O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


etiket  birinchidan,  inson  va  jamiyat



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

etiket  birinchidan,  inson  va  jamiyat 
o„rtasida  munosabatlarning  qaysi  axloqiy  mezonlarga  asoslanishini  belgilasa, 
                                                

Гуревич,  Павел  Семенович.  Этика:  учебник  для  студентов  вузов  /  П.С.  Гуревич.  –  М.:  ЮНИТИ-ДАНА, 
2012. – 416 с. (Гриф). - Электронная библиотека – Book.ru 


 
19 
ikkinchidan,  siyosat  va  ijtimoiy  voqelikni  bir–biri  bilan  “murosayu  –  madora”  
qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon bo„ladi.  
Garchi  bu  ikki  soha  insoniy  munosabatlarini  go‗zallashtirishga  qaratilgan 
bo‗lsa-da, ularning rivojlanishi individual harakterga ega.  CHunonchi, insonlararo 
munosabatlarda  SHarq  e‘tiborni  odob  va  axloqqa  qaratib,  uni  pandnomalar  orqali 
rivojlantirgan bo‗lsa, G‗arbda esa etiket qoidalari diplomat munosabatlardagi hatti-
harakatlarga  asoslanadi.    Bu  borada  1716  yilda  Hamburgda  nashr  etilgan 
Montesning  ―YUqori  tabaqali  insonlar  va  ayollar  bilan  qanday  mulozamat  qilish 
hamda  ayollarning  bizga  nisbatan  o‗zini  qanday  tutishi  haqidagi  kitob‖  deb 
nomlangan  kitob  misol  bo‗ladi.    Unda  turli  tantanali  qabullarning  etiket  bilan 
bog‗liq barcha murakkabliklari tasnif qilingan.  
O‗rta  asrlarga  kelib  etiket  koidalari  cherkov  talablari  asosida  belgilandi.  
Ruhoniylarning  inson  munosabatlarini  boshqarishga  bo‗lgan  intilishi  boshqa 
sohalar  kabi  etiket  qoidalari  asosida  munosabatlar  tizimida  turg‗unlikni  paydo 
qildi.    Ammo  yangi  davrga  kelib  G‗arbda  etiket  rivojlana  boshladi.    YUqori 
tabaqali kishilarning  moliyaviy imkoniyatlarini yo‗naltirish, ularning jamoatda o‗z 
o‗rniga  ega  bo‗lishiga  doir  etiketning  qoidalari  takomillashdi.    Yigitlarning 
uylanishi  va  qizlarnnig  turmushga  chiqishi  yoki  moddiy  imkoniyatlari  kam 
yigitning  o‗z  mavqeini  tiklab  olish  uchun  etiket  juda  katta  ahamiyat  kasb  eta 
boshladi,  xatto  dasturxon  atrofida  o‗zini  tutish    etiketi  siyosiy  darajaga  ham  etdi.  
Biroq,  bu  kabi  munosabatlarda  me‘yorning  bo‗zilishi  G‗arb  ziyolilarini  g‗ashini 
keltira boshladi.  SHarqda esa bu masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida 
rivojlantirildi.  Misol uchun musulmon SHarqida taom tanovul qilish paytiga kelib 
qolgan  mehmon  mezbonni  rad  etishi,  Alloh  bergan  rizqdan  voz  kechish,  o‗zini 
Xudodan  ustun  deb  hisoblash deb tushunilar edi.  YA‘ni taom  tanovul qilish  ham 
ma‘lum  ma‘noda  o‗ziga  xos  ibodat  hisoblandi.    CHunki  inson  kim  ekanligini, 
hayotning  mayda-chuyda  tashvishlarini,  muhimi  asosiy  maqsad  –  o‗z-o‗zini 
anglashni  unutib  qo‗ymasliq  tanovul  paytida  unga  rizq  bergan  Zotning  erdagi 
ajoyibotlari,  borliq  borasidagi  mushohadaga  chorlashi  lozim  edi.    G‗arbda  esa, 
taomga  taklif  qilingan  mehmon  taklifni  qabul  qilishdan  avval  bashang  va  yuksak 


 
20 
did  bilan  kiyingan  bo‗lishi  shart  edi.    Agar  mehmon  taklifni  qabul  qilsayu, 
yuqoridagi  qoidani  unutsa,  bu  xolat  mezbonga  nisbatan  haqorat  tarzida  qabul 
qilinishi  mumkin  edi.    YA‘ni,  kiborli  jamiyatga  ―arziydigan‖  inson  bo‗lishdan 
―toyilish‖ shu jamiyatga qarshi borish bilan barobar bo‗lgan.  
SHuning  uchun  etiket  qoidalarini  buzuvchi  mayda-chuyda  jihatlar,  arzimagan 
xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta‘sir qilar edi.  Bu esa Evropaning yuksak 
darajadagi  kiborli  jamiyatida  yashab  ketish  oson  emasligini  va  faqatgina  a‘lo 
insonlargina  bu  borada  ijobiy  natijalarga  erishadilar,  degan  ma‘noni  anglatar  edi.  
Bunday  talablar  keyinchalik  bir  qator  olimlarni  yillar  davomida  etiketga  qarshi 
borish  va  uni  deyarli  yo‗qqa  chiqarishga  intilishiga  sabab  bo‗ladi.    Zero,  o‗rta 
asrlarda  cherkov  aqidalari  paydo  qilgan  turg‗unlik  bu  paytga  kelib  sekin-asta  o‗z 
ta‘sirini  yo‗qota  boshlagan,  ijtimoiy  munosabatlar  tizimida  SHarqning  axloqiy 
qadriyatlariga asoslana boshlagan edi.   SHuning  uchun axloqiy tarbiya  masalasini 
etiket  qoidalaridan  yuqori  turishini  nazariy  jihatdan  asoslashga  harakat  qilindi.  
Masalan, ruhiy tahlil falsafasi bu borada o‗ziga xos yondoshuvni vujudga keltirdi.  
Bu borada Sigzmund SHloma Freyd ta‘limotiga ko‗ra, bolalik davrini boshidan 
o‗tkazgan  inson  o‗zi  yashab  turgan  jamiyatning  axloqiy  hamda  estetik  mezonlari 
bilan  hisoblashishga  majburdir.    Mayllarning  o‗ziga  xos  kompensatsiyasi  esa 
bolalikdan  odamlarda  xayol  o‗yiniga  berilishni  kuchaytiradi,  keyinchalik  ular 
xayolotga,  kuchli  ishtiyoqqa  aylanadi.   Bu  masalalarni  Freyd  «SHoir  va  xayolot» 
va  «Ruhiy  tahlilga  kirish.    Ma‘ruzalar»  degan  asarlarida  izohlab  beradi. 
 Uning nazdida  xayolot  manbai  onglanmaganlikda  mavjud,  onglanmaganlik  – 
inson ruhi quvvatining makoni.  Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda 
jamiyat  ta‘qiqlari  bilan  hisoblashishga  majbur  bo‗lar  ekan,  uning  istaklari  tufayli 
vujudga kelgan o‗zaro ziddiyatlardan qutulish yo‗li bu – xayolot va uning asosida 
vujudga  keluvchi  san‘at.    Xayolotning  paydo  bo‗lishi  nevroz  va  psixoz  atalmish 
ruhiy  kasallikka sharoit  yaratadi, Zero,  u keyinchalik turli ruhiy kasalliklarga olib 
boruvchi  onglanmaganlikni          ongga  kuchli  ravishda  yopirilishdan  saqlaydi. 
Jamiyat  inkor  qiluvchi  istak-mayllarning  shaxs  «men»idan  siqib  chiqarilishi 
albatta,  uning  ruhiyatiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.    Bu  esa  inson  ixtiyor  erkinligi, 


 
21 
uning  tanlovini  hurmat  qilishga,  erkinlikni  vasf  qilishga  olib  keldi  hamda  etiket 
avvalgidek    nufo‗zdagi  hayot-mamot  darajasidagi  amal  emas,  balki  jamiyatda 
shunchaki xulq-atvorni to‗g‗ri yo‗lga solishga intiladigan soha darajasiga tushdi.  
Etiketning  mohiyatini  tushuntirar  ekan,  faylasuf   Abdulla  SHer  ―Etiket  – 
takallufning  mayda-chuyda  jihatlarigacha  ishlab  chiqilgan  odob  qoidalari  sifatida 
ijobiy,  kishining  ko‗zini  quvontiradigan  muomala  hodisasi.    Lekin  ayni  paytda,  u 
asl  axloqiy  asosini  yo‗qotgan  majburiy  mulozamat  tarzida  ham  namoyon  bo‗ladi: 
etiket  qoidalarini  bajarayotgan  kishi  aslida  o‗z  xohish-ixtiyoriga  qarshi  ish 
ko‗rayotgan bo‗lishi ham mumkin‖, degan fikrni bildiradi.  
Axloq-odob  qoidalar  majmuiga,  pandnomalarga  ega  bo‗lgan  SHarq  kishisida 
―bizga  etiketni  o‗rganishning  nima  zaruriyati  bor‖,  degan  savol  tug‗ilishi  tabiiy.  
Bu borada etiketni fan sifatida o‗rganish, qolaversa, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi 
sog‗lomlashtirishga  yo‗naltirilgan  metodologiq  axloqiy,  iqtisodiy  asoslar  mavjud.  
SHuningdeq etiketning  muhim ahamiyati shundaki, diplomatiq biznesmen, rasmiy 
qabullar  va  tashriflar  kabi  zamonaviy  etiketlardan  tashqari,  milliy  etiket 
ko‗rinishlari ham mavjud.  Ular milliy qadriyatlarni saqlab qolish, ularga nisbatan 
hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‗lishga chorlaydi.  Bu o‗ziga xos axloqiy-
estetik  xususiyat  kasb  etadi.    YA‘ni, unda  odob  bilan  go‗zallikning  uyg‗unligini 
ko‗rishimiz  mumkin,  qat‘iy  odob  qonun-qoidalari  chiroyli  xatti-harakatlar 
vositasida amalga oshiriladi.  
Avvalo  etiket  mumtoz  etika  fanining  axloqiy  madaniyat  ruknidagi  sohasi 
sifatida  o‗tib  kelinadi.    Ammo  axloqiy  tafakkur  rivoji  axloqiy  muammolarning 
zamonaviy  masalarini  tadqiq  qilishi  natijasida  kengaya  boshladi.    Bu  holat 
natijasida  etiketni  etika  fanining  alohida  qismi  tadqiq  etishni  taqozo  qilmoqda.  
Qolaversa,  o‗tgan  asrning  oxiriga  kelib  dunyo  ijtimoiy-ma‘naviy  manzarasining 
o‗zgarishi  va  axloqiy  qadriyatlarga  munosabatdagi  ―zamonaviylik‖  ba‘zi  axloqiy 
qadriyatlarni  noto‗g‗ri  tushunilishi  yoki  ularga  mensimaslik  bilan  munosabatda 
bo‗lish kabi salbiy  holatlarni vujudga keltirmoqda.  Ayniqsa, insonlararo muomala 
va muloqotdagi qo‗pollikni  – to‗g‗riliq kibr va riyoni – qadr-qimmat, odobsizlikni 
–  erkinliq  nomardliq  hiyla  va  haromni  –  uddaburonliq  kattalarga  nisbatan 


 
22 
hurmatsizlikni  –  mustaqil  fikrga  egaliq  madaniyatsizlikni  –  dangallik  deya  qabul 
qilish achinarli holdir.  Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama 
barkamol  avlodni  shakllantirish,  iqtisodiy  jihatdan  barqarorlikka  ega  bo‗lish, 
axloqiy  munosabatlarni  tartibga  solish,  o‗z  sohasining  ustasi  sifatida  jahon 
mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‗lib etishish yo‗lida olib 
boriladigan ishlarga ham monelik qiladi.  
SHuni  ta‘kidlash  zarurki,  axloqiy  tafakkur  etiketni  o‗z-o‗zicha  axloqiy 
anglashning  muhim  xususiyatlariga  hamda  axloqiy  tamoyillar,  me‘yorlar, 
tushunchalarsiz  qabul  qilib  uni  ijtimoiy  hayotga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  qo‗llash  bilan 
kutilgan natijani bermaydi
9
.  CHunki  hozirgi zamon etiket mezonlari, qoidalari va 
talablari  barcha  ijtimoiy  hayot  sohalarni  qamrab  olmoqda.    Bugungi  etiket    inson 
axloqiy munosabatlarini himoyalaydi.  Biroq, etiketning axloqiy talabi hisoblangan 
nazokat,  takalluf,  iltifotda  samimiyliq  ya‘ni  botiniy  axloqning  bo‗lmasligi  yoki 
sustligi  amalga  oshirilgan  harakatlarni  oqlamaydi.    SHu  ma‘noda,  bu  yo‗lda 
yuksak  axloqiy  bilim  va  dunyoqarashga  ega  bo‗lmay  turib,  kutilgan  natijaga 
erishish  qiyin.    Zero,    ulug‗lar  aytganideq  ―Vaqtiki  ma‘lum  bo‗ldi,  har  kishiga  ul 
ilmni  bilmak  vojibdurkim,  qilur  amalida  ul  ilmga  hojatmand  bo‗lg‗ay.    Bas, 
bilgilki,  omi(lar)  hamisha  xatardadurlarkim,  agar  bir  amalni  qilmoqni  xohish 
qilsalar, ul amal ilmini bilmagay. . . ‖ 
Xorijiy  manbalarga  murojaat  qilsak,  masalan,  A.T.Kronman  fikricha
10
,    har 
qanday  yuridik  soha  mutaxassisi  o‗z  ishiga  pishiq,  insonlarning  manfaatlaridan 
kelib  chiqib,  ularga  qo‗lidan  kelganicha  yordam  berishi  zarur.  Agar  huquqshunos 
o‗z  ishini  munosib  egasi  bo‗lmasa,  qonunlarni  yaxshi  bilmasa,  albatta  soha 
mutaxassisi  bo‗la  olmaydi,  o‗z  kasbini  yo‗qotadi.  O‗z  kasbini  yo‗qotgan 
huquqshunos jamiyatda o‗z o‗rniga ega shaxs deb hisoblamayman.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish