O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Turmush sifatining shakllanishiga ta‟sir



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 Turmush sifatining shakllanishiga ta‟sir  
ko„rsatadigan omillar
8
 
 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  obod  degan  so‗zning  ma‘nosini  biz  juda 
keng va chuqur tushunamiz. Obod deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat 
ko‗rkam  va  chiroyli,  shu  bilan  birga,  tinchlik  va  osoyishtalik,  o‗zaro 
mehr-oqibat,  ahillik,  fayz-baraka  hukmron  bo‗lgan  joylarni,  doimo  pok 
niyat va sog‗lom intilish bilan yashashni tasavvur qiladi.  
Mustaqillik yillarida ―Obodlik ko‗ngildan boshlanadi‖ degan chuqur 
mazmunli  ibora  el-yurtimiz  o‗rtasida  keng  tarqalib,  odamlarimizni 
bunyodkorlik  tuyg‗usi  bilan  yashashga  da‘vat  etib  kelayotgani  ham  bu 
fikrni tasdiqlaydi.  
Bunday  mulohaza  va  fikrlarni  umumlashtirib,  o‗zbekona  aytadigan 
bo‗lsak, barchamizning  harakat va intilishlarimiz negizida, avvalambor, 
yurtimiz,  vatanimizni  har  tomonlama  obod  qilish,  inson  erkin  nafas 
oladigan,  tinch  va  farovon  yashaydigan  hayot  barpo  etish  g‗oyasi 
mujassam ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.  
                                                             
8
  O‗zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  2012-yilning  asosiy  yakunlari  va  2013-yilda 
O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan  O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ―Bosh  maqsadimiz  –  keng  ko‗lamli  islohotlar  va  modernizatsiya  yo‗lini 
qat‘iyat  bilan  davom  ettirish‖  mavzusidagi  ma‘ruzasini  o‗rganish  bo‗yicha  o‗quv  qo‗llanma.  T.:  ―O‗qituvchi‖ 
NMIU. 2013. 
TURMUSH SIFATINING SHAKLLANISHIGA  
TA‘SIR KO'RSATADIGAN OMILLAR 
 
Inflyatsiya darajasi va siyosiy barqarorlik 
Aholi daromadlari darajasi va bandlik 
darajasi 
Таbiiy muhitning holati 
Aholining salomatlik holati va sog‗liqni 
saqlash va tiklash imkoniyatining mavjudligi 
Aholining uy-joy bilan  ta‘minlangani 
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari  va 
maishiy xizmatlar bilan  ta‘minlangani 
Т
а‘lim olish imkoniyati 
Ma‘naviy muhitning rivojlanishi va hayot 
faoliyati xavfsizligi 


71 
 
Ayni  shunday  orzu-niyatlar  bilan  kundalik  hayotimizni  to‗ldirish, 
ularni hayotimizning maqsadiga aylantirish, shunday  g‗oya va intilishni 
amalga  oshirish  uchun  davlatimiz  va  jamiyatimizning  barcha  kuch  va 
imkoniyatlarini  safarbar  etish,  hech  shubhasiz,  bugungi  kunda  g‗oyat 
muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi .  
Birinchi  prezidentimiz  I.Karimov  2013-yilni  mamlakatimizda 
―Obod  turmush  yili‖  deb  e‘lon  qilishni  taklif  etganida,  ―ana  shu 
yo‗nalishda  boshlagan  ishlarimizni  izchil  davom  ettirish,  ularni  yangi, 
yuksak  bosqichga  ko‗tarishni  asosiy  maqsad  deb  bilamiz‖,  –  deya 
ta‘kidlagan.  
Bu  borada  mamlakatimizdagi  ko‗p  yillik  tajribadan  ma‘lumki,  har 
bir  yil  nomi  bilan  bog‗liq  maqsad  va  vazifalar,  aniq  chora-tadbirlar, 
ularning bajarilish muddatlari, moliyaviy manbalari, mutassaddi idora va 
tashkilotlarning  vazifalari  batafsil  bayon  etilgan  davlat  dasturlari 
shakllantirilib,  ular  maxsus  qaror  orqali  ijro  uchun  qabul  qilinadi. 
Bunday  dasturlarning  puxta  va  hayotiyligi,  ularda  belgilangan  chora-
tadbirlarning  qo‗yilgan  maqsad  va  vazifalarni  to‗liq  qamrab  olishi 
pirovardida  qilingan  sa‘y-harakatlar,  erishilgan  natijalarning  salmoqli 
bo‗lishiga xizmat qiladi.  
Ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish  qator  tamoyillariga  tayanadi. 
Ulardan eng muhimi - aholining ko‗pchiligi uchun ijtimoiy ne‘matlar va 
ijtimoiy standartlar tuzimining shakllanishidir. 
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish tamoyillariga quyidagilar kiradi: 

 
jamiyat ijtimoiy doktrinasini qabul qilish;  

 
ijtimoiy  maqsadlarni  aniqlash  (uzoq  muddatli,  qisqa  muddatli  va 
bugungi); 

 
shu asosda minimal ijtimoiy xavfsizlik kafolatlarini aniqlash. 
Bu  chora-tadbirlar  ijtimoiy  siyosatni  ishlab  chiqishning  birinchi 
bosqichiga tegishli.  
 


72 
 
Ikkinchi  bosqich.  Ko‗rsatilgan  har  bir  yo‗nalish  doirasida 
ustuvorlari  ajratib  olinadi.  Shu  asosda  hududiy  darajada  majmuaviy 
maqsadli  dasturlar  ishlab  chiqiladi,  muammolarni  hal  qilish  muddatlari 
o‗rnatiladi, zarur resurslar qidiriladi. 
Uchinchi  bosqich.  Davlat  va  jamoat  institutlari  tomonidan 
yo‗nalishlar  bo‗yicha  tuzilgan  barcha  maqsadli  dasturlarning  tizimli 
tahlili  amalga  oshiriladi,  haqiqatda  mavjud  moddiy-moliyaviy 
imkoniyatlarni  hisobga  olgan  holda  ustuvorlari  qaytadan  aniqlanadi. 
Yuridik me‘yorlar, byudjet jarayoni, soliq va kredit mexanizmlari orqali 
davlat  siyosatining  barcha  yo‗nalishlariga  ijtimoiy  mo‗ljallar  beriladi, 
muddatlar aniqlanadi, resurslar ajratiladi, mas‘uliyat va dasturni amalga 
oshirish yo‗llari aniqlanadi.  
Davlatning  ijtimoiy  siyosat  subyektlari  bo‗lib,  qonun  chiqaruvchi, 
ijro 
etuvchi, 
sud 
hokimiyatlari, 
maqsadlarini, 
masalalarini 
shakllantiruvchi  jamiyat  institutlari  hisoblanadi.  Ijtimoiy  siyosat 
faqatgina 
ijtimoiy 
masalalar 
bilan 
shug‗ullanuvchi 
hokimiyat 
organlarininggina  faoliyati  emas.  Uning  ishlab  chiqilishi  va  amalga 
oshirilishida  barcha  fuqarolik  institutlari  ishtirok  etadi.  Hokimiyat 
ijtimoiy  faoliyat  natijalari  bo‗yicha  xalq  oldida  hisobot  beradi. 
Konstitutsion  huquq,  referendumlar,  saylovlar,  deputatlar  hisobotlari, 
jamoatchilik fikri va fuqarolar xatlari bunday nazorat shakli hisoblanadi.  

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish