O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/277
Sana07.01.2022
Hajmi5,13 Mb.
#329120
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   277
Bog'liq
ba3eb1b3f2 1585811390

Uglevodlar
.  Uglevodlar  organizm  uchun  eng  oson  va  tez  energiya  beruvchi 
modda  bo‘lib,  ular  kartoshka,  donlar,  meva-cheva  va  poliz  mahsulotlari  tarkibida  ko‘p 
bo‘ladi.  Tanaga  polisaxarid  ko‘rinishida  qabul  qilingan  uglevodlar  oshqozon  ichak 
yo‘lida  monosaxaridlargacha  (masalan  glyukozagacha)  parchalanib,  qonga  suriladi    va 
to‘qima xo‘jayralarining faoliyati uchun energiya beradi. 
Glyukoza  faqat  energiya  manbai  bo‘libgina  qolmasdan  nuklein  kislotalar  va 
xo‘jayra sitoplazmasi tarkibiga ham qiradi. Shuning uchun o‘sish  jarayonida uning etarli 
bo‘lishi  muhim  plastik    ahamiyatga  ega.  Sut  emadigan  bolalar  sutkasida  1  kg.  tana 
massasi hisobiga 10-12 gr. uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlrga ko‘ra 
1-3  yoshli  bolalar  sutkasiga  –  193  gr.,  4-7  yoshlar  –  287  gr.,  9-13  yoshlar  –  370  gr. 
uglevodlarni ovqat bilan  iste’mol qilish  belgilangan. 
Vitaminlar
. Vitaminlar bu organizmning normal faoliyati uchun kerakli organik 
moddalardir.  Ular  modda  almashinuvida  muhim  rol  o‘ynadi  va  ularni  ko‘pchiligi 
fermentlar  tarkibiga  kiradi,  gormonlar  ta’sirini  muvofiqlashtiradi,  noqulay  tashqi  muhit 
omillariga chidamlilikni oshiradi, o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydi va h.q. 
Vitaminlarni  asosiy  manbai  o‘simlik  mahsulotlaridir  (mevalar,  poliz 
mahsulotlari, ko‘katlar va boshqalarda) ya’ni ular  go‘sht, tuxum,  baliq, sut kabi hayvon 
mahsulotlarida ham anchagina bo‘ladi. 
Vitaminlar  juda  qam  miqdorda  kerak  bo‘lsada,  etishmasligi  (avitaminoz)  qator 
kasalliklarga olib keladi. 
Organizmning normal hayotiy faoliyati uchun qo‘yidagi vitaminlar zarurdir: B1 
(tiamin,  anavrin),  B2  (riboflavin),  PP  (nikotinomid),  B12  (siankobolamin),  C 
(askorbinovaya kislota), A (retinol, akseroftol), D (ergokalsiferon). 
Vitamin  B1  –  nerv  tizimi  ishi  va  uglevodlar  almashinuvini  yaxshilaydi,  uning 
iste’mol  qiladigan  taomlarda  bo‘lmasligi  beri-beri  yoki    polinevrit  kasalligini  keltirib 
chiqaradi.  Uni  etishmasligidan  tez  charchashlik,  lanjlik  xollari  kelib  chiqadi.  Uning 
manbai tuxum sarig‘i, mol jigari, achitqi, dukkaklilar, bug‘doy va boshqalar. 
Vitamin  B2  -  non,  pomidor,  sut  va  sut  mahsulotlarida,  tuxum,  jigar,  go‘shtda 
ko‘p  uchraydi.  U  etishmaganida  lab  terisi  zararlanadi,  yorilib  usti  koramtir  po‘st  bilan 
qoplanadi.  Keyinchalik  ko‘z  va  tana    terisining  boshqa  qisimlari  ham  zararlanadi,  teri 
po‘st tashlay boshlaydi, kam qonlilik, nerv tizimi faoliyati buzilib, xushdan ketish xollari 
ham uchraydi, qon bosim pasayib ketadi. 
Vitamin PP – ko‘katlarda, sabzi, kartoshka, no‘xat, bo‘g‘doy, pishlok, sut, go‘sht 
va  jigarda  uchraydi.  Bu  vitaminning  etishmasligida  bolalarda  og‘zidan  ko‘prok  so‘lak 
ajralish  va  ich  ketish  xollari  uchraydi,  teri  dag‘g‘allashib  qoladi  va  uning  uzaq  vaqt 
davomida etishmasligi bolalarda ruhiy kasalliklarga olib keladi. 
Vitamin  B12  -    hayvonlar  va  baliqlarning  jigarida  bo‘ladi,  uni  etishmasligi 
kamqonlik kassaligiga olib keladi. 
Vitamin  C  –  meva,  poliz  mahsulotlarida  ayniqsa  kora  smorodina,  ismoloq, 
karam,  apelsin,  limon,    mandarin  takibiga  kiradi.  Bu  vitaminning  etishmasligi  tufayli 
singa  kasalligi  kuzatilib,  tish  milki  yallig‘lanib,  tishlar  tushib  ketadi,  tanada  oqsillar 
almashinuvi buziladi, organizm turli kasalliklarga beriluvchanligi kuchayadi. 
Vitamin  A  –  sabzi,  pomidor,  salat,  abrikoslar,  tuxum  sarig‘ida,  jigarda,  baliq 
moyida, buyrakda ko‘p uchraydi. Bu vitamin etishmasligida ko‘p uchraydi. Biz vitamin 


73 
 
etishmasligida  shapko‘rlik  kasalligi  kelib  chikadi,  bolani  bo‘yi  o‘sishi  susayadi,  bu 
vitamin qon yaratilishini tezlashtiradi va oksidlanish jarayonlarida qatnashadi. 
Vitamin D -  organizmda  kalsiy va fosfor almashinuvida faol katnashadi. Uning 
etishmasligida  bolalarda  suyaklanish  jarayoni  buziladi  va  raxit  kasalligi  kelib  chiqadi. 
Bunda  oyog  suyaklari  qiyshaib  boradi,  tanadagi  boshqa  suyaklarning  rivojlanishi  ham  
susayadi,  bola  yuqumli  kasalliklarga  tez  beriluvchan,  yomon  uxlaydigan  injiq  bo‘lib 
qoladi. Bu vitamin ko‘prok xayvon mahsulotlarida (baliq yog‘i, sariyog‘, tuhum sarig‘i, 
dengiz mahsulotlarida)  serop bo‘ladi. Hamda u teriga kuyosh nuri ta’sirida sintezlanadi, 
shu sababli bolani quyosh nuri tegadigan joylarga olib chiqish turish lozim. 
Suv va mineral tuzlar 
Suv  va  mineral  moddalar  tiriklik  uchun  juda  zarur,  chunki  tanada  amalga 
oshiriladigan jarayonlarda asosan suv va mineral moddalarning  ishtiroqida bo‘ladi, yana 
u  tana  haroratini  bir  xil  saqlashda  ham  qatnashadi.  Katta  odam  tanasining  60-65%, 
bolalarda esa 75-80% suv tashkil qiladi va suvsiz odam bir necha kun chidaydi xolos. 
Insonning suvga bo‘lgan extiyoji bir sutkada 2-2,5 litrni tashkil etadi, bolalarda 
qancha yosh bo‘lsa ularning suvga bo‘lgan talabi yuqorirok bo‘ladi. 
Xar bir organizm doimiy ravishda ovqat va suv bilan turli – tuman mineral 
moddalarni olib turish shart. Ular hazm shiralari, qon va limfa, fermentlar, gormonlar, 
hujayra sitoplazmasi va boshqalarning tarkibiy qismiga kiradi. Mineral moddalar 
qo‘zgalish jarayonida yurak va tana muskullarning barcha faoliyatlarida qatnashib
tanadagi biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hamda ishqor-kislotalik muhitini 
tegishli holda saqlanishini ta’minlaydi. 
Bola organizmi uchun eng kerakli mineral moddalardan kalsiy va fosfor 
hisoblanadi. Bu elementlar suyaklar tarkibida asosiy modda hisoblanib, ularning  
o‘sishini ta’minlaydi, tog‘aylarning suyaklanishida ham ularning etarli bo‘lishi muhim. 
Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvganligida, muskul qisqarishida, qon ivishida, oqsil va 
yog‘lar almashinuvida faol qatnashadi. 
Fosfor ham suyak tukmasi taraqqiyotidan tashqari nerv tizimi, ko‘pgina bezlar 
faoliyatida ishtirok etadi. Aytilgan elementlarga ehtiyoj bolaning 1 yoshligida eng yuqori 
bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari qayd qilingan elementlarga boy, shuning uchun bolaning 
kundalik ratsionida sut qatiqqa etarlicha o‘rin berilishi lozim.8 
7
 
 
                                                            
8
 Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the 
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p 


74 
 
 
 

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish