31
Agar uncha yaqin bo‗lmagan bir kishi sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik
belgisi sifatida tort, bir dasta gul yoki shampan vinosi yuborish mumkin.
Agar ko‗rsatilgan yordam katta miqdordagi pul yoki vaqtga tegishli bo‗lsa,
tabiiy sharbat, ho‗l meva, shokolad, kofelardan paket qilib berish mumkin. Darhol
minnatdorchilik bildirmay biror bayramni kutsa ham bo‗ladi. Bu – har ikki
tomonga qulay. Arzimagan yordam uchun ham tashakkur bildirishingiz
atrofdagilarga sizning noshukur va yaxshilikni unutadigan nonko‗r emasligingizni
bildiradi.
Agar ko‗rsatilgan yordam sizga qanchalar qo‗l kelganini minnatdorchilik
so‗zlari bitilgan xat orqali ma‘lum qilsangiz, bu eng yaxshi sovg‗a bo‗ladi.
Do‗stlar yaxshilikka darrov javob qaytarishi yo sovg‗a salom qilishi shartmas:
ularning bir-biriga yordam berishi tabiiy hol.
Do'stlaringiz bilan baham: