O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti


Yaponiya davlat moliyaviy nazorat tizimi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

 

Yaponiya davlat moliyaviy nazorat tizimi 

Yaponiya  nazorat  organlari  tizimining  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 

barqarorlik  deb  e’tirof  etiladi.  Dastavval,  bu  e’tirof  116  yil  muqaddam  davlat 

byudeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Nazorat-

taftish  boshqarmasi  (NTB)  ga  tegishli  bo’lgan.  Boshqarma  tashkil  etilgandan  to 

shu  paytgacha  katta  o’zgarishlarga  uchramadi,  faqatgina  tekshirish  obyektlari 

o’zgardi  va  doimiy  ravishda  ish  hami  o’sib  bordi.    “Nazorat-taftish  boshqarmasi 

to’g’risida” gi Qonunga ko’ra boshqarmaga davlat boshqaruv tizimining bir qismi 

yuklangan  bo’lib,  u  o’z  faoliyati  davomida  Vazirlar  Mahkamasiga  nisbatan 

mustaqildir.  

Nazorat-taftish 

boshqarmasi 

Nazorat-taftish 

komissiyasi 

tomonidan 

boshqariladi. Komissiya o’z tarkibiga boshqarma prezidenti va ikki komisarni olib, 

ularni    Vazirlar  Mahkamasi  va  Parlament  o’zaro  kelishgan  holda  tayinlaydilar. 

Komissiya,  shuningdek,  muhokama  organini  ham  o’zida  mujassam  etgan  bo’lib, 

bu  organ  tekshiruvlar  yuzasidan  qarorlarni  qabul  qilish  funksiyasini    bajaradi. 

Muhokama  organining  a’zolari  nizomga  ko’ra  tekshiruvlarda  ishtirok  etish  va 

boshqarmaning muayyan bo’limiga biriktirilish huquqiga ega emaslar.  

Komissarlar,  davlat  vazirlari  va  yuqori  sud  sudyalari  kabi  imperator 

tasdiqlagandan so’ng o’z vakolatlirini qabul qiladilar. Ular yetti yilgan tayinlanib, 

bu  vaqt  davomida  ularning  faoliyati  mustaqilligi  qonun  bilan  kafolatlanadi. 

Nazorat-taftish  boshqarmasi  prezidenti  esa  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  eng 

munosib  3  nomzod  ichidan  muqobil  tanlash  asosidagi  saylovlar  natijasi  bo’yicha 




12 

 

tasdiqlanadi.      President  komissiya  majlislariga  raislik  qiladi  va  parlamentning 



iqtisodga  oid  masalalar  yuzasidan  o’tkazadigan  kengashlarida  Nazorat-taftish 

boshqarmasi  nomidan  maslahat  ovozi  beradi.  Boshqarma  boshqaruvchilariga 

qonunga ko’ra, bir vaqtda hukumat idoralarida yoki hududiy o’z-o’zini boshqarish 

organlarida muayyan lavozimni egallash va parlament saylovlariga o’z nomzodini 

qo’yish man etiladi.  

Nazorat-taftish  komissiyasi  boshqarma  faoliyatiga  oid  barcha  muhim 

masalalar  yuzasidan  qarorlarni  qabul  qiladi.  Bunday  qarorlarga  misol  tariqasida 

boshqarma ish tartib-qoidalarini belgilash, tekshirilishi lozim bo’lgan tashkilotlarni 

aniqlash, tekshirishlar natijalari bo’yicha hisobot tayyorlash va xodimlarni ishdan 

bo’shatish va yangi xodimlarni ishga qabul qilishni ko’rsatib o’tish mumkin.  

Nazorat-taftish  boshqarmasi  tekshiruvlarini  bevosita  Bosh  ijro  byurosi 

amalga  oshiradi.  U  kotibiyat  va  besh  byurodan  tashkil  topgan.  Boshqaruv 

kotibiyati  umumiy  masalalar,  kadrlar,  buxgalteriya,  tadqiqotlar  o’tkazish  va 

shikoyatlar  bilan  shug’ullanish  kabi  boshqaruv  ishlarini  amalga  oshiradi.    Byuro 

o’z  ichiga  kadrlar  bo’limi,  ilmiy  ishlar  bo’limi,  xo’jalik  muammolari  bo’yicha 

bo’lim va boshqa bir nechta bo’limlarni oladi. Jami bo’lib 34 taftish bo’limi byuro 

tuzilmasiga kirib, ularning har biri vazirliklar (masalan, moliya, qurilish, transport, 

mudofaa vazirliklari) va tashkilotlarni tekshirish vazifasini bajaradi.  

Byurolar va kotibiyat apparati 1991 yilda o’z tarkibida 1230 nafar xodimni 

jam qilgan. Ularning 60 % dan ko’p qismini iqtisod va huquq masalalari bo’yicha 

yetuk  taftishchi  mutaxassislar    va  tegishli  tarmoq  bo’yicha  boy  tajribaga  ega 

bo’lgan xodimlar tashkil qiladi. Bu omillar boshqarmaga xodimlarni qabul qilishda 

asosiy mezonlar bo’lib xizmat qiladi.  

Nazorat-aftish boshqarmasi apparatining asosiy vazifasi davlatning daromad 

va  xarajatlari  va  qonun  bilan  belgilangan  boshqa  yakuniy  natijalarni  hujjatli 

tekshirish  hisoblanadi.  Tekshiruvlarda  davlat  korporatsiyalari  va  boshqa 

tashkilotlarning  moliyaviy  natijalari  va  moliyaviy  hisobotlarining  har  bir  jihati 

ko’rib chiqiladi. Ma’lumotlarga ko’ra Nazorat-taftish boshqarmasi har yili qariyb 

70 million betdan iborat 200 ming jildlik hisobotlar va to’lov topshiriqnomalarini 



13 

 

tekshirib  chiqadi.  Shunday  qilib,  apparatning  bosh  vazifasi  turli  vazirliklar, 



idoralar, korporatsiyalar va xususiy subyektlarning davlat mablag’laridan samarali 

foydalanishini tekshirish hisoblanadi.  

Byudjet 

mablag’laridan 

foydalanishni 

tekshirishda 

tez-tez 

kelishmovchiliklar  ham  yuzaga  kelish  holatlari  kuzatilib  turadi.  Masalan, 

tekshirilgan  firma  Nazorat-taftish  boshqarmasi  nazoratchisining  xulosasini  to’g’ri 

deb  tasdiqlamasligi  mumkin.  Bunday  hollarda  nazorat-taftish  komissiyasining 

qaroriga  binoan  joriy  firmani  tekshirish  kelgusi  moliya  yiliga  qoldiriladi.  Qayta 

tekshirish  natijalari  va  qonunbuzarliklarni  yashirishlar  bo’yicha  hukumatga  yoki 

parlamentga  hisob  beriladi.  Qonunbuzarga  nisbatan  hisob  raqam  yopilgunga  va 

taftish  natijalari  prokurorga  yuborilgunga  qadar  ma’muriy  jazo  choralari 

qo’llanadi.   


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish