XITOY TILIDA NUTQIY ETIKET BIRLIKLARINING
IFODALANISHI
Ja’farxon MIRZOKIROV,
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: PhD. Xayrulla Hamidov
Xitoyliklarning “Notiqlik qobiliyati” nomli mashhur rivoyatida aso-
siy qahramon bo‘lgan tabib ayol xastalarni davolashda nafaqat dori-dar-
mon, balki so‘z sehrining ahamiyati nechog‘lik o‘tkir ekanligini isbotlay-
di. Balki bu holatni “ko‘zboyamachik”ka yo‘yish mumkindir, biroq, naza-
rimizda, rivoyatda vaziyatdan chiqish uchun har qanday usuldan foy-
dalanish, shuningdek, notiqlik san’atini ishga solish orqali ham maqsadga
erishish mumkinligi aytiladi. Bundan ko‘rish mumkinki, qadimdan
95
xitoyda nafaqat tabobat ilmining rivoj topgani, balki, ayollarning usta-
monligi, notiqligi ularni qiyin vaziyatlardan chiqishiga ko‘mak berganini
anglash mumkin. Shuningdek, qadimda xitoydan fol ochish, ruhlarga
ishonish kabi holatlarni nafaqat oddiy kishilar orasida, balki davlat bosh-
qaruviga oid kishilar hayotida ham ahamiyatga ega ekanligini kuzatish
mumkin. “
商
三
官
”
132
“Shan Sanguan” rivoyatida, boylarga ortiqcha
biror so‘z yoki hazil qilishning oqibati nimaga olib kelishi haqida fikrlar
bayon etiladi. Shuningdek, otasining o‘limidan aziyat chekkan farzandlar,
xoh u o‘g‘il bo‘lsin, xoh qiz, albatta bu holatni javobsiz qoldirmasliklari
aytiladi.
“Nutq odob-axloqiga kundalik nutqda ko‘p duch kelamiz. Ehtimol,
bu eng ko‘p ishlatiladigan iboralar: biz kuniga bir marta kimgadir mu-
rojaat qilamiz, tanishlarimiz va ba’zan notanish odamlar bilan ko‘ri-
shamiz, kimgadir rahmat aytamiz, kimdandir kechirim so‘raymiz, kim-
nidir tabriklaymiz yoki kimgadir iltifot ko‘rsatamiz, kimgadir ham-
dardlik bildiramiz va b.”
133
Nutq odob-axloq qoidalari hayotimizning
chambarchas bir bo‘lagi undan qochib qutula olmaymiz. Tarbiya, ijti-
moiylashuv jarayonida inson tilni tobora ko‘proq o‘zlashtiradi, u bosh-
qalar bilan munosabatlarning axloqiy me’yorlari, shu jumladan nutq
munosabatlarini o‘rganadi, boshqacha aytganda, muloqot madaniyatini
egallaydi. “Qadimgi Xitoyda odob-axloq normalari hukmron sinflar va
oddiy odamlar o‘rtasidagi muvozanatli munosabatni saqlashga yordam
bergan. Faylasuf Sun Zi fikricha nutq etikasi jamiyat poydevori bo‘lib
xizmat qiladi”
134
.
Quyida Xitoyda har xil vaziyatlarda ota-ona, qarindoshlar, xizmat-
chilar, do‘stlarga nisbatan murojaat nutq birliklari ko‘rib chiqiladi.
135
“
Xitoyda restoranda ayol xizmatchilarga nisbatan murojaat
usuli:
Xitoyda restoranda ayol xizmatchilarga murojaat qilayotganda
juda ko‘p chet elliklar “
小姐
”(xiao‘jie) deb murojaat qilishadi. Bu so‘z
o‘zbek tiliga “yaxshi qiz” deb tarjima qilinadi. Lekin hozirgi kunga
kelib, xizmatchi ayyollarga nisbatan bu so‘z qo‘llanilsa biroz noqulay-
likni ya’ni salbiy ma’noni anglatadi. Shuning uchun hozirgi kunda ayol
132
Heather Bowe. Communication across cultures.—England: Cambridge university press,
2014. P.77
133
Patrick Wallace. Etiquette guide to China.—Shanghai:Oxford university press,2016- p77.
134
Юй Цзямин. Лингвокультурологический аспект обучения китайских студентов
этикетным нормам русского речевого поведения. —2011.—Санкт-Петербург С.51.
135
Xalilova.M. Xitoy tilida murojaat so‘zlari. —Toshkent :Ziyo, 2019.—B.77.
96
xizmatchilarga murojaat qilayotganda “
服务员
” (fu’wu’yuan) “xiz-
matchi” so‘zini ishlatish kerak bo‘ladi. Bu so‘z qo‘llanilganda hech
qanday muommo yuzaga kelmaydi.
Masalan:
服务员,点菜!
136
(
fu’wu’yuan,dian cai!
)
Xizmatchi,
men buyurtma bermoqchiman!
“
老师
“(
lao‘shi)
137
so‘zining qo‘llanili-
shi. Bu so‘z o‘zbek tiliga “ustoz” deb tarjima qilinadi. Xitoyliklar bu
so‘zni o‘qituvchilarga qo‘llashdan tashqari yana bir necha hollarda
qo‘llashlari mumkun. Masalan: Xitoyliklar televizorda namoyish etila-
digan ko‘rsatuvlar boshlovchilarini ham
“
老师
“
(lao‘shi) deb chaqirish-
lari mumkun. O‘zlaridan yoshi katta va ziyoli insonlarga nisbatan ham
“
老师
“
(lao‘shi) deb murojjat qilsa bo‘ladi. Masalan:
“
老师请帮助
我练习英
语
.
(laoshi qing bangzhu wo lianxi ying yu) Ustoz iltimos, menga ingliz
tilini o‘rganishda yordam bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |