Tragakant-glitserinli asos – tarkibida 3% tragakant va 40% gacha glitserin saqlaydi. Maydalangan tragakant kam miqdordagi yuqori konsentratsiyali spirt bilan aralashtirilib, suv-glitserinli aralashma bilan bo‘ktirish uchun qoldiriladi. Oldindan spirt bilan aralashtirishdan maqsad tragakantni komoklanib qolishini oldini olishdir. Bu asosdan protivozachatochniy pastalar va kosmetik kremlarni tayyorlashdi ishlatiladi. CHet el farmatsevtik amaliyotida bugungi kunda bu turdagi asoslardan pektinli [pektin 7,5 g, glitserin 18 g, benzoy kislotasi 0,2 g va tozalangan suv 100 g gacha], alginli [natriy alginat 2,5 g, kalsiy sitrat 0,2 g, glitserin 15 g, tozalangan suv 100 g gacha],mutsinli (lnyan urug‘ining shilimshig‘i) asoslar va yana bir qancha o‘ismliklardan olingan yuqori molekulali bbrikmalardan olingan asoslar ishlatilib kelinmoqda.
Mikroblardan olingan polimer - polisaxaridlar. Surtmalar texnologiyasida gidrofil asos sifatida yuqori molekulyar massali polisaxarid – dekstran xayotiy zarur mikroorganizmlar Leuconostok mesentervides va L. dextranicus asosida olinadi. Bu polimer asosan glyukozadan tashkil topgan bo‘lib, molekulyar massasi 150000. Dekstranning eritmalari surtmasimon qovushqoqlikka ega bo‘lib, yuqori indifferentlikni nomoyon qiladi. Ular rangsiz va xidsiz, pH 4,5-6,5. N.P.Elinova va I.YA.Gurevichlar achitqisimon zamburug‘dan - Aureobasidium (Pullularia) pullulaus, zamburug‘li glyukan – pullulan olishga muvffaq bo‘lganlar. U yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, xlortetratsiklin va geliomitsin surtmalarini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilgan. Faqat bu surtmalar uzoq vaqt saqlanganda sifatini buzilishi xisobiga ularga konservant qo‘shish lozim bo‘lgan (1:100000 nisbatda mertiolat).
Sellyulozaning yarim sintetik xosilalari. Surtmalar texnologiyasida sellyuloza xosilalaridan metilsellyuloza (MS) va natriy karboksimetilsellyulozalardan (Na-KMS) asos sifatida foydalanish mumkin.
MS – oddiy efir bo‘lib, sellyuloza molekulasiga kiritilgan metil guruxining soniga qarab, 150 dan 700 gacha polimerizatsiya darajasidagi efirlarni xosil qilish mumkin. Ularning molekulyar massasi mos ravishda 30000 dan 140000 gacha. MS eritmalarining asosiy xossasi ularning qovushqoqligidir. Bu esa ularning tarkibidagi metoksi guruhlarning almashinish darajasiga, ularning bir xilda tarqalganligiga va polimerizatsiya darajasiga bog‘liq. Farmatsevtik texnologiyada ishlatiladigan MS 26-33% metoksi guruhlarini saqlaydi. U och sariq rangli, tolasimon yoki paxtasimon ko‘rinishli, xidsiz va mazasiz, uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Tayyorlash uchun kerakli miqdorda tortib olingan MS umumiy olnishi lozim bo‘lgan, 80-900S gacha isitilgan suvning 25% bilan aralashtirilib, so‘ng qolgan suv (sovuq suv) bilan bir xil massa xosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. MS eritmalari mikroorganizmlarga turg‘un, zaharliligi yo‘q, fiziologik jahatdan inert. Ular yuqori qovushqoqlikka, dispergirlashga, namlash va adgezzion xossalariga ega. MS suvning yuza tarngligini kamaytiradi, sababi MS yuqori emulgirlash xossasiga ega. SHuning uchun ham MS farmatsevtik amaliyotda nafaqat surtmalar texnologiyasida, balki boshqa turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda ham keng ishlatiladi. MS eritmalarining qurishi natijasida tiniq, rangsiz, mustaxkam, mikroorganizmlar, organik erituvchilar va yog‘-moylarga nisbatan turg‘un bo‘lgan plenka xosil bo‘ladi.
Na-KMS – sellyuloza va glikol kislotasi (karboksimetilsellyuloza) oddiy efirining natriyli tuzi bo‘lib, polimerizatsiya darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar massasi 75000 dan 750000 gacha. Oq yoki kulrang rangli, tolasimon modda, suvda yaxshi eriydi.
MS va Na-KMS larning asos sifatida ishlatiladigan asosiy tarkiblar:
MS 6g, glitserin 20g, tozalangan suv 74 g.
Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, tozalangan suv 84 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |