Investitsiya sektori
- istiqbolli sohalarga investitsiya qilish,
investitsion faoliyatning samaradorligini monitoring qilish va rivojlanish
rejalarini ishlab chiqish.
Marketing sektori
- bozor va konyunktura monitoringi, biznes-
rejani ishlab chiqish va reklama ishlari bilan shug‗ullanish.
Me‟yoriy-texnik sektor
- intellektual va sanoat mulkini patentlash
va huquqiy himoya qilish, bozorda korxona mahsulotlarini raqobat
kurashida ustunlikka erishishiga doir tavsiyalar berish.
Axborotni tayyorlashning tahliliy-sintetik sektori
- axborot tahlili
va hujjatli axborotlar sintezi: hujjatlarni o‗rganish, ulardan eng
muhimlarini ajratish, tashqi muhitga tarqatish, u yoki bu shaklda
umumlashtirilgan natijalarni tayyorlash.
Axborot resurslari sektori
- axborot resurslarini yig‗ish, tizimga
keltirish va turkumlash; rahbar xodimlar uchun turli xil mavzulardagi
axborotlarni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |