Qora bug‗doy yormasi.
Qora bug„doy uch qirrali formada, murtagi
yirik, jigar rang va serpo„st dondir. U temir, fosfor, kaltsiy, V
1
,
V
2
, RR
vitaminlarga boy bo„lib, yorma tayyorlanadigan eng yaxshi ekinlardan biridir.
Qora bug„doydan yorma va oqshoq olinadi. Qora bug„doy yormasining barcha
turi xiyla qimmatli yormalar qatoriga kiradi, chunki uning o„ta tuyimliligi,
ajoyib ta‟mi va yaxshi hazm bo„lish xususiyatlari bor.
Yorma
qora bug„doyning mevali qobig„idan tozalangan donidir. Sifatiga
qarab, yorma ikki navga bo„linadi. 1-navida yormada kamida 99,2%, 2 - navida
esa 98,3% yaxshi sifatli yadro bo„ladi.
Qora bug‗doy oqshog‗i
qora bug„doyning
mevali qobig„idan tozalangan, yanchilgan qora bug„doy yadrosidir. U navlarga
bo„linmaydi. Unda kamida 98,3% yaxshi sifatli yadro bo„lishi lozim. Kundalik
iste‟molga mo„ljallangan qora bug„doy yormasi namligi 14% dan, uzoq
saqlanadigan yorma namligi esa 13% dan oshmasligi lozim.
Sholi
.
Sholi po„st bilan qoplangan bo„ladi. sholi oqlangandan keyin hosil
bo„ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo„ladi.
Yaltiroq va sal yaltiroq turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda
elimsimon massaga aylanmaydi. Ishlov berilishiga qarab, guruch silliqlangan,
yaltiratilgan guruch va oqshoqka bo„linadi.
Silliqlangan guruch
gul pardalardan, mevali va urug„lik po„stlari hamda
ko„pincha murtaklaridan tozalangan sholi donidir. Uning sirti oq, g„adir-budur
bo„lib, un bilan qoplangan bo„ladi. Silliqlangan guruch uch navga bo„linadi:
oliy, 1-va 2-navlar. Oliy navda kamida 99,7%, 1-navda 99,2%, 2-navda esa
98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi.
Yaltiratilgan guruch
silliqlangan guruchga
sayqallovchi mashinada ishlov berish yo„li bilan hosil qilinadi. Uning sirti tekis,
silliq, yaltiroq bo„ladi. Yaltiratilgan guruch uch navga bo„linadi. Oliy navda
kamida 99,7, 1-navda
99,2, 2-navda- 98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi.
47
Oqshoq
barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida
qo„shimcha mahsulot sifatida olinadi. U navlarga bo„linmaydi. Oqshoqda
kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. Barcha tur va navdagi guruch
yormasining namligi 15,5% dan oshmasligi lozim. Guruch yormasi yaroqsiz
moddalar juda kam, yaxshi hazm bo„ladigan ozuqa mahsulotidir. Biroq oqsil va
mineral moddalar hamda vitaminlar ozligi tufayli uning biologik qimmati
kamdir.
Suli yormasi
.
Suli doni po„stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon,
ignasimon yoki noksimon formada bo„ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan
tashqari, yog„ ko„p, shu tufayli u o„ta to„yimli, biroq o„rtacha ta‟mi va yaxshi
saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Xo„jalikka mo„ljallanishiga qarab,
suli ozuqa-embop hamda yormabop xillarga bo„linadi. yormabop sulidan
bug„lanib silliqlangan butun yorma, yassilangan suli yormasi, suli parchalari
hamda talqoni ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |