Bahslashish etiketi.
Bahsning asosiy qoidasi shundan iboratki, hatto juda qulay vaziyatlarda ham
odamlarni fikrini o‗zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‗z qarashlaringizni
boshqa birovga o‗tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon
odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‗zingizda bo‗lishiga
ham e‘tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni
o‗zi ham siz kabi nohaq bo‗lishini tan olishiga imkon beradi.
Bahsni tug‗dirmaydigan shunday iboralar ham mavjudki, ularni diqqat bilan
eshitishga undaydi. Masalan:
«Sizni dilingizdan o„tayotgan fikrlarga qarshi
53
emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo„lar edim».
Bahs
paytida
«Janjal bilan biron narsaga erishib bo„lmaydi»
degan iborani eslashga
harakat qilish lozim. Eng yaxshi natijaga erishuvning yo‗llaridan biri bu – bahsdan
qochishdir. Bahsdan qizishib o‗z g‗ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib
turib ham tan olmaslik mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o‗z fikrini
aytib qo‗yishning o‗zi etarli. Balki bir oz vaqt o‗tib, hech qanday bosimning
ta‘sirisiz ham u to‗g‗ri xulosaga kelishi mumkin. O‗zining haqligini qaysarlik
bilan isbotlash yoki bahslashish – ma‘lum ma‘noda zo‗ravonlik ham hisoblanadi
va oqibatda, yagona kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni
madaniyat, munosabat, tavoze‘lik va muloyimliq aniqlik va sovuqqonlik hamda
boshqani tushunishga harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin.
Bahs asosli va ishonchli bo‗lishi lozim. Bahsda asosan raqibni
«chaqib»
xafa
qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar
mutlaqo to‗g‗ri bo‗lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab
qiladi. Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga
nisbatan mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda
bahsdan muvaffaqiyatli chiqib ketishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‗lar
ekan.
Kasbga doir bahsda o‗zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb etishi zarur.
Bosiq va mulozamatli odam doimo g‗olib keladi. So‗zamollik diqqatli jimlik bilan
almashishi lozim. Jizzaqilik va asabiylashishga o‗rin yo‗q. Individual bahsda
asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish
mumkin emas. CHo‗zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‗zining axloqi
haqida o‗ylab ko‗rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida
ketmaydi. Janjallarga sababchi bo‗ladigan odamlar o‗zi haqida o‗ylab ko‗radigan
bo‗lsa, odatda
«asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo„ladi»
. Lekin bu
degan sof vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday
odamlarga
«nima uchun men doimo asabiylashaman?»
degan savolni o‗ziga
bermoqlikka da‘vat etamiz. Ko‗p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab
etgandan so‗ng hayot o‗z yo‗liga tushadi. Harakat qilib ko‗rsa arziydi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |