O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti


  Mavzuni o’rgatishda samarali metodlarni tanlash texnologiyasi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

1.2.  Mavzuni o’rgatishda samarali metodlarni tanlash texnologiyasi 

Har  qanday  sohada  bo’lmasin,  xorij  tajribalarini  o’rganish  izlanuvchidan 

nisbatan ko’proq diqqat va e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, bu ilmni o’rganishda bir 

tomonlama  yondashuvdan  voz  kechish  hamda  buning  o’rniga  dialektik 

yondashuvga  asoslangan  o’rganish  uslublaridan  foydalanish  maqsadga  yetishda 

eng oqilona vosita hisoblanadi.  

Dunyoning  rivojlangan  mamlakatlari  moliya  tizimi  va  uning  bo’g’inlarini 

o’rganishdan  asosiy  maqsad  ilmiy  dunyoqarashni  kengaytirish  hisoblanib,  bu 

masalani hal etishda, tan olish kerakki, hozirgi kunda yetarli darajada ishlar amalga 

oshirilmayotir.  Buning  asosiy  sababi  sifatida  o’quvchi-talabalarning  yagona 

adabiyotga  qaramga  aylanganliklari,  chet  tilidan  kerakli  bilimlarga  ega 

bo’lmaganliklari yoki umumiy ta’lim tizimining to’laqonli amal qilmayotganligini 

ko’rsatib  o’tish  foydadan  holi  bo’lmaydi.  Biz  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishi 

yordamida  aynan  shu  muammolarning  yechimini  turli  yondashuvlar  yordamida 

harakat qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.  

Birinchi  masala  –  o’quvchi-talabalarning  yagona  adabiyotga  qaramga 

aylanganligi.  Bu  masala  har  qanday  yangi  ta’lim  tizimi  uchun  tabiiy  hol  sifatida 

izohlanishi  mumkin.  Darhaqiqat,  O’zbekiston  Respublikasi  1991  yilda  o’z 

suverenitetini qo’lga kiritar ekan, buning mustahkamlanishi uchun eski aqidalarga 

asoslangan kommunistik ta’lim  tizimidan voz kechishga, milliy va umuminsoniy 




21 

 

qadriyatlarga  asoslangan  yangi ta’lim  tizimini  joriy  qilishga  birlamchi  ahamiyatli 



masala  sifatida  qaraldi.  Oradan  6  yil  o’tib,  ya’ni  1997  yil  29  avgustda  yuqorida 

ta’kidlangan  omillarni  to’liq  o’z  ichiga  olgan  ikki  hujjat  hayotga  tatbiq  etildi. 

Taomiliga ko’ra, shu sanadan boshlab tez fursat ichida milliy ta’lim tizim o’zining 

optimal faoliyatiga erishishi lozim edi. Lekin kerakli omillarsiz bunga erishishning 

imkoniyati  yo’qligi  ham  turgan  gap  edi.  Mana  shu  omillardan  biri  ta’lim 

jarayonining  o’quv  adabiyotlari  bilan  ta’minlanishi  bo’lib,  bu  omil  boshqalariga 

nisbatan bir muncha ahamiyatliroqdir.  

Mustaqilligimizning  23  yilligi  yaqinlashmoqda.  Lekin  hali-hanuz  ayrim 

mutaxassislik  fanlariga  oid  o’quv  adabiyotlaridan  foydalanish  borasida  tolibi-

ilmlarda  mushkulotlar  mavjud.  Bu  holat  talabalar  ongida  bir  tomonlama 

yondashuvga asoslangan ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi. Yangi 

bilimlarni  o’rganish  va  yaratishda  asosiy  mezon  sifatida  qaraluvchi  refleksiv  va 

dialektik  yondashuv  aynan  o’quv  adabiyotlarning  mavjud  emasligi  yoki 

adabiyotlarni  tanlash  imkoniyati  yo’qligi  natijasida  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun 

ta’lim sifatini oshirishda, avvalo, ta’lim uchun zarur moddiy-pedagogik omillarni 

hozir qilishga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi.  

Ikkinchi  masala  –  talabalarning  xorijiy  bilimlarni  o’rganish  uchun  kerakli 

chet tilini bilmasliklari. Bu masala hozirgi kunga kelib, aniqrog’i Prezident Islom 

Karimovning  2012  yil  10  dekabrdagi  “Chet  tillarni  o`rganish  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to`g`risida”  gi  Qaroriga  ko’ra  hal  qilinmoqda, 

deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, dunyoning 

eng keng tarqalgan va deyarli barcha ilmiy yangiliklar tili hisoblangan ingliz tilini 

asosiy  o’rgatiluvchi til  sifatida tanlanishi ta’lim  tizimi  samaradorligini  oshirishda 

ham  o’zining  beqiyos  hissasini  qo’shmay  qolmaydi.  Ammo,  til  bilish  bilan  ish 

bitmaydi,  uni  qo’llay  olgandagina  tilni  o’rganish  uchun  sarflangan  vaqt  o’zini 

oqlaydi, deyishimiz mumkin. Talabalarni o’zlashtirgan tillaridan bilish jarayonida 

qo’llashga  undash  va  buni  ular  tomonidan  ongli  ravishda  bajarilishiga  erishish 

uchinchi masala – umumiy ta’lim tizimining asosiy muammosi hisoblanadi.  




22 

 

Uchinchi  masala  –  umumiy  ta’lim  tizimidagi  muammolar.  Ta’lim  tizimi 



ijtimoiy ahamiyatiga ko’ra mamlakatning eng yetakchi tizimi hisoblanadi. Shunday 

ekan,  undagi  har  qanday  muammoni  hal  etish  kechiktirib  bo’lmas  vazifa 

hisoblanadi.  Aslida,  yuqorida  qayd  etib  o’tilgan  ikki  masala  ham  ta’lim  tizimiga 

bevosita  bog’liq  va  uni  tashkil  etuvchi  birliklar  qatorida  sanab  o’tilishi  mumkin. 

“Maqsadga muvofiq ishlatilgan so’zlar foyda keltiradi”  – falsafiy iqtibosga ko’ra 

ayni bir masalani uchga bo’lib ko’rsatish bitiruv malakaviy ishimizning maqsadiga 

erishishi uchun qulaylik hozirlaydi.  

Umumiy  ta’lim  tizimining  muammolari  deganda  biz  ikki  asosiy  omil 

o’rtasidagi  doimiy  nomutanosiblikni  nazarda  tutdik.  Bular  O’zbekiston 

Republikasi  qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan  ta’limga  oid  qaror  va 

me’yorlar  hamda  ularning  ijrochilari  hisoblangan  o’quv  yurtlari  o’qituvchilari  va 

ularning shaxsiy va pedagogik sifatlaridir.  

Darslarni  samarali  olib  borishda  o’qituvchining  shaxsiy-pedagogik 

xususiyatlari  uyg’unlikda  bo’lishi  shart.  Ularni  ahamiyati  ko’ra  tartib  raqamlari 

bilan ifodalash mantiqan to’g’ri bo’lmasada, ayni vaqtda muammoning yechimini 

topishda bir muncha yengillik tug’diradi: 

1.  O’qituvchining o’zini tutishi, boshqara olishi; 

2.  Uning nutq mahorati; 

3.  Uning pedagogik va metodistik layoqati; 

4.  Uning bilim darajasi; 

5.  Tashqi omillar (dars xonasining tozaligi, o’quvchilarning formasi va hkz.). 

Birinchi  va  ikkinchi  tartib  raqam  bilan  belgilangan  omillar  borasida  juda 

ham  ko’p  izlanishlar  olib  borilgan  va  olib  borilmoqda.  Shuning  uchun  bu  ikki 

omilga  alohida  to’xtalib  o’tishni  lozim  topmadik.  Lekin  shuni  ta’kidlab  o’tish 

joizki,  mazkur  ikki  omil  to’liq  ta’minlangan  holda  qolgan  omillarga  e’tibor 

qaratilmasa, darsdan kutilgan samara reallik yuzini ko’rmasligi mumkin. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  mavzusi  ham,  undan  ko’zlangan  maqsad  ham 

yuqorida  keltirilgan  uchinchi  omilning  moliyaviy-iqtisodiy  bilimlarni  o’rgatish 




23 

 

sohasida  qanday  qilib  oldingiga  qaraganda  ko’proq  samaraga  erishish  yo’llarini 



qidirib topishga yo’naltirilgan. 

Xorij tajribalarini o’rganishda taqqoslash va qiyoslash asosida yondashuv bir 

vaqtning  o’zida  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantiribgina  qolmay,  o’rganilayotgan 

bilimning  mohiyatini  to’liq  anglab  yetishga  va  boshqa  sohalarga  oid  bilimlarni 

o’rganishda ham aynan shu yondashuvni qo’llay olish layoqatini yaratadi. Demak, 

bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  hisoblangan  rivojlangan  mamlakatlarda 

moliyaviy  nazoratni  tashkil  etishning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  talabalarga 

o’rgatishda    mahsus  fanlarni  o’qitishning  qiyoslash  va  taqqoslashga  qaratilgan 

metodlarini  qo’llash  qolgan  metodlarga  qaraganda  ancha  samaraliroq,  deb 

hisoblashimiz mumkin. Inson omiliga psixologik jihatdan yondashish bu fikrimizni 

isbotlashda  ancha  qo’l  keladi.  Ya’ni  qiyoslash  va  taqqoslashning  tub  ma’nosi 

qiyoslanayotgan  yoki  taqqoslanaytgan  obyektlarning  bir-biridan  o’rnak  olishi  va 

tegishli  xulosalar  chiqarishdan  iborat  bo’ladi.  Talabalar  moliyaviy  nazoratning 

xoriijiy  tajribalarini o’rganish bilan bir  vaqtning o’zida  milliy  nazorat  ishlarining 

qay  darajada  samarali  amal  qilayotgani  yoki  qanday  kamchilik  va  afzalliklar 

mavjudligi  haqida  fikr  yuritadilar.  O’z  navbatida  bu  talabalarda  ijodiy  fikrlash 

orqali  masalaning  yechimini  topishga  qiziqish  va  rag’bat  uyg’otadi  hamda  bu 

jarayon  ongsiz  ravishda  amalga  oshiriladi.  Ongsiz  ravishda  amalga  oshirilgan  har 

qanday  faollik  esa  ko’nikmaga  olib  keladi.  Har  qanday  darsdan  ko’zlangan 

rivojlantiruvchi  maqsad  ham  aynan  shundan,  ya’ni  o’quvchi-talabalarning  bilish 

jarayonlariga  bor  g’ayratlari  bilan  kirishishlarini  rag’batlantirish  hisoblanadi.   

Bundan  tashqari,  axborotni  yig’ish,  yoyish  va  umumlashtirishga  qaratilgan 

metodlar  va  keyslar  ham  dars  samarasini  oshirishda  qo’l  keladi.  Endi  birma-bir 

ta’kidlab o’tilgan metodlarga to’xtalib o’tsak.  




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish