«Ha, aytib bergan
edingiz»
qabilida gapirib qo‗ygan ma‘qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval
eshitgan bo‗lsa ham, so‗zlayotgan odamni bo‗lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan
narsalarga chuqur sho‗ng‗ib ketib, munozara qilinmaydi.
Bunda axloqiy tarbiyaning ba‘zi vositalarini yoki unga yaqin yo‗llarni tanlash
qo‗l keladi. ―Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san‘at. Bu vosita aholining
barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi‖. Zero,,, zamonaviy
ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‗lgan turli munosabatlarini
nafaqat yo‗lga qo‗yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil
falsafasi asoschisi Freyd ta‘limotga ko‗ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod
jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‗rnini bosadigan ijobiy
hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya‘ni, tubanlikdan ulug‗vorlikka o‗tish
natijasida vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning echimini san‘at
asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o‗ziga taqdim etish bilan topishga intiladi.
Ammo shunisi muammoliki, barchaga ham iste‘dod va daholik berilavermaydi.
SHu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning echimni ikki yo‗l bilan hal qilishni
taklif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik
faoliyatning muhim ekanligini ta‘kidlay boshladi. Zotan, san‘at asarini idrok etish
insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‗stiradi.
39
Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta o‗ringa ega. Aksariyat hollarda
insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta
e‘tibor beradilar. Ayniqsa etiketda ko‗rishish va so‗rashish jarayoni o‗zaro
ko‗zatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada ―soddalik‖
qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo‗lidan foydalanishga
intilishni ko‗rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‗z vaqtida
berilmagan ―javob‖ yoki ―soddalik‖ boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar
oldida ―qo‗lgi‖ bo‗lish havfi bir tomondan jamiyat qo‗ygan etiket qoidalarini o‗z
vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan o‗ng‗aysizlikni engish
uchun hozirjavoblikni qo‗llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada
Freyd «Hozirjavoblik va uning onglanmaganlikka munosabati» asarida
hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlar
talqinini berish bilan birga Freyd qo‗lgililikka ham alohida to‗xtalib, uning boshqa
turlarini, ular orasidagi o‗zaro farqlarni tushuntirishga harakat qiladi
18
. Davradagi
odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor
suhbatdoshiga so‗zlayotgan so‗zlaridan birining unli yoki undosh harflarini
almashtirib yuborish orqali qo‗lgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so‗z o‗yini
atayin, ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham so‗zlovchi ijodiy jarayondagi
ijodkor kabi onglanmaganlikka keng yo‗l qo‗yib beradi. Zero,bu jarayon
san‘atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so‗zlardagi unli va undosh, so‗zlarga
qo‗shiladigan qo‗shimchalarni o‗zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‗z maqsadi
yo‗lida foydalanarkan, bir jihatdan so‗zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni
qo‗lgulilik orqali o‗zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib
ko‗rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida
amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‗ritmagan holda, ochiqdan-ochiq
kurashlarsiz, qo‗lgulilik orqali suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» etkazib
qo‗yadi. Bunday jarayon muomala etiketida to‗satdan paydo bo‗lishi mumkin
18
A.T.Kronman. The Lost Lawyer - Failing Ideals of the Legal Profession, Harvard Uni Press, Cambridge,
Massachusetts, 1993.
40
bo‗lgan qo‗pol munosabatlarni oldini oladi. Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavoblik
doimo to‗g‗ri kelavermasligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |