O‗zini boshqalarga tanishtirish
43
Biz har kuni yangi odamlar bilan uchrashib, tanishamiz, muloqotda bo‗lamiz.
Tanishuvning oliymaqom doiralarda qabul qilingan shakli bir-biriga
tanishtirishdir.
Tor doirada hamma bir-birini bilishi juda muhim. Ayniqsa, bu odamlar
kelajakda ham tez-tez uchrashib turadigan bo‗lishsa, yangi mehmonni albatta
tanishtirish zarur. Bu mezbonlar yoki ularning yaqinlarining vazifasidir. Odatda
uy bekasi ayollarni, xo‗jayin erkaklarni tanishtirishi kerak Ammo katta qabullarda
yangi kelgan kishini mehmonlarning hammasiga tanishtirish imkonsiz. Bunaqa
paytda uni uy egasi, uning turmush o‗rtog‗i, yaqin qarindoshlari, e‘tiborli
mehmonlaru stolda birga o‗tiradigan qo‗shnilar bilan tanishtirish kifoya.
Ko‗chada, jamoatchilik joylarida, transportda hamrohingizni uchratib
qolsangiz uni qolgan odamlarga tanishtirishingiz shart emas. Ammo ular
suhbatlashib ketishsa albatta tanishtiring
19
.
Ishxonangizga biror tanish yoki oila a‘zongiz kelsa uni hamkasblaringizga
tanishtirish shart emas. Albatta hamkasblararo shaxsiy munosabatlar bo‗lmasa.
Ikki kishi tanishishi uchun o‗rtada umumiy tanish kishi vositachilik qilishi
lozim. Unga tanishishni istaganlardan biri murojaat etadi. Agar sizga shunday
iltimos bilan yuzlanishga avval narigi odamning bu tanishtiruvga munosabatini
oldindan aniqlab shunga qarab ish tuting.
Tanishishni xohlamayotgan odam bilan zinhor borib tanishmang yoki
birovga tanishtirmang. ―So‗ymaganga suykalib‖ yurish o‗zgalar nazdida
qadringizni pasaytiradi. YOki yangi tanishingiz bilan darhol sirlashib ketmang.
Bunday ―elim‖lik nazokatli raddiyaga sabab bo‗ladi.
Erkak kishini ayolga, kichik odamni yoshi kattaga, xodimni rahbarga
tanishtirish kerak Kishining yoshi va mavqei alohida ustunlikka ega. Hamisha
mavqei yoki yoshi katta odam birinchi tanishtiriladi.
Tengdosh yoki mavqei bir xil odamlarni tanishtirish zarurati tug‗ilsa buni
o‗zingizga
yaqin
kishidan
boshlagan
ma‘qul. Masalan: singlingizni
19
Байбурин А.К., Топорков А.Л. У истоков этикета. Ленинград, Наука, 1990.
44
kursdoshingizga. Ota-onangizga esa, aksincha avval tanishingiz, so‗ng ota-onangiz
tanishtiriladi.
Uchrashganda so‗rashish sizning muloyim va nazokatli munosabatingizning
ilk namoyishi xisoblanadi. Sizdan hol-ahvol so‗ragan kishiga albatta javob
qaytarish lozim. So‗rashishdan bosh tortish bilan siz uni atrofdagilar oldida
tahqirlagan bo‗lasiz.
Jamoat joylarida - ko‗chada, restoranda, kafeda, pochta, transportda faqat
tanishlar bilan so‗rashiladi. Tashrif muddatingiz oz bo‗lgan joylarda (avtobus,
vokzal, supermarket va h.q) notanish kishilar bilan so‗rashish va biror aniq
munosabatga kirishish ortiqcha.
Agar hamrohingiz biror tanishi bilan so‗rashsa, siz ham u bilan
ko‗rishishingiz shart. Agar u bir to‗da odamlar qurshovida bo‗lsa, siz ularning
barchasi bilan so‗rashib chiqishga majbursiz faqat bittasi bilangina ko‗rishish juda
qo‗pol xato. Mabodo, kim bilandir so‗rashishni istamasangiz oshkora yuz o‗girib
ketish yaramaydi. Hali imkon borida, unga yaqinlashmay turib, bir chetga chiqib
olish kerak
Agar tanishingiz sizning ko‗rib va tanib qolishingizni istamayotganini sezib
qolsangiz, uni ko‗rmay o‗tib ketishga harakat qiling, hech bo‗lmasa o‗zingizni
tanimaganga oling. Erkak kishi ayol bilan, yosh odam keksa kishi bilan, ayol
o‗zidan katta ayol va erkak bilan, xodim o‗zidan lavozimi yuqoriroq kishi bilan,
mijoz sartaroshxona, poyafzal ustaxonasi, atele xodimlari bilan birinchi bo‗lib
so‗rashadi.
YAngi kelgan odam o‗zidan oldin kelgan mehmonlarga, mashinada o‗tirgan
kishi piyodaga, yo‗lovchi erkak va ayol taksi haydovchisiga, o‗quvchilar
o‗qituvchiga salom berishi kerak
Ayol tez ketayotgan bo‗lsa, yo‗l-yo‗lakay uchragan tanish erkak bilan o‗zi
birinchi so‗rashib ketaverishi mumkin. Bir to‗da odamlar yonida o‗tayotib yoki
ular davrasiga qo‗shilganda ham ayol birinchi salom beradi. Ammo boshqa
hollarda shunday qilinsa, bu ayolning erkakka o‗zgacha munosabatini ko‗rsatadi.
45
Ko‗chada ketayotgan erkak tanishini ko‗rib qolganda, albatta cho‗ntagidan
qo‗lini, og‗zidan sigaretasini olib so‗rashishi kerak Ayol mayin tabassum va biroz
bosh irg‗ash bilan javob qaytaradi. Gavjum joyga kirgan odam notanishlarning
barchasi bilan bosh irg‗ab, tanishlar bilan qo‗l siqib ko‗rishadi.
Erkaklar keksa va xastalardan tashqari kirib kelayotganlarni tik turib qarshi
olishlari shart. Tengdosh erkaklar joyida o‗tiraverishlari mumkin. Ammo jinsidan
qat‘i nazar ruxsat berilganida o‗tirasiz. Uy bekasi o‗tirishni taklif qilib o‗zi tikka
turaversa, o‗tirmang.
Donishmandlarning ―YUziga boqma, so‗ziga boq‖
–
degan hikmatlari ayni
haqiqatdir. Til – inson tafakkuri maxsuli U inson madaniyati fikriy go‗zalligini
yaxshi, ibratli, xavas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir.
Muomala esa insonlarni bir–biriga bog‗lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta–kichik
xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‗zal hayot kechirishida, jamiyat
orasida o‗z o‗rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda
muomalaning
o‗rni
kattadir.
Insonning
shirinso‗zligi
kishining
tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‗zga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi
uning o‗qimishli, bilimdonligini ko‗rsatadi. Go‗zal muomala inson dilini
qanchalik hushnud etsa, aksincha achchiq so‗z, qo‗pol muomala inson qalbini
larzaga soladi. SHirin muomalada bo‗lish ham katta san‘at. SHirin so‗z bilan
kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‗z, yuz va ko‗z, tilning ko‗rki
hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baxo
beriladi. So‗z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala
madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va
ustozining bergan ta‘lim tarbiyasi namoyon bo‗ladi. Insonnning ichki dunyosi,
shaxsi, aqli va his–tuyg‗ulari uning tashqi qiyofasi – ko‗zlari, chehrasi, shuningdek
qaddi-qomati va yurish-turishida to‗la aks etadi. Insonning ichki dunyosi
qanchalik mukammal bo‗lsa, yurish– turishi ham shunchalik madaniyatli bo‗ladi.
Muomala madaniyatida so‗z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday
kuchga egaki, suyaksiz bo‗lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa
46
kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‗yishni, an‘anaviy axloqiy me‘yoriy
talablarini bajarishni taqazo etadi. SHuning barobarida, u insondagi yaxshi
jihatlarni namoyon etishi, ko‗zga ko‗rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng
yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‗lishi so‗z, nutq vositasida ro‗y
beradi. So‗zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim
jihatlarini tashqil etadi. SHu bois muomala odobi o‗zini, eng avvalo,
shirinsuhanliq kamsuqumliq bosiqliq hushfe‘llilik singari axloqiy me‘yorlarda
namoyon qiladi.
Ayniqsa bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‗zga tashlanadi. Uni ko‗proq
namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada
mutasavvif olimlarimizdan Imom G‗azzoliy bir qancha o‗rinli fikrlarni
bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo
ochiq yuzlilarni do‗st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‗qki,
maxfiratga sabab bo‗lmoqg‗a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda».
Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi
me‘yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi.
YOmon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. YA‘ni
yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‗lsa ham o‗sha
yomonning yo‗lida yurishga chorlaydi.
Donishmandlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |