O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/457
Sana17.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#382362
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   457
Bog'liq
jo'rayev mal 2

Muammolar 
Echim 
Natija 
 
Talabalar mustaqil 
ishini samarali tashkil 
etishning qanday echimlar 
bo‘lishi mumkin? 
 
 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
355
 
 Vaziyatni o‘rganish va vaziyatni baholashga doir savollarni tahlil etish asosida 
mavjud  seminar  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  yuzasidan  SWOT-tahlilni  amalga 
oshiring. 
 
 
KEYS №7: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari 
Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan 
ishga  qaytgan  “Kasbiy  ta’lim”  kafedrasi  o‘qituvchisi  N.Xafizov  menejment 
bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishi  303  guruhida  kasbiy  pedagogika  fanidan  seminar 
mashg‘ulotini  o‘tkazayotgan  edi.  Seminar  mashg‘ulotida  talabalarni  kichik 
guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom 
ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur 
guruh  talabasi  A.Petrova  eshiqni  ochib,  auditoriyaga  kirishga  ruxsat  so‘radi. 
O‘qituvchi  esa  mashg‘ulot  boshlanganiga  ancha  vaqt  bo‘lganini,  u  bir  necha 
marotabadan  bo‘yon  kechikib  kelayotganini  aytib,  mashg‘ulot  vaqtida  kechga 
qolgan  talaba  A.Petrovaning  auditoriyaga  kirishiga  ruxsat  bermadi.  Talaba  esa, 
auditoriyadan  chiqib  ketishni  xohlamadi.  O‘qituvchi  undan  auditoriyadan  chiqib 
ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga 
kiritilmagan  qizning  onasi  nomidan  fakultet  dekanatiga  shikoyat  xati  kelib  tushdi. 
SHikoyat  xatida  talaba-qizning  onasi  homilador  ekanligiga  qaramasdan  va  har 
qanday  holatda  ham  o‘qituvchi  talabani  mashg‘ulotga  kiritmasdan,  uni  turtib 
auditoriyadan  chiqarib  yuborgani  pedagogik  etika  zid  ish  ekanligi,  o‘qituvchining 
 
 
 
 
 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
356
 
kompetentligini  aniqlash  uchun  Davlat  test  markazidan  xolis  ekspertlar  chaqirib, 
sinovdan  o‘tkazish  va  shikoyatga  yozma  ravishda  javob  qaytarish,  agar  kerakli 
chora  ko‘rilmasa,  yuqori  tashkilotlarga  murojaat  qilishi  haqidagi  talabni  qo‘ygan 
edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. 
O‘qituvchi  esa  dekanga  u  hech  qanday  ortiqcha  harakat  qilmagani,  talaba  qiz 
hamma  vaqt  darsga  kechikib  kelishini  aytib  qo‘pol  munosabatda  bo‘ldi.  Bir  hafta 
muddat  o‘tib,  dekan  kafedra  mudiridan  mazkur  masalani  yig‘ilishda  muhokama 
qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi. Kafedra majlisida mazkur masala muhokama 
etildi.  Kafedra  professor-o‘qituvchilari  har  qanday  vaziyatda  ham  N.Xafizovni 
qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga 
olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga so‘z berilganda esa, 
u  pedagoglik  odobiga  zid  hech  qanday  xatti-harakat  sodir  etmaganligini,  talaba-
qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra 
mudirining  ishdan  bo‘shamasligi  haqidagi  iltimosiga  karamasdan,  o‘z  arizasiga 
ko‘ra vazifasidan ozod etildi. 
Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  vaziyatni  tahlil  eting.  Siz  N.Xafizovning  o‘rnida 
bo‘lganingizda  qanday  yo‘l  tutgan  bo‘lar  edingiz?  N.Xafizovning  ishdan  bo‘shab 
ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi? 
1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa 
Taqdim  etilgan  aniq  vaziyatlar  bilan  tanishib  chiqing.  Muammoli  vaziyat 
mazmuniga  alohida  e’tibor  qarating.  Muammoli  vaziyat  qanday  masalani  hal 
etishga bag‘ishlanganligini aniqlang. 
2.  Keysdagi  asosiy  va  kichik  muammolarni  aniqlash  (individual  va  kichik 
guruhlarda) – 5 daqiqa 
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O‘z fikringizni guruh bilan 
o‘rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi 
hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang. 
3. Muammo echimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa 
Guruh bilan birgalikda muammo echimini toping. Muammoga doir echim bir 
necha  variantda  bo‘lishi  ham  mumkin.  SHu  bilan  birga  siz  topgan  echim  qanday 
natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang. 
4. Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 
daqiqa 
Guruh bilan birgalikda keys echimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni 
tayyorlashda  sizga  taqdim  etilgan  javdalga  asoslaning.  Taqdimotni  tayyorlash 
jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo‘lishi tamoyillariga rioya qiling. 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
357
 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   457




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish