O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


XX-XXI ASRLARDA O‘ZBEKISTONDA QILINGAN QUR



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

XX-XXI ASRLARDA O‘ZBEKISTONDA QILINGAN QUR

ONI 
KARIM MA

NOLARINING O‘ZBEK TILIDAGI 
TARJIMALARI XUSUSIDA  
Oqila SATTOROVA,  
TDSHU “Lingvistika” (arab filologiyasi) mutaxassisligi magistranti 
Ilmiy rahbar: PhD. Qosimova Sarvinoz
 
       Yurtimiz  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgan  dastlabki  yillardanoq, 
o‘zbek sharqshunos olimlari va din ulamolari uzoq yillar davomida di-
niy ilmlarga muhtoj xalqimizni Qur‘oni karim ma‘nolaridan bahramand 
etish  uchun,  jadallik  bilan  Qur‘oni  karim  oyatlarining  ma‘nolarini 
o‘zbek tiliga tarjima va tafsir qila boshladilar. Natijada qisqa davr mo-
baynida Qur‘oni karim ma‘nolarining o‘zbek tilidagi bir qator tarjima 
va tafsirlari dunyo yuzini ko`rdi. Bu nashrlar mustaqillik yillarida dav-
latimiz tomonidan ilmiy meros borasidagi olib borilayotgan yangi za-
monaviy siyosat samarasidir.       
Ammo shuni alohida e‘tirof etish joizki, Qur‘oni karim ma‘nolarining 
tarjimasi  badiiy  asar  tarjimasidan  bir  muncha  murakkab  hisoblanadi. 
“Qur’on  tarjimasining  murakkabligi  shundaki,  bu  tarixiy  yoki  falsafiy 
asar, qomus yoki roman emas. Allohning bandalariga aytgan so‘zi. Har 
bir kalimani aniq o‘girish kerak. Suralar va oyatlar kuyli, jarangdor. Unda 
nainki har bir sura, oyat, kalom yoki ibora, hatto ayrim harflar ham ma’-
noli yoki timsol o‘rnida keladi. Uning talab va tamoyillari har bir davrning 
asosiy  talablariga  javob  beradi.  Bizning  kundalik  hayotimiz,  tafak-
kurimiz, harakat tarzimiz, ma’naviyatimiz uchun g‘oyat muhim dasturdir. 
Bulardan  qay  birini  tarjimada  berish  mumkin?  Aniqlik  ifodaviylikka, 
to‘g‘rilik  majoziylikka,  mantiq  tavsifiylikka,  qisqasi,  shakl  mazmunga 
hadeganda  vobasta  bo‘lavermaydi.  O‘sha  abadiy  va  azaliy  tarjimaviy 
qurbon, nimanidir orttirish va nimadandir mahrum bo‘lish muammolari 
har  qadamda  pand  beraveradi.  Tarjimon  doimiy  suratda  o‘t  bilan  suv 
orasida turadi.”
89
  
“Qur‘oni karim tarjimasi o‘ta murakkab va ma‘sulyatli bo‘lganligi 
sababli uni tarjima qilishga har qanday tarjimon ham jur‘at eta olmaydi. 
Buning uchun juda katta tayyorgarlik va ilohiy madad lozim. Bunda har 
bir  tarjimon  o‘z  ilmi  darajasida,  o`zi  idrok  etgan  ma‘nolarni  berishga 
 
89
 Salomov G‘. Ey umri aziz. 1-kitob. –T.: Sharq, 1997. –B. 219. 


 
72 
intiladi.  Shu  boisdan  ham  tarjimalar  davomli  va  bir-birini  to‘ldirib 
boradi.”
90
 
Ammo  shu  kabi,  qiyinchiliklaraga  qaramasdan,  Allohning  nazari 
tushgan ushbu yurt farzandlari ichida islom ilmlari daholari, xususan, 
tafsir  va  hadis  ilmlarining  buyuk  namoyondalari  yetishib  chiqdi. 
Qur‘oni  karim  ma‘nolarini  o‘zbek  tiliga  o‘girish  borasida  ham  ulkan 
ilmiy izlanishlar olib borildi. Qur‘oni  karim ma‘nolarini o‘zbek tiliga 
o‘girgan  olimlardan  biri  domla  Hindistoniy  tahallusi  bilan  mashhur 
bo`lgan  Shayx  Muhammadjon  mulla  Rustam  o‘g‘li  hazratlaridir.  U 
zotning  tafsir  kitobi  “Bayon  al-Qur‘on  fi  tarjamati  al-Furqon”  deb 
nomlangan bo‘lib, u 6 jilddan iborat qo‘lyozma asardir. Uning birinchi 
jildi qisqa muqaddima bilan boshlanadi. 
“Tafsirning birinchi jildi Qur‘oni karimning “Fotiha” surasidan bosh-
lanib,  “Niso”  surasining  147-oyatida  tugaydi,  yani  bu  jild  Qur‘oni  ka-
rimning  birinchi  besh  porasini  o`z  ichiga  oladi.  Ikkinchi  jild  6-poradan 
boshlanadigan “Niso” surasining 148-oyatidan boshlanib, ”Tavba”surasi 
93-oyatning  oxrida  tugaydi.  Uchinchi  jild  “Tavba”surasi  94-oyatdan 
boshlanib,  “Kahf”surasi  74-oyatning  oxri,  ya‘ni  “Muso”  alayhissalom 
aytdilar” jumlasi bilan yakunlanadi. Jild 11-15-poralarni o‘z ichiga oladi.
 
To`rtinchi  jild  “Kahf”  surasi  75-oyatdan  boshlanib,  “Ankabut”  su-
rasining 44-oyati bilan yakunlanadi. Bu jild 16-20 poralarni o‘z ichiga 
oladi.  Beshinchi  jild  “Ankabut”  surasining  45-oyati  bilan  boshlanib, 
“Josiya” surasining 37-oyati bilan yakunlanadi. Bu jild 16-20 poralarni 
o‘z ichiga oladi.  
Oltinchi  jild  “Bismillah”dan  so‘ng  “Ahqof”  surasining  1-oyati 
“Qur‘onni nozil qilmoqlik Alloh taolo tarafidanki, Ul hamma narsani g‘o-
lib va mudabbirdur.” bilan boshlanib, “Nos” surasining tafsiridan so‘ng 
Qur`on  duosi  bilan  yakunlanadi.  Bu  jild  Qur`oni  karimning  26-30  po-
ralarini o`z ichiga oladi.”
91
 
Qur‘oni karimni o‘zbek tilidagi tarjimalaridan yana biri f.f.d., prof. 
Mutallib  Usmonov  boshchiligida,  Hoji  Ismatulloh  Abdullayev  (fil.f.d.), 
Abdusodiq Irisov (f.f.n) va Ubaydulloh Uvatov (fil.f.n) kabi sharqshunos 
olimlar  guruhi  tomonidan  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  nashrga 
 
90
 Obidov R. Qur’on mavzularining ma’naviy-tarixiy ahamiyati. –T.: Toshkent islom 
universiteti, 2006. –B.210. 
 
91
Obidov R.O`rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.:Toshkent islom  
unversiteti, 2009.-B.46-49. 


 
73 
tayyorlanib, 2004-yilda chop etilgan edi. U O‘zbekiston Respublikasi FA 
Sharqshunoslik insitutida Qur‘oni karimning o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli 
tarjimasining 15 porasini o‘z ichiga olgan 1-kitobdir. “Bu davr zamonaviy 
o‘zbek  islomshunosligida  Qur‘oni  karimning  o‘zbekcha  tarjimasini 
amalga oshirish tajribasi yo‘q edi. Shu boisdan islomshunos mutaxassislar 
oldida g‘oyat murakkab vazifa turar edi. Zero, bu tarjima mavjud bo‘lgan 
tarjimalardan  farqlanib  turuvchi  ilmiy-akademik  tarjima  nashri  bo‘lishi 
lozim edi. Olimlar zimmasida Qur‘oni karim va islom bo‘yicha ko‘pchilik 
bilgan  ma‘lumotlarni  zamonaviy  til  va  uslubda  o‘z–bek  kitobxonlariga 
yetkazish masalasi turadi.  
Ilmiy-akademik  tarjimaga,  bir  guruh  yetuk  olimlar  o‘z  hissalarini 
qo‘shganlar.  Tarjima  turli  saviyada  bajarilgan  bo‘lsa  ham,  umuman 
olganda,  Qur‘onni  o‘rganish,  uning  oyatlari  mazmunlari  bilan  o‘zbek 
xalqini  tanishtirish  yo‘lida  juda  katta  ish  qilingan.  Prof.  Mutallib 
Usmonov  Qur‘oni  karimning  ochqichi  bo‘lgan  1-“Fotiha”  va  eng  uzun 
suralari bo‘lgan 2-“Baqara” hamda 3-“Oli Imron” suralarini tarjima qilib, 
ilmiy izohlar bergan. Kitobning kirish qismi ham shu olimning qa–lamiga 
mansub. Kirish ikki fasldan iborat bo‘lib, 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish