“Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning tashkil etishning o’zga
xos xususiyatlari” mаvzusi bo’yichа sеminаr mаshg’ulotning
tеxnologik xаritаsi
Fаoliyat
bosqichlаri
Fаoliyatning mаzmuni
O’qituvchining
Tаlаbаlаrning
I. Kirish
bosqichi
(10 min.)
1. O’tgan mavzuga oid qisqacha savollar beriladi.
Bunda asosiy diqqat e’tibor bugungi – moliyaviy
nazoratning
xalqaro
tajribalari
mavzusiga
bog’lasa bo’ladigan savollar oldindan tayyorlab
qo’yilgan bo’ladi. Savol-javob bosqichi ikki
bosqichdan iborat: a) bu haqida yuqorida
ta’kidlab o’tdik; b) Germaniya, Yaponiya va
Rossiya
mamlakatlariga
oid
qiziqarli
ma’lumotlar so’raladi va ushbu mamlakatlarning
ijtimoiy-goografik
xususiyatlariga
oid
“qizituvchi” savollar beriladi.
2. Mаvzuning nomi, mаqsаdi, kutilаjаk nаtijаlаri
e’lon qilinadi;
3. Mаvzuning rеjаsi vа аsosiy tushunchаlаrini
eshittirаdi vа qisqаchа izoh bеrаdi.
Tinglаydilаr.
Mаvzu nomini vа rеjаsini
yozib olаdilаr.
II. Аsosiy
bosqich
(60 min.)
1. Ma’ruza darsida bayon etilgan xorijiy tajribalar
qisqacha umumlashtirilgan holda eslatib o’tiladi.
2. Tаlаbаlаrni 4 ta kichik guruhlаrgа bo’lаdi. Har bir
guruhga sardor tayinlanadi.
3. Guruhlarga
taqqoslash
va
umumlashtirish
xususiyatlarini o’zida jam etuvchi metodlarga oid
kartochkalar tarqatiladi. (Bitiruv malakaviy ishi
davomida bularga alohida to’xtalib o’tamiz.
Jadvallardan
iborat
tarqatma
materiallar
shartlarini bajaradilar.
III. Yakuniy
bosqich
(10 min.)
1. Darsning yakuniy bosqichida asosiy rolni
talabalarning o’ziga topshirish bir muncha
afzalliklarga ega. Shuning uchun bu bosqichni
ham ma’lumotlarni umumlashtirishga qaratilgan
metodlarni qo’llash orqali o’tkazish ma’quldir.
Bunga misol tariqasida “Konseptual jadval” va
“Ven diagrammasi” metodlarini keltirib o’tish
mumkin.
2. Talabalarni
baholashda
tarqatilgan
materiallarning to’ldirilganlik darajasi (foizda) va
savol-javoblarda qatnashish (bunga 10-20 %
qo’shib berilishi mumkin) hisobga olinadi.
3. Mustаqil ishlаshlаri uchun yoki qo’shimcha
ballarni qo’lga kiritish uchun topshiriq beriladi:
a) darsda o’tilgan mamlakatdan boshqa yana bir
mamlakatning moliyaviy nazorat tizimiga oid
ma’lumotlardan jadval tuzish.
Topshiriqni bajaradilar.
Vаzifаni yozib olаdilаr.
43
Darsning birinchi bosqichida eng asosiy e’tibor talabalarni darsga diqqatini
darsga qaratishdir. Bunda moliyaviy nazorat tizimi haqida gap ketadigan
mamlakatlarning kuchli tomonlari, iqtisodiy yutuqlari va ularning sabablari haqida
gapirib o’tish tavsiya etiladi. Chunki inson psixikasi shunday tuzilganki, unda
boshqalar yutug’i haqida gap ketganda o’z-o’zidan ong osti taqqoslash jarayonlari
sodir bo’ladi. Buning natijasida esa diqqat markazi bir nuqtaga to’planadi.
Ikkinchi bosqichda talabalarni kichik guruhga bo’lish kutigan samaraga
erishishga yordam beradi. Bunga aniqlik kiritish uchun talabalarga ommaviy tarzda
tarqatma materiallar tarqatish variantini ko’rib chiqamiz. Bu holatda har bir talaba
o’zi uchun harakat qiladi, ommaviy ishlashning qoidasi ham o’zi shunday. Bir
talaba boshqa talaba yordam berishi, odatda, ijobiy baholanadi. Lekin mazkur
vaziyatda talabalarning bir-birlariga yordam berishlari ommaviy ishlashning asl
mohiyatini yo’qqa chiqaradi. Masalaning oqilona yechimi sifatida talabalarni
guruhlarga bo’lish, bo’lganda ham kuchlarni teng taqsimlagan holda bo’lishni
ko’rsatishimiz mumkin. Guruh bilan ishlaganda ham ba’zi bir masalalarga e’tibor
qaratish darkor. Masalan, har bir guruhning liderlari va o’ziga yarasha bilim
darajasi past bo’lgan a’zolari bo’lishi guruh bahosini liderlarning o’zigina olib
berishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, pedagogika ilmi hali bu masalaning
to’laqonli yechimini topgani yo’q. Lekin biz o’z tadqiqotimiz davomida
muammoni bir muncha yo’qotish yo’llarini qidirib topishga harakat qildik.
Birinchidan, tarqatma materiallar to’ldirilib, o’qituvchiga topshirilgandan so’ng
qo’shilgan ma’lumotlarni tushuntirib berish vazifasi aynan orqada qoluvchi
talabalarga topshirilishi mumkin. Ikkinchi usul esa birinchisiga qaraganda
murakkabroq. Bunda orqada qoluvchi talabalar jamoalarga sardor etib
tayinlanadilar va dastlabki tarqatilgan materiallar aynan ularning bilim darajasida
bo’lishi kerak. Chunki birinchi bosqichni mustaqil ravishda muvaffaqiyatli hal
etgan talabalar ikkinchi bosqich oldidan o’zlariga bo’lgan ishonchni his qiladilar
va bu omil ularning bilish uchun intilishlariga turtki beradi. Pedagog bu vaziyatda
guruh liderlarining vaziyatni to’liq qo’lga olmasliklari uchun guruh sardorlariga
kech vakolat berishlari kerak bo’ladi.
44
Biz tadqiq etayotgan mavzuning mohiyatini ochib berishda turli metodlarni
o’z ichiga olgan tarqatma materiallar muhim ahamiyat kasb etadi. Bitirruv
malakaviy ishining birinchi bobida keltirilgan metodlarni tartib bilan ko’rib
chiqamiz. Bunda masala bunday qo’yilishi mumkin: “Yaponiyada barcha nazorat
ishlarining yagona organ tomonidan olib borilishi qanday ijobiy va salbiy
holatlarga olib keladi deb o’ylaysiz?”
Aynan shu savol yozilgan va javoblari uchun ikki ustunli jadval tasvirlangan
qog’ozlar tarqatiladi. Topshiriqni bajarish uchun talabalarga 10 daqiqa vaqt
beriladi. Baholashda esa qaysi guruh ko’proq ijobiy yoki salbiy jihat yozganligi
mezon sifatida qaraladi.
“T-sxema”ning ehtimoliy to’ldirilgan ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |