O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

 
 
 


 
78 
LINGVOKULTUREMA, LAKUNA VA REALIYA 
TUSHUNCHALARINING O‘ZARO FARQLI JIHATLARI 
 
Laylo ORIPOVA 
 “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi 4-kurs talabasi
 
Ilmiy rahbar: PhD. Nilufar Xodjayeva
 
Dunyo  xalqlari  o‘rtasida  o‘zaro  milliy-madaniy,  ijtimoiy-siyosiy 
aloqalarning jadal suratlar bilan rivojlanishi tarjimaga bo‘lgan zaruratni 
yanada  oshirishi  tabiiy.  Zero,  tarjimashunos  olim  G‘aybulla  Salomov 
ta’kidlaganidek:  “Xalqlarning  bir-birlari  bilan  do‘stona  munosabat 
o‘rnatishlari, bir-birlarining madaniy boyliklarini o‘rganishlari va o‘z-
lashtirishlarini tarjimasiz tasavvur qilish qiyin”
99
.  
Ma’lum bir til vositalari orqali bir tildan ikkinchi tilga tarjima jara-
yonini amalga oshirar ekanmiz, bu shunchaki “o‘girish” emas, balki bir 
xalq hayotining, milliy xususiyatlarining ikkinchi tilda qayta yaratilishi 
ekanligini  unutmasligimiz  lozim.  Bu  esa  o‘z  navbatida  tarjima  jara-
yonida bir qancha murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Buning boisi dun-
yodagi  xalqlar,  ularning  tili,  ijtimoiy  hayoti  va  dunyoqarashlari  ham 
turlicha.  Bir  xalq  bilan  ikkinchi  bir  xalq  orasida  shunday 
tafovutlar 
mavjudki,  buni  tarjimada  aks  ettira  olish  tarjimondan  ushbu  sohadagi 
chuqur  bilim  va  ijodiy  mahoratni  talab  etadi.  Ayniqsa  badiiy  tarjimada 
xalqlarning o‘zaro milliy-madaniy aloqalari istiqbolining kafolati yuksak 
mahorat bilan amalga oshirilgan tarjimada aksini topadi. Yuqorida sanab 
o‘tilgan  omillarni  hisobga  olgan  holda  tarjima  borasidagi  tadqiqotlar 
yanada jadallashib, tilni madaniy xususiyatlar bilan baqamti o‘rganish, bu 
sohada nazariy-metodologik manbalarni yaratish yo‘lga qo‘yildi. 
Tadqiqotlar  natijasi  o‘laroq  XX  asrning  90-yillarida  tilshunoslik-
ning linvokulturologiya deb nomlangan yangi tarmog‘i vujudga keldi. 
Bu fan tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlarining kesishgan nuq-
tasida paydo bo‘lgan hisoblanib, til va madaniyatni uzviy bog‘liqlikda 
o'rganadi. Lingvokulturologiya atamasi dastlab V.N.Teliya rahbarligi-
da  olib  borilgan  frazologik  birliklar  tadqiqi  davomida  qo'llangan.  
Uning fikricha “Lingvokulturologiya insoniy aniqrog‘i, shaxs va mada-
niy  omillarni  uzviylikda  tadqiq  etuvchi  fandir”
100
.    Shuningdek,  rus 
olimlari  V.V.Vorobyev,  V.A.Maslova  ingliz  olimi  E.Sepir  va  boshqa 
 
99
 G‘.Salomov/ Til va Tarjima.-Toshkent: Fan, 1966. B-119 
100
 Телия В.Н. Русская фразеология. – М.: 1982. С-20,25 


 
79 
bir qancha olimlar bu borada ilmiy izlanish olib 
borishgan. Ayni vaqtda 
bir qancha o‘zbek tilshunoslarinig izlanishlarida ham bu sohaga alohida 
e’tibor  qaratilayotganligining  guvohi  bo‘lamiz.  N.Mahmudov  “Tilning 
mukammal  tadqiqi  yo‘llarini  izlab”  kitobi,  D.Xudoyberganovaning 
“Matnning  antroposentrik  tadqiqi”  monografiyasi,  Sh.Usmanovaning 
“Tarjimaning  lingvomadaniy  aspekti”  o‘quv  uslubiy  qo‘llanmasi,  N. 
Ismtullayeva  “Tarjimada  realiya  va  lakuna  tushunchalari  o‘rtasidagi 
tafovutlar masalasi” maqolasi shular jumlasidandir.
   
Biz e’tiborimizni qaratmoqchi bo‘lgan jihat esa lingvokulturologi-
ya va tarjima nazariyasing tadqiq obyektlari sanaladigan lingvokulture-
maning lakuna, realiyadan farqli jihatlaridir.Zohiran ular bir-biriga juda 
o‘xshaydi. Biroq semantik nuqtai nazardan qaralganda bir biridan farq-
lanadi.  Lingvokulturema  terminini  ilk  bor  ilmiy  momalaga  kiritgan 
V.V.Vorobyev  unga  quyidagicha  ta‘rif  beradi:  “Lingvokulturema  til-
ning sathlararo birligi sifatida o‘zida lisoniy va nolisoniy omillarning 
dialektik  butunligini  namoyon  etadi”
101
.  U  o‘zida  til  va  madaniyatni 
mujassam  etgani  bois  faqatgina  til  va  til  birliklari  bilan  emas,  balki 
madaniyat va madaniy birliklar bilan shug‘ullanadi.   
Lingvokturema realiya va lakunalarga qaraganda kengroq tushuncha-
ni  qamrab  olib,  mazmun  va  ifoda  planiga  ega  hisoblanadi.  Lingvo-
kulturemalarga  madaniyatning  tarkibiy  qismini  tashkil  etuvchi 
frazeologik  birliklar,  so‘z  birikmalari,  paremiyalar,  murakkab  sintaktik 
birliklar, gap, matn kabilarni kirtish mumkin. Lingvokulturemalarni so‘z 
bilan qiyoslaganda uning so‘zdan chuqur, teranroq va keng ma’no kasb 
etishini ko‘ramiz. Shu sababdan frazeologik birlik, so‘z birikmasi singari 
shaklan va semantik jihatdan murakkab ma’no ifodolovchi til birliklarini 
unga kiritamiz. Lingvokulturemalar anglatadigan ma’noga to‘xtalar ekan 
O‘.Yusupov “lingvokulturema semantikasiga madaniyatning biror bo‘la-
gini aks ettiruvchi so‘zlar, frazeologik birliklar, so‘z birikmalari, gaplar, 
paremiyalar,  nutq  klishelari,  murakkab sintaktik  butunliklar,  matnlar  va 
h.k. kiradi” degan fikrni ilgari suradi
102
. Bundan xulosa qilish mumkinki, 
lingvokulturema    ma’lum  bir  millat  yoki  xalqqa  xos  bo‘lib,  til  va 
madaniyatning o‘zaro aloqadorligini bildiruvchi, o‘zida lisoniy va g‘ayri 
lisoniy omillarni mujassam etuvchi va yuqorida ta’kidlanganidek tilning 
istalgan  birligida  namoyon  bo‘ladigan  lingvokturologiya  obyekti 
 
101
 Воробьев В.В. Лингвокултурология –М. :РУДН, 2008, C-45,46 
102
 Yusupov O‘.Q. Tilshunoslikda yangi yo‘nalishlar va ularda ishlatiladigan ayrim 
islohotlar//Filologiya masalalari. –Toshkent, 2011. B-15 


 
80 
hisoblanadi. Masalan,
 
揠苗助长

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish