2.3. «Inson munosabatlari» maktabi
Boshqaruv nazariyasida yangi yo‗nalish asoschisi E.Meyo
hisoblanadi. U Xotorn shahridagi «Uestern elektrik» firmasi zavodlarida
ishchilar guruhlarini 13 yil (1927-1939-yy.) davomida tajribada sinadi.
Meyo shunday xulosaga keldi: ishchilarning mehnat unumdorligi
vaqtincha mehnat sharoiti va ma‘muriyat xatti-harakatlaridan emas,
balki ularning muhitidagi ijtimoiy-psixologik omillarga ham bog‗liq
ekan.
E.Meyo
«Inson munosabatlari» maktabining ko‗zga ko‗ringan vakillari
K.Arjeris, F.Xertsberg, D.Makgregor, R.Bleyk v.b.
Bu yo‗nalishning asosiy holatlari kichik norasmiy guruhlarda
munosabatlarning roliga qaratiladi. Boshqaruv amaliyotida guruhning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va foydalanish muhim.
Mazkur maktab vakillari boshqaruv tizimi ishchilari mehnatini
mukamallashtirish usullarini qidirishga alohida o‗rin ajratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |