4.3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari
Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan
belgilanadi. Yurtimizda kechayotgan o‗zgarishlar aholi jon boshiga
to‗g‗ri keladigan real pul mablag‗lari, o‗rtacha nominal va real ish haqi
miqdori belgilangan eng kam ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya
ko‗rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda.
Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi
hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin
yaratmoqda. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va
stipendiyalar hajmi 2014-yilda 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga
to‗g‗ri keladigan real daromadlari esa 10,2 foizga ko‗paydi.
Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan
daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu
boradagi ko‗rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‗sdi. Bu Mustaqil davlatlar
hamdo‗stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‗rsatkichlardan biridir
9
.
9
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga bag‗ishlangan O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga
76
Bu haqda so‗z yuritganda, sobiq ittifoq hududidagi boshqa
mamlakatlardan farqli ravishda, O‗zbekistonda daromadlar darajasi
bo‗yicha aholining keskin tabaqalanish holati mavjud emasligini alohida
ta‘kidlash lozim. Eng ko‗p va eng kam daromad oladigan aholi
o‗rtasidagi farq 2000-yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8
barobarga tushdi. Bu o‗rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni
hisoblangan bu ko‗rsatkich xalqaro me‘yorlarga ko‗ra, 10 barobar qilib
belgilanganini aytib o‗tish lozim.
Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik
darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng
foydalaniladi. Misol uchun, O‗zbekistonda mustaqillik yillarida Jini
indeksi ko‗rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan
millatlar tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan
xalqaro standartlar nuqtayi nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy
farovonligi muttasil o‗sib borayotganidan dalolat beradi. 2014-yilda real
daromad aholi jon boshiga 9 barobar ko‗paydi. hisob-kitoblarga ko‗ra,
o‗rtacha ish haqi iste‘mol savatchasi baxosidan 5 barobardan ziyod
oshdi.
2014-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar,
nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‗rtacha 23 foizdan kam bo‗lmagan
darajada oshirish, 2015-2017-yillarda aholi real daromadlarini kamida
1,5 barobar ko‗paytirish vazifasi qo‗yilmoqda.
Iste‘mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‗proq
iste‘mol qilish hisobidan o‗zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-
ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste‘mol
qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik
yillarida
aholi
tomonidan
iste‘mol
qilinayotgan
oziq-ovqat
mahsulotlarining soni, turi o‗nlab barobar oshdi.
Aholining xarid qobiliyati, ya‘ni uning oylik maosh va pensiya
hisobidan eng zarur iste‘mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan
oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy
tadbirkorlikka keng yo‗l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖ mavzusidagi ma‘ruzasi. 2015-yil, 16-yanvar.
77
foydalanish imkoniyatlari aholining iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab va
ehtiyojlarining ta‘minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini
aks ettiradi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatning bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam
oshirib borish, xalqimizni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirishga
qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar o‗rtacha oylik ish haqi
miqdorining sezilarli ravishda oshishini ta‘minladi. Pul daromadlarining
oshishi va aniq yo‗naltirilgan ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o‗rtacha
daromadlarining o‗sib borishida muhim omil bo‗ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
asosiy prinsiplaridan biri sifatida O‗zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli
ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o‗sishi uchun zarur shart-
sharoit yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1991–2014-yillar davomida
O‗zbekiston aholisining yalpi daromadlari 10,2 foizga ko‗paydi.
Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar
ko‗rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‗ldi. Bozor munosabatlari
chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgani
sayin, aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo‗nalish – tadbirkorlik
faoliyati uchun xarajatlar yo‗nalishi paydo bo‗ldi. O‗z mohiyatiga ko‗ra,
bu usul oila xo‗jaligining asosiy kapital uchun mablag‗ jamg‗arishning
samarali shakli bo‗lib, xususiy mulk asosida o‗z daromadlarini
shakllantirish va ko‗paytirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholi daromadlarini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi hayotimizda tobora hal
qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o‗rta sinfni shakllantirish imkonini
berdi.
78
Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda,
yurtimizda iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va
aholiga ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu
daromadlardan
samarali
foydalanish
uchun
sharoit
yaratildi.
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi
o‗zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‗sib
borayotgani
alohida
e‘tiborga molikdir. 2014-yilda aholining
tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadi 10,6 foizdan 52 foizga
o‗sdi, boshqacha aytganda, O‗zbekiston aholisi daromadining yarmidan
ko‗pi, birinchi navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes
hisobidan shakllanmoqda.
―Obod turmush yili‖ davlat dasturini ishlab chiqishda, eng avvalo,
mahallalarda, ko‗p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro
tomonidan tinchlik va osudalikning qadriga yetish, uni munosib himoya
qilish ko‗nikmalarini shakllantirish, tinchlik uchun kurashishga oliy
burch sifatida qarash kabi qadriyatlarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan
chora-tadbirlarga e‘tibor qaratildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi
islohotlarning bosh maqsadi, iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy
sur‘atlariga
erishish
orqali
aholining
turmush
farovonligini
yuksaltirishdir.
Aholi farovonligini oshirishning ustuvor yo‗nalishi aholining real
daromadlarini oshirish hisoblanadi. Mamlakatimizda yalpi ichki
mahsulotning yuqori sur‘atlarda barqaror o‗sib borishi, byudjet sohasi
xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining
muntazam qayta ko‗rib chiqilishi, ta‘lim, sog‗liqni saqlash va ilm-fan
sohalari xizmatchilarining mehnatini rag‗batlantirish, aholi turmush
darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar,
ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib
borishini ta‘minladi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |