Shokolad va kakao kukuni.
Shokolad
yuqori kaloriyaga ega, chunki
uning tarkibida yog„ (30-40%) va shakar (55-63%) ko„p. shokolad ishlab
chiqarishning asosiy xom ashyosi kakao dukkagi (tropik mamlakatlarda
etishtiriladigan kakao daraxtining doni) va shakardir. shokoladning ayrim
turlariga shakardan tashqari sut, kofe, vafli va boshqa mahsulotlar, shuningdek,
vitaminlar qo„shiladi.
Shokolad olish uchun kakao dukkagi begona qo„shilmalardek tozalanadi
va qovuriladi. Qovurilgan dukkaklar yormaga aylantiriladi, so„ngra po„sti
ajratilib kakao-velli hosil bo„ladi, u un kabi massaga aylantiriladi va qand
talqoni hamda boshqa qo„shilmalar qo„shiladi. Hosil bo„lgan massa yaxshilab
eziladi, qoliplarga quyiladi, past haroratda sovutilib, qattiq holatga keltiriladi,
keyin qoliplardan chiqarib olinadi, urov qog„oziga yoki zar qog„oziga o„raladi,
ustidan etiketka yopishtiriladi va idishlarga joylanadi. Ishlab chiqarish tartibi va
usuliga qarab shokolad: oddiy, desertli, g„ovak, tortib sotiladigan va shokolad
kukuni turlariga bo„linadi.
Qo„shimchali va qo„shimchasiz
oddiy shokolad
katakdor, medalga
o„xshash, g„ovak va yaxlit shakllarda ishlab chiqariladi. Qo„shimchasiz oddiy
shokolad
turlariga:
“Dorojniy”,
“Sirk”,
“Detskiy”
va
boshqalar,
qo„shimchalilariga- “Orexoviy”, “Slivochniy” (sutli), “Alyonka” (sutli),
“Mishka” (maydalangan danakli) va boshqalar kiradi.
G„ovak shokolad desertli shokolad massasidan tayyorlanadi, u havosiz
asbobdan qoliplarga qo„yiladi va tez sovutiladi. G„ovak shokoladning
katakdorligi oddiy shokoladnikidan qalinroq bo„lib, u ancha yumshoq va juda
sholda, korxona izi ishlab chiqargan mashslotning sifatiga javob beradi.
73
xushta‟m bo„ladi. Bunday shokolad turiga: “Slava”, “Konyok-gorbunyok”,
“Raketa” va boshqalar kiradi.
Kakao
kukuni
kakao
dukkagidan ishlab chiqariladi. Har xil
qo„shilmalardan tozalangan kakao dukkagi qovuriladi, maydalab yorma qilinadi,
po„sti ajratiladi va kakao-massaga aylantiriladi, keyin undan kakao yog„ining bir
qismini chiqarib olish uchun presslanadi. Hosil bo„lgan kakao kunjarasi
quritilgandan keyin maydalab kukunga aylantiriladi. Kakao kukuni ishlov
berilgan va ishlov berilmagan turlarga bo„linadi. Ishqorlar (ovqatga
ishlatiladigan soda, uglerod ammoniysi) bilan ishlov berilgan, qaynoq suvga
solinganda tezda cho„kindi hosil qilmaydigan, turg„un kakao kukuni ishlov
berilgan kakao-kukun deyiladi. Ishlov berilmagan kukunga yuqoridagidek ishlov
berilmaydi. “Prima”, “Zolotoy yarlo„k” kakaolari, ishlov berilmagan kakao-
kukuni navlariga kiradi, “Ekstra”, “Nasha marka” lar esa ishlov berilgan
kukunlardir.
Kakao kukuni oldindan (qadoqlab) yasab qo„yilgan va sig„imi
ko„pi
bilan 250
g
bo„lgan tunuka bankalarga, kartondan yasalgan qutichalar va yupqa
kartondan yasalgan pachkalarga, sig„imi
100
g
qog„oz
xaltachalarga, sig„imi
5
Do'stlaringiz bilan baham: |