O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


XITOY VA O`ZBEK TILLARIDA SINXRON TARJIMA



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

XITOY VA O`ZBEK TILLARIDA SINXRON TARJIMA 
MUAMMOLARI VA TARJIMON MAHORATI 
 
Zahro NOMOZOVA, 
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi 4- kurs talabasi
 
Ilmiy rahbar: PhD. Xayrulla Hamidov
 
Tarjimachilik –xalqlar oʻrtasidagi  madaniy doʻstlik, qoʻshnichilik 
aloqalari va munosabatlarini yoʻlga qoʻyish va taraqqiy ettirishga xiz-
mat qiluvchi mustahkam koʻprikdir. Tarjima orqali umuminsoniy, mil-
liy qadriyatlar keng va chuqur tomir otadi insoniyatni yangi taraqqiyot 
bosqichiga  olib  chiqadi.  Yetuk  oʻzbek  tarjimashunos  olimi  Ibrohim 
Gʻofurov    tajimonlarga  shunday  taʼrif  beradi:  “…xalqaro  va  dav-
latlararo anjumanlarda tarjimonning mehnati katta ahamiyatga ega shu 
maʼnoda  tarjimon,  taʼbir  joiz  boʻlsa,  elchining  yonidagi  elchi,  diplo-
matning  yonidagi  diplomat,  siyosatchining  yonidagi  siyosatchi,  adib-
ning yonidagi adibdir. Tarjimon soʻzlar va fikrlarni shunchaki hijjalab 
oʻgirish  bilan  cheklanmaydi.  Bu  soʻzlar  tagidagi  maʼnolar,  tarixlar, 
muddaolarning magʻzini chaqadi…
121
”  
Bevosita mavzuga kiradigan bo‘lsak, sinxron tarjima, xususan xi-
toy tilidan ona tilimizga va aksincha tarjima  tarjimondan katta bilim, 
zakovat va fikrni tez ilgʻab, uni ravshan ifodalaydigan soʻz topishni ta-
lab qiladi. Xitoy tili bugungi kunga kelib tobora ommalashib borayot-
gan tillar qatoridan oʻrin egallamoqda. Sir emaski, hozirgi vaqtda xitoy 
tilida soʻzlashadiganlarning soni bir milliarddan oshadi, bu sayyoramiz 
aholisining oltidan bir qismini tashkil etadi. Ammo, bu tilni oʻrganishni 
istaganlar  soni,  afsuski,  unchalik  koʻp  emas.  Ehtimol,  bunga  sabab  
nihoyatda  murakkab  iyerogliflardan  tashkil  topgan  til  tizimidir. 
Iyerogliflarning oʻziga xosligi ham aynan murakkabligidadir. Birgina 
nuqta bilan butun boshli fikr, gap mazmuning oʻzgartirib yuborish hech 
gap emas. Biz tarjimonlarning asosiy vazifasi esa  xitoy tilining nozik 
jihatlari, xususan, xitoy tilini oʻzbek tiliga tarjima qilish xususiyatlari 
bilan shugʻullanishdan iborat. Xitoy tiliga yohud xitoy tilidan tarjima 
jarayonini  amalga  oshirish  boshqa  tillarga  nisbatan  qiyinchilik 
tugʻdiradi. Bu muammoli vaziyatlar quyidagilardan iborat:  
Xitoy tili ohang tizimida tovushlar emas, balki intonatsiya eng muhim 
roʻl  oʻynaydi.  Shunday  qilib,  xitoy  tilidagi  har  bir  boʻgʻinni  toʻrt  xil 
 
121
 Gʻofurov I. Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish – Toshkent, 2008. – B.8. 


 
89 
intonatsiya  bilan  talaffuz  qilish  mumkin  va  ularning  maʻnosi  baʻzi 
hollarda mutlaqo teskari tomonga oʻzgarib ketishiga taʼsir koʻrsatadi
122

Tarjimonlar  uchun  yana  bir  muammo –  bir  xil  tovushli  soʻzlar, 
yaʻni  omonimlar  hisoblanadi. Shuning  uchun  kontekstdan  tashqarida 
olingan iborani toʻgʻri tarjima qilish deyarli mumkin emas.  
Xitoy tilidan tarjima qilishda yana bir muammo - tildagi lahjalar-
ning koʻpligidir. Baʻzida ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Baʻzi vilo-
yatlar aholisi bir-birini tushunishda qiynalishadi, baʻzan esa mamlakat-
ning bir mintaqa vakili boshqa birini mutlaqo tushunmaydi. Ushbu qi-
yin vaziyatni toʻgʻirlash uchun hukumat mamlakatning barcha fuqaro-
lari gapira oladigan "putonghua" nomli yagona tilni tasdiqlashga qaror 
qilgan. Ushbu  til  taʻlim  muassasalarida  oʻqitiladi,  davlat  muassasala-
rida qoʻllaniladi, barcha fuqarolar ushbu tilni bilishlari shart.  Shunga 
qaramay, bu muammo toʻlaqonli bartaraf etilgani yoʻq. 
Xitoy tilidagi yana bir oʻziga xos xususiyat gaplarning tuzilishi bi-
lan bogʻliq. Yaʻni xitoy tilida gaplar maʼlum bir struktura formula aso-
sida  tuziladi.  Bu  esa  oʻz  navbatida  tarjima  jarayonida  toʻsiqqa  uch-
rashga sabab boʻladi, tarjimon uchun qiyinchilik keltirib chiqaradi. 
Yaponiyalik  xitoycha  tarjimoni  Kunimoto  Xayashi  Xitoy  tilidan 
yoki xitoy tiliga tarjimani amalga oshirishni bevosita madaniyat va qad-
riyatlar bilan bogʻlaydi. Bunga sabab qilib xitoy tili va yozuvining ay-
nan  qadriyat  va  anʻanalarga  asoslanganini  koʻrsatadi.  Uning  fikricha 
“madaniy qabul qilinish” tarjima kelajagi uchun kalit boʻlib xizmat qi-
ladi.  U oʻz maqolasida “madaniy qabul qilish” oʻz oʻrnida xitoy tilida 
nutq soʻzlanayotganda til va madaniyatdagi farqlardan xavotirlanmas-
lik hissiyotini paydo qilish haqida ta’kidlaydi
123

Oʻzbek  va  xitoy  tillarida  jumlalar  tuzilish  struktrasi  bir-biridan 
farqlanadi. Xitoycha soʻzlar tartibi nisbatan barqaror. Turli xil holatlar, 
vaqt, joy, sabablar odatda xitoy tilida jumlalar boshida keladi. Ammo 
koʻp holatlarda, tarjimonlar uchun butun jumlani toʻliq tinglab, keyin 
tarjima qilishni boshlashning iloji yoʻq, chunki bu keyingi jumlalarni 
tarjima  qilish  sifatiga  taʻsir  qilishi  mumkin. Bu  kabi  muammolarni 
bartaraf  etishda  asosan  lingvistik  mashqlardan  foydalanish  yaxshi 
 
122
 Riccardi A. Language-Specific Strategies in Simultaneous Interpreting. – Amsterdam, 1996 
– P.101. 
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish