O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Qalpoqlar

 

trikotajli  bosh  kiyim  bo„lib,  jins  va  yosh  belgisiga  ko„ra 

ayollar,  erkaklar  va  bolalar  qalpoqchalariga  bo„linadi.  Kattalar  qalpoqchalari  53-

64, bolalarniki  46-52 razmerlarda  chiqariladi. 



Telpaklar 

-  eng  ko„p  tarqalgan  bosh  kiyimlaridan  biri.  Ular gazlama, fetr, 

tabiiy  va  sun‟iy  mo„yna  hamda  charmlar  va  boshqa  materiallardan  tikiladi. 

Telpaklar  yaxlit  mo„ynali,  qurama,  fasonlari  bo„yicha  o„zlarining  raqamlariga 

ega  bo„ladi:  quloqchin,  «Gogol»,  «Moskovskaya»,  «Olimpiyskaya»  va 

boshqalar. 



Shapkalar  - 

soyabonli,  yassi  tagli,  qattiq  keng  gardishli  erkaklar  va 

bolalar  bosh  kiyimi.  Ular  paxta  yoki  jun  gazlamasi  hamda  charmlardan 

tayyorlanadi. 



Kepkalar- 

soyabonli  yumshoq  bosh  kiyim.  Kepkalar  qalpoq  (usti), 

soyabon, peshonabog„ yoki yarim peshonabog„ va astardan iborat. Ular maxsus 

kepkali  yoki  kiyimli  gazlama,  charmlardan  tikiladi.  Kiyilishi  bo„yicha  qishki, 

yozgi va mavsumiy  boiadi. 

Shlemlar  - 

boshga  mahkam  kiyilib,  quloqni  berkitib  turadigan  va  tomoq 

tagidan  bog„lanadigan bosh kiyim. 



312 

 

Do‗ppi  - 

aylana  shakldagi  to„rt  qirrali  telpakchaga  o„xshash  bosh  kiyim. 

Ular  fetr yoki shoyi gazlamalardan  har xil  gulli  qilib  tikiladi. 



Quloqchinli  qalpoq  (kapor)lar 

-  boshga  jips  kiyiladigan,  iyak  tagidan 

mahkamlanadigan  ayollar  va qizlar  uchun mo„ljallangan  bo„ladi. 

Beret

-  chekkasi  ichiga  qayrilgan  shlyapaning  boshqa  bir  ko„rinishi.  Ular 

fetr, gazlama,  charm, trikotaj  va mo„ynadan tikilishi  mumkin. 

Shlyapalar 

assortimentdagi  eng  ko„p  hissani  egallaydi  va  shakli,  fasoni, 

material  bo„yicha  bir-biridan  farq  qiladi.  Shakli  bo„yicha  yassi,  bo„rtma,  aylana 

shaklida, konusga o„xshash, baland, past, buklamli; ishlab chiqarilishi bo„yicha  - 

yaxlit  shakl  berilgan  hamda  tikilgan  bo„lishi  mumkin.  Ular  fetr,  gazlama, 

mo„yna, somon, charm va boshqa mate rial la rdan tayyorlanadi. 

Fetrli  shlyapalarning  xomashyosi  junli,  tivitli,  pardozi  silliq  va  patli 

bo„ladi.  Gazlamadan  tikilgan  shlyapalarga 



panamalar 

kiradi.  Panamalarning 

qalpoqchasi  (boshi)  to„rtta  pannoga  o„xshash  bo„lakdan  tikiladi;  ikki  qavat 

soyaboni  qoplamasi  bilan  birgalikda  parallel  choklar  asosida  baxyalanadi  va 

qalpoqchasiga  tikiladi.  Ular  oqartirilgan  zig„ir  va  paxta  gazlamalaridan,  kamroq 

yarim  oq va xom zig„ir hamda yarim  zig„ir  gazlamalaridan  tayyorlanadi. 

Trikotajli  ro„mollar  ishlatish  mavsumi  bo„yicha  qishki  va  yozgi  bo„ladi. 

Xomashyo  turi,  ip  va  kalavaning  qalinligi,  to„qilishi  buyumning  qaysi 

mavsumda  ishlatilishiga  qarab  tanlanadi.  Ro„mollar  paxta,  jun,  qurama,  yuqori 

hajmli  va  viskoza  iplardan  hamda  echki  tiviti  yoki  paxta  aralashtirilgan  quyon 

tivitlaridan  qo„lda,  aylana,  fang,  vertel  va  reshel  mashinalarida  tayyorlanadi. 

Tivitlardan  qo„lda  yoki  mashinalarda  to„qilgan  ro„mollar  Orenburg  va  Penza 

tivitli  ro„mollari  deb ataladi. 

Yozgi  ro„mollar  viskoza  va  sintetik  iplardan  o„rib  to„qish  mashinalarida 

gulli  to„qilish yo„li bilan  tayyorlanadi. 

Ro„mollar  pardoz  xususiyati  bo„yicha  oqartirilgan,  sidirg„a  bo„yalgan  va 

olachipor  halqalangan  bo„ladi.  Ular  quyidagi  o„lchamlarda  bo„ladi  (sm.da): 

70x70;  85x85; 95x95;  100x100;  130x130. 




313 

 

Trikotajli  bo„yinbog„lar  paxta,  jun,  qurama,  yuqori  hajmli,  sun‟iy  va 



sintetik  ipaklardan  tayyorlanadi.  Ular  bir  va  ikki  yoqlama,  pardozi  esa  turlicha 

bo„ladi. 

Bo„yinbog„lar  quyidagi  o„lchamlarda  chiqariladi  (sm.da):  95x16;  100x25; 

120x20;  130x25;  180x70;  150x50;  160x60;  180x50.  180x70  sm  o„lchamdagi 

bo„yinbog„lar palantin  deb ataladi. 


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish