1 – modul amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Kompyuterning arifmetik asosi. Sanoq sistemalari va ular ustida amallar
Amaliy mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar: a) Sonlarni turli sanoq sistemalarida yozish malakasini hosil qilish; b) sonlarni berilgan sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish; v) sonlarni odatdagi ko‘rinishda ifodalash bilan tanishish.
Amaliy mashg‘ulotini bajarganlarida tinglovchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar:
a) O‘nlik sanoq sistemasida berilgan sonlarni ikkilik va sakkizlik sistemalarda ifodalash;
b) Ikkilik va sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlarni o‘nlik sistemaga o‘tkazish;
v) Sakkizlik sistemada berilgan sonni ikkilik, shuningdek, ikkilik sistemadagi sonlarni sakkizlik sistemalarga o‘tkazish;
g) Ikkilik, sakkizlik va o‘nlik sanoq sistemalarda berilgan sonlar ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish amallarini bajarish.
Vazifani bajarish usuli
1-vazifa. O‘nlik sistemada berilgan 35,0625 sonini ikkilik va sakkizlik sistemalarga o‘tkazing.
Bajarish. Avval berilgan sonning butun qismini ikkilik va sakkizlik sistemalarga o‘tkazaylik.
2-vazifa. Ikkilik va sakkizlik sanoq sistemasidagi (1011011,01110112 va 2518) sonlarni o‘nlik sistemaga o‘tkazing.
Bajarish. Ushbu sonlarni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uni asos darajalari bo‘yicha quyidagicha yoyib chiqamiz:
2518 = 282+581+180 = 16910
1011011,01110112 = 126 + 124 + 123 + 121 + 120 + 12-2 + 12-3 + 12-4 + 12-6 + 12-7 =
= 64 + 16 + 8 + 2 + 1 + 1/4 + 1/8 +1/16 + 1/64 + 1/128 = 91,492187510.
3-vazifa. Sakkizlik sistemadagi 2518 sonini ikkilik sistemada, ikkilik sistemada berilgan 1011011,01110112 sonini sakkizlik sistemada ifodalang.
Bajarish. Berilgan 2518 sonini ikkilik sistemada ifodalash uchun triada (sakkizlik sistemadagi raqamni ifodalaydigan uchta ikkili razryad triada deyiladi) lardan foydalanamiz, ya’ni 2518=010 101 0012.
Berilgan 1011011,01110112 sonini sakkizlik sistemada ifodalash uchun uni triadalarga ajratamiz: .
Ushbu sonlarni boshqa sistemaga o‘tkazishda, ularni dastlab 2-vazifadagidek o‘nlik sistemaga va undan boshqa sistemaga o‘tkazish ham mumkin.
4-vazifa. Amallarni bajaring.
15,678 + 43,628; 67,58 – 34,68; 15,67 ∙ 43,628; 740,368 : 63,28; 1011,112 + 1001,12; 10111,01 – 1001,112; 11,012 ∙ 10,112; 110,101012 : 101012.
1- amaliy mashg‘ulotga doir vazifalar
1-topshiriq. O‘nli sistemada berilgan 645; 4,25; 13+76; 7,45 sonlarni ikkilik va sakkizlik sistemalarda 10-4 aniqlikda ifodalang.
2-topshiriq. Yuqorida hosil bo‘lgan sonlarni o‘nli sistema ko‘rinishida ifodalang.
3-topshiriq. a) Sakkizlik sistemadagi 752 va 34 sonlarini ikkilik;
b) ikkilik sistemadagi 1101,01 va 1001 sonini sakkizlik sistemalarga o‘tkazing.
4-topshiriq. Ushbu 8,9 va 1,2 (o‘nlik); 15,7 va 40,3 (sakkizlik); 101,1 va 1111,1 (ikkilik) sanoq sistemasidagi sonlar ustida qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amallarini bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |