boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20-30%), kraxmali-ko„p (50% ga yaqin) va 2
48
tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no„xat quyidagi
turlarga bo„linadi: pardozlanib butun archilgan no„xat, yanchilib va pardozlanib
archilgan no„xat. Qayd etilgan no„xat turlari sariq yoki yashil bo„lishi mumkin.
Namligi ko„pi bilan 15%.
Loviya
qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo„lib, mamlakatimizning
ayniqsa, janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no„xatdagi oqsilga
qaraganda ancha yaxshi hazm bo„ladi. Loviya oq, bir xil tusli va ola-bo„la rangli
bo„ladi. Oq loviya bir necha turga: bombasimon, arpa yormasimon,ovalsimon,
ilonchasimon, ko„raksimon, qisqichbaqa-simonlarga bo„linadi. Bir xil tusli
loviya yashil, jigar rang, pistaqi, qizil, ola-bo„la. Solod undirilgan javdar yoki
arpa donini quritib va yanchib olinadi. Rangli loviya esa ola-bo„la va to„q ola-
bo„la bo„ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20% dan oshmasligi lozim.
Yosmiq
-
eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o„rta hisobda 30% ga
yaqin oqsil bo„lib, ta‟mi xushxo„r, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida
tarelkasimon yasmiq oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy
va janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma-xil (qoramtir) turlarga
bo„linadi. Yashil va och yashil yasmiq sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi.
yormalarning
sifati
uning rangi, ta‟mi, hidi, namligi, yaxshi pishish-pishmasligi,
aralashma va uning bor-yo„qligiga, yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va
uvalangan donning bor-yo„qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi
va boshqa ko„rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Yormadagi
aralashmalar
(tozalanmagan,
uvalangan,
chirigan,
mog„orlagan, qizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, qum, tosh,
poxol, kepak, gul parchalari va h.k.) yormaning sifatini pasaytiradi. yo„l
qo„yiladigan har qanday aralashmalar miqdori standart bilan belgilanadi. Ko„p
yormalarning tovarlik navi yaxshi sifatli yadro miqdoriga qarab belgilanadi.
Yaxshi sifatli yadro iste‟molga tamomila yaroqli, shunga xos hid, ta‟m va yaxshi
tashqi ko„rinishga ega bo„lgan yorma donlaridir.
49
Ombor zararkunandalari (qo„ng„iz, kapalak, kana yoki ularning
lichinkalari) tekkan yorma savdoga chiqarilmaydi. yorma sig„imi 70-75
kg
lik
yangi yoki avval ishlatilgan toza va pishiq qoplarga solinadi. Guruch, so„k va
manniy yormasi hech bo„lmaganda II kategoriyali, ya‟ni yamog„i
uchtadan
oshmagan qoplarga, boshqa yormalarni III kategoriyali, ya‟ni) yamogi
beshtadan oshmagan qoplarga solish mumkin.
Suli parchasi 250
g
dan 1
kg
gacha bo„lgan karton yoki kog„oz
qutichalarga, talqoni esa sig„imi
250, 300 va 350 g lik karton qutichalarga
solinadi. yorma quruq, yorug„, toza, yaxshi shamollatiladigan omborlarda 0° dan
8°C gacha haroratda 60-70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi
,
yormani
minus temperaturada ham saqlash mumkin. Ammo temperaturaning keskin
o„zgarib turishiga sira yo„l kiyilmaydi. Bug„doy, qora bug„doy va arpa yormalari
uzoq vaqt saqlana oladi. Tarik, suli va makkajo„xori yormalari esa uzoq saqlana
olmaydi, chunki ularda tez achiydigan yog„ bor. Yil fasli va kaerda joylashishiga
qarab yorma va dukkakli ekinlarga tabiiy kamayish normasi (0,25-0,30%)
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: