallari  haqida  qancha  muddatga  hisobot  (ogzaki  ma’lumot,  yozma  bayoni, 
kolleksiya  va  gerbariylar  va  hokazolar)  tayyorlashi  kerakligi  ko‘rsatilib  o‘tiladi. 
Sayohatning muddati ob’ektning xarakteriga, o‘tkazish maqsadiga, o‘quvchilarning 
yoshiga  bog‘liq  bo‘ladi  va  taxminan  40-45  daqiqadan  2-2,5  soatgacha  (borib-
kelishga  sarflanadigan  vaqtlarni  hisobga  olmaganda)  bo‘lgan  vaqt  chegarasida 
bo‘ladi.  Sayohatni  o‘tkazish  davomida  hamma  o‘quvchilarning  faol  ishlashlari 
ta’minlanadi,  kuzatuv  o‘tkazish  imkoniyatlari  (ob’ektlarning  yaxshi  ko‘rinishi, 
intizom  va  tartibga  rioya  etilishi,  o‘z  xatti-harakatlarini  to‘g‘ri  saqlash  hamda 
texnika  xavfsizligi  qoidalarini  bilish  va  rioya  etilishi)  ta’minlanadi.  Sayohatning 
so‘nggi  bosqichida  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  umumiy  bilimlari  sistemasiga 
qo‘shilib  ketadigan  yakuniy  suhbat  (yozma  ishlar-  kam  hollarda)  o‘tkazadi. 
Hisobotni  tayyorlash  uchun  to‘plangan  materiallarni  qayta  ishlash  haqida 
ko‘rsatmalar  beradi.  Sayohat  materiallari  asosida  ko‘rgazmalar  tashkil  etiladi, 
maxsus  mashg‘ulotlar  (masalan,  sayohat  haqidagi  yozma  ishlarni  tahlil  etish), 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
158
 
kechalar  va  hokazolar  o‘tkaziladi.  Sayohatda  to‘plangan  materiallar  o‘zi  muvofiq 
keladigan  darslarda  tarqatma  materiallar  sifatida  foydalaniladi,  maktab  muzeyiga 
eksponatlar  sifatida  qo‘yilishi  mumkin.  Sinfda  va,  maktabda  sayohat  o‘tkazishni 
tartibga  solish  uchun  (xususan  komplekslilarni)  maktab  direktorining  o‘quv-
tarbiyaviy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosari  o‘quv  yilida,  shuningdek,  yarim  yillik  yoki 
choraklarda  muddatlarini,  sayohat  ob’ektlarini  va  rahbarlarini  ko‘rsatgan  holda 
tuzadi. Bunday rejani unga o‘xshash bo‘lgan maktabda darsdan tashqari sayohatlar 
o‘tkazish  rejasi  bilan  muvofiqlashtirgan  holda  tuzish  lozim.  O‘quvchilarning 
qoloqligini  tugatish  uchun  qo‘shimcha  mashg‘ulotlar  o‘tkaziladi.  Ta’limning  bu 
tashkiliy  turidan  texnika  yoki  san’at,  ilmiy  bilimning  qaysidir  bir  tarmog‘ini 
o‘rganish  yo‘lida  ayrim  o‘quvchilarning  ehtiyojlarni  qanoatlantirish  uchun  ham 
foydalaniladi.  (Ushbu  vazifalarni  fakultativlar  yordamida  hal  etish  mumkin 
bo‘lmagan  hollarda.)  Qo‘shimcha  mashg‘ulotlar  darsdan  tashqari  vaqtlarda 
o‘qituvchl  tomonidan  maktabda  o‘tkaziladi.  Ular  guruh  yoki  yakka  xolida 
o‘quvchilarning  topshiriqlarini  mustaqil  bajarish  yoki  maslaxat  darslari  sifatida 
o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchining maslaxat darslari davriy, va umumlashtiruvchi 
(masalan,  imtixonlarga  va  sinovlarga  tayyorlanish  davomida)  bo‘ladi.  Mlslahat 
darslari balog‘at yoshlilar maktablarida (kechki va sirtqi) katta axamiyat kasb etadi. 
Qoloq  (o‘zlashtirmovchn)  o‘quvchilar  bilan  ko‘shimcha  mashg‘ulotlar  o‘tkazish 
zarur  xollarda  tashkil  etiladi.  O‘qituvchi  darslarda  ayrim  o‘quvchilarning 
bilimlaridagi  yetishmovchiliklarning  sabablarini  aniqlaydi  (o‘quv  mashg‘ulotlarini 
qoldirish,  uy  vazifalarini  bajarishga  shart-sharotning  etarli  emasligi  va  xokazo) 
hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ularni tugatish choralarini ko‘radi. Qo‘shlmcha 
mashg‘ulotlar  o‘quvchilarning  individual  o‘ziga  xosligini  to‘la  xlsobga  olish 
imkoniyatini beradi, fanni o‘rganishga qiziqishlarini va o‘z kuchlariga ishonishlarini 
otiradi.  Qoloq  o‘quvchllar  bilan  ko‘shimcha  mashg‘ulotlarni  o‘qituvchi  yoki  shu 
sinfning  muvaffaqlyatli  o‘zlashtirayotgan  o‘quvchilari,  yuqori  sinf  o‘quvchilari 
pedagogik  o‘quv  yurtlarining  praktikant-  talabalari  o‘tkazishlari  mumkin. 
O‘qituvchi  ushbu  mashg‘ulotlarni  o‘tkazilishini  doimiy  nazorat  ostiga  oladi 
(metodik) rahbarlikni amalga oshiradi. 
O‘qituvchi  dasturdagi  ayrim  bo‘limlar  yoki  fanlarni  o‘rgailshga 
o‘quvchilarniig  ehtiyojlarini  ko‘p  jihatdan  qanoatlantirish  uchun  ular  bilan 
individual  mashg‘ulotlar  o‘tkazadi.  Shuningdek,  ularga  yuqorl  murakkablikdagi 
topshiriqlar va ko‘shimcha adablyotlarni o‘rganish yuzasidan tavslyalomalar bsradi. 
Bundan  tashqari  o‘zlashtirmovchi  o‘quvchilar  uchun  sinfdan  tashqari  ishlarni 
tashkil etadi.  
Uydagi  o‘quv  ishlari  o‘quvchilarning  darsdagi  faoliyatlarini  to‘ldiradi  hamda 
mustaqil bajarilishi bilan xarakterlanadi. Ba’zi bir pedagoglar o‘quvchilarni darsda 
o‘qitishning  didaktik  talablaridan  kelib  chiqib  o‘quvchilarga  uy  vazlfalarini 
berlshning  zarurligini  inkor  etadilar.  Bunday  nuqtai  nazar  xatodir,  chunki 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
159
 
birinchidan,  o‘rganylayotgan  dasturdagi  material  sinfdagi  ishlar  bilangina 
chegaralanishi  mumkin  emas,  ikkinchidan  uydagi  o‘quv  ishlari  mustaqil  aqliy 
mehnat  malakasini,  topshirilgan  ish  uchun  mas’uliyat,  javobgarlik  xissini 
shakllantirish uchun juda katta axamiyatga ega bo‘ladn. O‘quvchilarning uy ishlari 
nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham molikdir. O‘quvchilar tomonidan 
uy  vazifalarini  bajarish  darslardagi  o‘quv  ishlarini  to‘lg‘azadi,  yangi  materialni 
o‘zlashtirishga  tayyorlanishni  ta’minlaydi,  shuningdek,  egallab  olingan  bilimlarni 
kengaytirish  va  chuqurlashtirishni,  yangi  malaka  va  ko‘nikmalarni  shakllantirish 
hamda mavjudlarini mustahkamlashni amalga oshiradi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   457




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish