Majburiy ta‟lim.
Ta‘limning bu pog‗onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha
bo‗lgan bolalarni o‗z ichiga oladi. 6 yillik boshlangich ta‘lim va 3 yillik
o‗rta maktab 9 yillik majburiy ta‘limni tashkil etadi va u bepuldir.
Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‗quv qurollari, tibbiy
xizmat bilan ta‘minlanadi. Zarur bo‗lgan hollarda ularning oilalariga
moddiy yordam ko‗rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy
maktablar ham mavjud.
58
Yuqori o‗rta maktab 10, 11, 12-sinflarni o‗z ichiga oladi, bunday
maktablarning
kunduzgi,
sirtqi,
kechki
bo‗limlari
mavjud.
O‗quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda o‗qiydi. Yaponiyada
o‗quv yili - 240, AQShda - 180 kun. Yozgi ta‘til iyun oyining oxirida
boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o‗tiladi.
Universitetlarga yuqori va o‗rta maktabni yoki 12 yillik oddiy
maktabni bitirgan o‗quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet
bo‗lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipial, 31 tasi xususiydir.
1-toifadagi universitetlarda har bir o‗qituvchiga 3 nafar, 2-toifali
universitetlarda esa 20 tadan talaba to‗g‗ri keladi. Universitetlarga qabul
qilish ikki bosqichga bo‗linadi: 1-bosqichi turar joyda o‗tkaziladi,
buning
uchun
eski
yapon
tili,
matematika,
fizika,
kimyo,
jamiyatshunoslik, tarix bo‗yicha test sinovlaridan o‗tiladi.
Yaponiyada oliy ta‘lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta‘limi bilan
uzviy bog‗liqdir. Oliy ta‘lim tizimi quyidagi turlarni o‗z ichiga oladi:
1. To‗liq sikldagi universitetlar ( 4 yil).
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil).
3. Kasb ta‘limi kollejlari .
4. Texnika institutlari.
Quyidagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan
mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish tizimi alohida o‗rin
egallaydi. Har bir ishlab chiqarish jarayonida inson omili asosida
mahsulotlar ishlab chiqariladi va, shu bilan birga, mahsulot sifatiga ta‘sir
etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Ko‗rib o‗tilgan Yaponiya va AQSh
davlatlarida inson resurslarini boshqarish va ishga qabul qilish tizimlari
o‗zaro bir-birga o‗xshash, lekin Yaponiya va AQSh modellari bir-
biridan tubdan farq qiladi. Bizning vazifamiz ularni chuqur o‗rganib,
tahlil qilib barcha ishlab chiqarish sohalarida qo‗llashimiz lozim.
Yaponlar aniq fikrlaydigan odamlar, lekin Yaponiyadagi konseptual
inqilob talablari samarali o‗zlashtirildi va istiqbolga ega bo‗ldi. Odatda,
59
boshqaruv to‗rtta asosiy funksiyadan iborat: rejalashtirish, tashkil etish,
rag‗batlantirish va nazorat. Yaponlar eng muhim bo‗g‗inni topishdi va
o‗zlashtirishdi. Bu personalni boshqarishdir. U yerda boshqaruv
personalini tanlash, joylashtirish va o‗qitish bo‗yicha ajoyib usullar
xizmat qilgan. Boshqaruv sohasida mashhur amerikalik mutaxassis
Uilyam Ouchi yapon boshqaruv tizimini yapon millati o‗ziga xosligidan
kelib chiquvchi va tabiiy yo‗l bilan yig‗ilgan ma‘naviy va madaniy
ne‘matlar yig‗indisi sifatida xarakterlaydi.
Bunga qo‗shilmaslikning iloji yo‗q: yapon menejmenti markazida
haqiqatdan ham inson omili turadi. Yapon ishlab chiqarishidagi eng
zamonaviy, ilmtalab ijtimoiy texnologiyalar, insonni mehnatga va guruh
ichidagi xulq-atvorni samarali tashkil etishga rag‗batlantiradi. Bu sohada
yaponlar ancha oldin o‗quvchilikdan chiqib, bugunda butun dunyoga
o‗rnak bo‗lmoqdalar.
Yapon boshqaruv modeli va boshqaruv madaniyatining asosiy
jihatlari quyidagilar:
Uzoq muddatli strategiya.
Innovatsion boshqaruv madaniyatining shakllanishida doimiylik.
Jahon texnika madaniyatining eng so‗nggi namunalarini tez
o‗zlashtirish.
Inson omili rivojlanishi va zamonaviylashuvi va boshqaruv
personali bilan ishlashni istiqbolli resurslar sifatida qarash.
Madaniyat
me‘yorlarini
saqlash,
qo‗llab-quvvatlash
va
ko‗paytirish.
Ijtimoiy menejment madaniyatining shakllanishi uchun iqtisodiy va
ozgina huquqiy bilimlar yetarli deb hisoblanadi
.
1930-yillarda g‗arb
dunyosini egallab olgan «buyuk depressiya» yoki tizimli inqiroz davrida
menejmentning bunday tushunilishi batamom o‗tab bo‗lingan. Aynan
1930-yillarda «yaxshi ta‘lim» tushunchasida har xil bilim sohalarini
egallash qattiq o‗rnashdi: sotsiologiya, siyosat, ma‘naviyat, tarix,
60
psixologiya, murakkab tizimlar nazariyasidan tortib, to informatika,
mantiq, matematika, bashoratlar texnologiyasigacha. O‗shandan buyon
boshqaruv
madaniyati
ko‗p
ilmlilik
sifatida, berilgan
fanlar
ma‘lumotlaridan, ularning eng so‗nggi yutuqlaridan foydalanish va
integral ma‘lumotlarni boshqaruv qarorlarini qabul qilish tiliga
aylantirish tushuniladi. Shuning uchun boshqaruv sohasiga: birinchidan,
turli fan sohalari vakillari kelishdi, ikkinchidan, boshqaruv personalini
doimiy qayta o‗qitish, egallagan bilimlarni uzluksiz yangilash amalga
oshirila boshlandi.
An‘anaviy menejer va zamonaviy yetakchining bir-biridan farqi
shuki, zamonaviy yetakchi nafaqat tashkilotda amal qiluvchi tartibni
saqlaydi, nazoratni amalga oshiradi, balki innovatsiyani amalga oshiradi,
amaldagi tartibni rivojlantiradi, insonlar ishonchini ham egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |