3.Or–nomus (nomus), obro‗ va xushmuomalalik
Bundan oldin ta‘kidlanganideq or- nomus (nomus) ham kasbiy etikaning asosiy
kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Or–nomus (nomus) - bu kishining boshqa
shaxslarga, shu jumladan oila a‘zolariga, hamkasblariga va rahbar hamda
16
Золотухина - Аболина Е.В. Курс лекций по этике: Ростов н/Дону: «Феникс». 1999, стр.45.
29
mutaxassis xodimlarga nisbatan sharm-hayoli munosabatda bo‗lishga undovchi
his, o‗zining obro‗sini ulug‗lash va ardoqlash tuyg‗usidir. U kishining qadr–
qiymatiga, o‗z harakatlari oldidagi ahloqiy mas‘uliyatlariga bo‗lgan qarashlarni
ifodalovchi tushuncha. Aynan or-nomus (nomus) o‗zining hatti–harakatlarini o‗z
vaqtida tuxtatishni sezish har bir kishining obro‗sini saqlashga qaratilgan
harakatidir.
Or-nomus (nomus) – bu odamni baholash, va atrofdagi kishilar tomonidan
uni hurmat qilish mezoni yoki o‗lchovidir. Or–nomus (nomus) kasbiy etikaning
boshqa kategoriyasi bo‗lgan obro‗ tushunchasi bilan chambarchas bog‗liq.
Obro‗ – bu ijtimoiy hayotning turli sohalarida, masalan, ilmiy, diniy, siyosiy
sohalarda, jamoalarda, oilada, biron shaxsning bilimi, tajribasi, tashqilotchiligi
kabi axloqiy fazilatlari tufayli orttirgan, ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan ta‘siri,
nufo‗zidir. Obro‗ shaxsnning hulqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi
tufayli ortib boradi. Obro‗ – bu yuksak axloqiy ma‘naviyat majmui, shuningdek
uni o‗zida hurmat qilish belgisidir.
YUqori obro‗li kishining hurmati yana ham baland, ishlari esa tez va sifatli
bitadigan bo‗ladi. Obro‗ bir kunlik yoki bir yillik hatti–harakat va yurish–turishlar
natijasida emas, xuddi tomchilar yig‗ilib oqar suv hosil bo‗lganideq u yoshlikdan
shakllanib boradi. SHuning uchun ham rus halqining «obro‗yingni yoshlikdan
saqla» degan maqoli bor.
Obro‗ ayniqsa aholigi va sayyohlarga xizmat ko‗rsatuvchi korxonalar ishchi
xodimlari, rahbarlari va mutaxassislari uchun juda ham o‗ta katta ahamiyatga ega.
Agar aholining 75-80 % ga yaqini ovqatlanish korxonalari xizmatidan
foydalanilishi hisobga olinsa, obro‗ning qanday tez tushib ketishini odam o‗z ko‗zi
oldiga keltirish mumkin. SHuning uchun ham har bir odam, har bir mutaxassis
yoki har bir rahbar xodim obro‗ orttirishga va orttirilgan obro‗sini saqlashga
harakat qilishi lozim.
YAxshi munosabat qoidalariga bag‗ishlangan ko‗p jildli asarida amerikalik
yozuvchi Alisa Stoun «O‗zingning obro‗yingni saqla, o‗zingdan past madaniyatli
kishilarga o‗xshama. Esingda bo‗lsin, sen undan libosing, qaddi-qomating, hatti–
30
harakating va odobing bilan ustun bo‗lishga harakat qil» deb yozgan. Aynan, o‗z
obro‗sini saqlashni his etish tuyg‗usi aholiga va sayyohlarga xizmat ko‗rsatadigan
korxonalar xodimlarining o‗z burchlarini sifatli ado etishga, iste‘molchilarni
aldamaslikka, ular bilan etiket talablariga ko‗ra xushmuomalalik qilishga, o‗zini
yomon yo‗llardan qaytarishga va tashqi qiyofasini yaxshilashga hamda
jamiyatning boshqa talablariga itoat qilishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |