Konfetlar.
Konfet ishlab chiqarishda har xil xom ashyo: shakar, patoka,
shokolad, meva-rezavorlar pyuresi, danak, er yong„oq, funduk danagi, sariyog„
va kokos yog„i, kakao yog„i, xushbo„y hamda bo„yoq moddalar ishlatiladi.
Konfetning ba‟zi turlariga sut, qaymoq, tuxum oqsili, soya, vino yoki spirt, vafli
va boshqa mahsulotlar qo„shiladi. Qandolat sanoati ko„p xil konfetlar ishlab
chiqaradi; ular qator belgilariga ko„ra bir-biridan farq qiladi:
-konfet massasi turiga ko„ra- pomadali, meva va rezavor-mevali,
martsipanli (maydalangan bodomdan qilingan), yong„oqli (pralene), sutli
(“Korovka”, “Start”, “Rekord”), ko„pchitilgan (tuxum oqsiliga shakar qo„shib
ko„pchitilgan), likyorli ” (vino ham qo„shib), kremli, grilyajli (yong„oq
maydalanib karamel massasi bilan aralashtirilgan);
-konfet massasi birikmasiga ko„ra- bir qatlamli, ko„p qatlamli, vafli
qatlamli (yoki vafli bilan qoplangan);
-korpusining tuzilishiga ko„ra - quyma (suyuq issiq konfet massasi
qoliplarga quyiladi), surkalgan (quyuq konfet massasi yupqa qatlamda surkaladi
va to„g„ri burchak shaklida kesib bo„laklanadi); ajratilgan (krem massasini
maxsus naylar orqali siqib chiqariladi va tolalab qirqiladi); presslangan (konfet
massasi matritsa orqali siqib chiqariladi va cho„zilib, uzilmasdan chiqadigan
tasma qirqilib, alohida konfetlar qilinadi);
-sirtining bezatilishiga ko„ra - (shokolad, pomada, shakar, yog„ va
mevali-jele bilan) sirlanmagan va sirlangan konfetlar;
-tarkibidagi nachinkaga ko„ra - nachinkali va nachinkasiz:
-tashqi bezatilishiga ko„ra - o„ralmagan, o„ralgan, naychali va h. k;
-realizatsiya muddatiga ko„ra - tez sotilishi lozim bo„lgan konfetlar,
saqlanishi mumkin bo„lgan konfetlar;
76
-realizatsiya usuliga ko„ra - tortib sotiladigan konfetlar, konfet
turkumlari (bir xil konfet massasidan tuzilgan konfet turkumlari va asnavi, ya‟ni
har xil konfet massasidan tuzilgan turkumlar).
Konfetlar quyidagi uch guruhga: nachinkali shokolad konfetlar,
sirlanmagan konfetlar va sirlangan konfetlarga bo„linadi. Nachinkali shokolad
konfetlar - ustki qatlami shokoladdan iborat bo„lib, turli shakllarda, hajmi
kichikroq har xil konfet massalaridan ishlab chiqariladi. shakli va sirtining
bezatilishiga ko„ra nachinkali shokolad konfetlar: guldor shokolad- uncha katta
bo„lmagan, har xil shaklda, taram-taram rasmli konfet; katakdor shokoladlar va
nachinkali batonlar; nachinkali shakldor shokoladlarga bo„linadi.
Sirlanmagan konfetlar
kichikroq to„g„ri burchak shaklida bo„ladi. Ular
bir qatlamli (bir xil konfet massasidan tayyorlangan); ikki va uch qatlamli (bir
necha xil konfet massasidan tayyorlangan) bo„ladi.
Sirlangan konfetlar
har xil
konfet massalaridan bir, ikki va uch qatlamli qilib tayyorlanadi. Ular shokolad,
pomada, shakar, yog„, mevali jele, sut-yong„oq va karamellar bilan sirlanadi.
Sifatli konfetlar shakli to„g„ri, rangi bir xilda, quruq, yopishmaydigan,
silliq yoki taram-taram sirti quyqasiz, shishmagan, tirnalmagan, dog„zis
bo„lishi,
tamg„asi ko„rinib turishi kerak. Ta‟mi va hidi yoqimli, konfetning massasi
shirasi va qo„shimchalariga muvofiq bo„lishi lozim. Sir miqdori shokolad bilan
sirlangan konfetlarda kamida 18-22%, pomada bilan sirlanganlarida 50% gacha,
shakar bilan qoplangan konfetlarda 22% dan oshmasligi kerak.
Shakli buzilgan, mog„orlagan, yopishqoq, nachinkasi tanasidan sizib
chiqqan, sezilarli dog„lari bo„lgan, yorilgan, shuningdek, chuchmal, nordon yoki
boshqa yoqimsiz ta‟mi bo„lgan konfetlar savdoga chiqarilmaydi. Konfetlar
quruq, toza va yaxshi shamollatib turiladigan, harorati 18°C, havosining nisbiy
namligi 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi. Mana shu sharoitda ularga
quyidagi garantiyali saqlanish muddati belgilangan: Shokolad bilan sirlangan,
o„ralgan konfet uchun to„rt oy, o„ralmagani uchun - uch oy; pomada sirli,
o„ralgan konfet uchun - bir oy, o„ralmagani uchun - 15 kun; shakar sepilgan
77
konfet uchun - ikki oy; shakldor shokolad konfet uchun - uch oy; shokolad
turkumlari uchun - ikki oy.
Iris
. Iris shakar, patoka, sut va sariyog„dan tayyorlanadi. Irisning ba‟zi
bir navlariga yong„oq, er yong„oq, kunjut, soya qo„shiladi. Iris massasining
qaynatilish muddati va ishlov berilishiga ko„ra qattiq yoki karamelsimon,
tirajey, yarim qattiq va cho„ziluvchan tirajey turlarga bo„linadi. Irisning qattiq
naviga “Iris Osobiy” kiradi, u yaxshilab qaynatilgan iris massasidan
tayyorlanadi.
Tirajey navlariga: “Iris slivochniy”, “Prima”, “Era”, “Shkolniy”,
“Fruktoviy”, “Soeviy”, “Vostochniy” (bu ham soyali), “Detskiy”, “Ladoga”
turlari kiradi. Irisning bu navlarini tayyorlashda issiq iris massasiga tayyor iris
ushoqlari aralashtiriladi. Qoliplangandan keyin, sovigan, tayyor iris massasida
shakar kristallana boshlaydi, natijada iris tarkibi yumshaydi va uncha qattiq
bo„lmagan iris hosil bo„ladi. yumshoqroq iris navlariga: “Zabava”, “Tuzik”,
“Zolotoy klyuchik”, “Ledokol”, “Kis-kis” turlari kiradi; ular kam qaynatilgan
iris massasidan tayyorlanadi. Cho„ziluvchan tirajey iris kam qaynatilgan,
cho„ziluvchan, shakar kristallari bir me‟yorda tarqalgan iris massasidan
tayyorlanadi.
Iris turli shakllarda: kvadrat, to„g„ri burchakli, shakldor bo„lishi mumkin.
Uning sirti quruq, yopishmaydigan, rasmi yaqqol ko„rinib turgan, burchaklari
sinmagan va chetlari ezilmagan, qirqimi to„g„ri, silliq, rangi och jigar rangdan
to„q jigar ranggacha, ta‟mi va hidi aniq sezilib turgan bo„lishi kerak. Qattiq va
tirajey navlarining namligi - 6%, yumshoq irisniki - 9% bo„ladi. Tarkibidagi
shakarning umumiy miqdori ko„pi bilan 75%, yog„ miqdori kamida 7- 9%
bo„ladi. Iris ham konfetlar singari o„ralib va o„ralmay tayyorlanadi. Idishlarga
joylanishi va saqlanish shartlari konfetniki bilan bir xil bo„ladi. Garantiyali
saqlanish muddati o„ralgan karamelsimon va tirajen iris uchun - olti oy,
o„ralmagani uchun - besh oy, tarkibida yong„oq mag„zi bo„lgan iris uchun - uch
oy, yumshoqroq iris uchun - ikki oy.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |