O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti


Germaniya byudjet qo’mitasi bundestagining hukumat, Federal Hisob



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

Germaniya byudjet qo’mitasi bundestagining hukumat, Federal Hisob 

Palata va boshqa nazorat-taftish organlari bilan munosabatda nazorat 

funksiyasini amalga oshirishdagi roli 

Germaniya  Federal  Respublikasida  parlament  nazoratining  asosiy  qismi 

bundestag qo’mitalariga yuklangan.  Federal mablag’larning hajmiga nisbatan jami 

21 ta nazoratga ixtisoslashtirilgan qo’mita  mavjud bo’lib, ularning har birida  13 

nafardan 37 nafargacha xodim mehnat qiladi. 

Byudjet  qo’mitasi  qo’mitalar  ichida  alohida  o’rin  tutadi.  Mazkur  qo’mita 

tarkibiy  tuzilishi  ham  eng  ko’p  –  37  xodimni  o’z  ichiga  oladi.  Hukumatning 

nazorat  funksiyasini  amalga  oshirishda  ham  eng  asosiy  yuk  aynan  byudjet 

qo’mitasiga  tegishlidir.  Bundestagda  har  yili  byudjet  loyihasi  muhokamasi 

o’tkazilib,  bir  necha  kunga  cho’ziladi  va  qizg’in  davom  etadi.  Byudjet 

ma’lumotlari  hukumatning  kelgusi  byudjet  yilida  qanday  faoliyat  ko’rsatishini 

namoyon etadi.  

Davlatning  moliyaviy  xarajatlariga  oid  qarorlar  byudjet  qo’mitasining 

roziligi  asosida  qabul  qilinadi.  Shuningdek,  byudjet  qo’mitasi  hukutmatning 

moliyaviy faoliyatini qayta ko’rib chiqadi. Unga ko’ra qo’mitaning asosiy vazifasi 



 

bundestag  va  moliya  vazirligi  o’rtasida  federal  byudjet  daromad  va  xarajat 



moddalarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.  

Moliya  vaziri  har  kvartalda  byudjetda  rejalashtirilgandan  ortib  ketgan  va 

byudjetdan tashqari xarajatlar yuzasidan bundestag va bundesratga hisobot beradi. 

Bu turdagi xarajatlarning asosiylari kechiktirilmagan holda muhokamaga qo’yiladi. 

Moliya  vaziri  xarajatlar  o’rnini  qoplash  maqsadida  davlatga  qarashli  yer  egaligi 

yoki  konsern  va  yirik  korxonalardagi  davlatning  paylarini  sotish  yoki  sotib  olish 

yuzasidan bundestag va bundesrat roziligini so’rashi kerak.  

Federal  hisob  palata  ham  moliyaviy  nazorat  organi  hisoblanib,  Germaniya 

Federal  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  asosan  tashkil  qilingan.  Konstitutsiyaning 

14-moddasi  palata  a’zolarining  mustaqilligini  ta’minlaydi  va  ularning  faoliyatini 

belgilab  beradi.  Davlat  va  huquq  nuqtayi  nazaridan  federal  hisob  palata  yuqori 

darajadagi  davlat  organi  maqomiga  ega  bo’lib,  federal  vazirliklar  bilan 

tenglashtiriladi.  

Palata  8  nazorat  bo’limi  va  50  sektordan  iborat.  Nazorat  bo’limlari 

moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Bu bo’limlar mahsus tayinlangan direktorlar 

tomonidan  boshqariladi va  har  biri o’rtacha  6 xodimni  o’z  ichiga oluvchi  hamda 

sektor  yetakchisiga  ega  bo’lgan  sektorlarga  bo’linadi.  Sektorlar  o’z  faoliyatlarini 

yillik ish reja asosida amalga oshiradilar.  

Palataning barcha qarorlari ko’p yoqlamalik tamoyili asosida qabul qilinadi. 

Asosan,  qarorlar  ikki  yoqlama  qabul  qilinadi,  ya’ni  bunda  bo’lim  boshliqlari  va 

sektor  yetakchilari  qatnashadilar.  Agarda,  qarorlar  yillik  ish  reja  borasida  bo’lsa 

uch yoqlama, ya’ni direktorlar, yetakchilar va prezident tomonidan ko’rib chiqiladi 

va  qabul  qilinadi.  Qarorlar  qabul  qilinishi  yuzasidan  bir  to’xtamga  kelinmagan 

taqdirda ularni ko’rin chiqish endi senatning mahsus bo’limiga yoki katta senatga 

topshiriladi. Senatning mahsus bo’limi bo’lim boshliqlari va sektor yetakchilaridan 

tashkil  topadi.  Katta  senat  esa  bo’lim  boshliqlari,  sektor  yetakchilari,  palata 

prezidenti  va  vitse-prezidentidan  iborat  bo’ladi.  Masala  mahsus  bo’limda  hal 

etilmagan holatda katta senatda o’z yechimini topadi.  




 

Palata  prezidenti  va  vitse-prezidenti  hukumat  tavsiyasiga  ko’ra  bundestag 



tomonidan  12  yil  muddatga  saylanadi.  Hisob  palatasi  hodimlari  safiga  asosan 

huquqshunoslar  va  iqtisodchilar  qabul  qilinadi  hamda  ular  qo’yiladigan  asosiy 

talab boshqaruv sohasidagi namunali ish tajribasidir. 

Konstitutsiyaga  binoan  Federal  Hisob  Palata  barcha  davlat  boshqaruv 

tizimini nazorat qiladi. Bunga vazirliklar, idoralar, shuningdek, federal korxonalar 

(tipografiya,  pochta,  federal  temir  yo’llar  va  boshqalar)  kiradi.  Bundan  tashqari 

Federal  Byudjet  to’g’risidagi  nizomga  ko’ra  Hisob  palatasining  nazorat  huquqi 

quyidagilarda majburiyat yaratadi: 

 

Bevosita  federatsiya  vakolatiga  ega  bo’lgan  yuridik  shaxslar  (jumladan, 



Federal mehnat idorasi); 

 



Davlat sug’urta muassasalari

 



Davlatning ulushi 50 % dan yuqori bo’lgan korporatsiyalar; 

 



Davlat mablag’laridan foydalanuvchi boshqa muassasalar.  

Federatsiyaning  byudjet  va  moliyaviy  hisobotlarini  tekshirish  palataning 

asosiy  vazifasi  hisoblanib,  undan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  joriy  yilga  tuzilgan 

federal  byudjet  to’g’risidagi  Qonun  ijrosi  ustidan  tekshirish  o’tkazishdir.  Bunda 

ko’pincha  kuzatuvli  nazorat  o’tkaziladi.  Bu  nazorat  turi  davlat  xarajatlari  bilan 

bog’liq  qarorlar  ijrosi  ustidan  kuzatuvga  asoslanadi.  Shu  bilan  birgalikda 

vazirliklar  va  idoralarga  byudet  to’g’risida  qonun  qabul  qilingunga  qadar  ham 

tavsiyalar  berish  huquqiga  ega.  Amaldagi  qonunchilikka  ko’ra  hisob  palatasi 

nazoratining asosiy mezonlari sifatida tejamkorlik va muvofiqlik hisoblanadi. 

Kamchiliklar  aniqlangan  taqdirda  Hisob  palatasi  ularni  bartaraf  etish 

bo’yicha  tavsiyalar  bildiradi.  Tekshiruvlar  yakunlari  yuzasidan  eng  ko’p 

tekshiriladigan  tashkilot  ma’lum  bo’ladi.  Alohida  ahamiyatga  ega  natijalar  esa 

to’g’ridan-to’g’ri federal Moliya Vazirligiga yuboriladi. Tekshirilayotgan tashkilot 

hisob  palatasi  oldida  uning  ogohlantirish  va  tavsiyalari  yuzasidan  javob  berishga 

majbur.  

Federal hisob palata har yili bundestag, bundesrat va hukumatga o’z faoliyati 

natijalari  to’g’risida  hisobot  beradi.  Bundesrat  FHP  va  tekshirilgan  tashkilotlar 



10 

 

raislari guvohligida hisobotni muhokama qiladi va qaror qabul qiladi. Favqulodda 



holatlarda palata hukumatga operativ ma’lumot berishi mumkin.  

Federal  hisob  palatadan  tashqari  turli  davlat  organlari  ham  nazorat-taftish 

finksiyasini  bajarishda  o’z  hissasiga  ega.  Federal  bank,  federal  moliya  idorasi, 

kredit nazorati bo’yicha federal idora, sanoat mahsulotlari tashqi savdosi bo’yicha 

idora va boshqalar shular jumlasidandir.  

Federal  bank  nazorat-taftish  organi  sifatida  mamlakatdagi  pul  muomalasini 

tartibga  solib  turadi.  Shuningdek,  kredit  siyosatini  shakllantiradi  va  unga  rioya 

etlishi  ustidan  nazoratni  olib  boradi.  Bank  faolyati  1957  yil  26-iyulda  qabul 

qilingan “Nemis federal banki to’g’risida Qonun”ga asoslanadi. Shunga qaramay, 

federal  bank  mamlakat  iqtisodiy  siyosatini  qo’llab-quvvatlashga  mas’uldir  va  u 

oldiga qo’yilgan masalalar yechimi borasida mustaqildir. Buning natijasida federal 

bankning avtonomlik tamoyili yuzaga keladi. 

Bankning nazorat funksiyasi quyidagilarda o’z aksini topadi: 

  Germaniya Federativ Respublikasining oltin valyuta resurslarini boshqaruvchi 



yagona organ hisoblanadi; 

  Faqat  federal  bank  banknotalar  emissiyasini  amalga oshirish  huquqiga  ega va 



har yili, 1974 yildan buyon, emissiya chegarasini begilab beruvchi tashkilotdir; 

 



Mamlakatdagi  barcha  banklar  o’z  mablag’larining  ma’lum  foizini  federal 

bankda  saqlashga  majburlar.  Bu  mablag’lar  minimal  rezerv  deb  atalib. 

Ularning hajmi federal bank tomonidan belgilanadi; 

  Federal  bank  davlat  qarzini  6  mlrd  marka  qiymatidan  ortiq  bo’lmagan  kredit 



chiqarmagan  holda  nazorat  qiladi.  Shuningdek  bank  davlat  qimmatli 

qog’ozlarining narxini belgilash va uni oshirish chora tadbirlarini ko’radi; 

 

Mamlakatda  mavjud  pul  massasi  nazoratini  ta’minlash  maqsadida  ssuda  foiz 



stavkalarini o’rnatadi.  

Federal moliya idorasi 1971 yil 3-sentyabrda iqtisodiyot vaziri farmoni bilan 

tashkil  etilgan  bo’lib,  yuqori  federal  organ  maqomiga  ega.  Uning  asosiy 

funksiyalari quyidagilar: 




11 

 



 

Ikki  yoqlama  soliqqa  yo’l  qo’ymaslik  to’g’risida  kelishuvga  rioya  etilishi 

usidan nazorat olib borish; 

  Mamlakat  firma  va  tashkilotlarining  boshqa  mamlakatlar  bilan  soliq 



munosabatlariga oid ma’lumotlarni yig’ish va baholash

 



Soliqqa tortishga oid sud qarorlari ijrosi borasida huquqiy ko’mak berish; 

  Turli daromad guruhlaridan undirilishi lozim bo’lgan soliq to’lovlarni aniqlash 



va soliq imtiyozlari yuzasidan nazoratni amalga oshirish. 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish