Ichki kiyim va beldamchi (korset) buyumlar.
Ichki kiyim
buyumlarining asosiy qismi trikotajdan tayyorlanadi. Gazlama va noto„qima
materiallardan esa faqat ichki kiyimlarning ayrimlari (uxlash uchun ichki
ko„ylak va pijamalar, kalta ishtonlar, beldamchilar hamda plyonkalar)
tayyorlanadi, xolos.
Ichki kiyimlar.
Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar gazlamadan
tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko„rsatkichlari, foydalanish
xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan tayyorlangan
ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho„ziluvchan, kishi gavdasini bir
tekisda va yaxshi qisib turadi. O„ziga xos xususiyatlari tufayli mato
organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi (havo va par
o„tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil kalava hamda
iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar, kompleks va tarkibi
o„zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning aralashmalari.
Erkaklar
ichki kiyimiga ko„ylaklar, pijamalar, kalta ishtonlar va kalson
(ishton)lar kiradi.
Ichki ko‗ylaklar
gazlamalardan tayyorlangan bo„lib, ochiq va
yopiq yoqali, bir yoki ikki tugmada qadaladigan yoki tugmasiz bo„lishi mumkin.
Ustki ko‗ylaklar
turli xillarda (uzun va kalta yengli, kalta yengli, shimga
kirgizilmasdan kiyiladigan) fasonlarda ishlab chiqariladi. Old tomonidan har xil
uzunlikda kesilgan va
tugsepochka
yoki ilmoqlarda yopiladigan bo„ladi.
Yoqalari ham xilma-xil fasonlarda (qayrilma, tik, fasonli, yaxlit bichilgan)
tikiladi.
307
Pijamalar
- uxlash uchun kalta kamzul va shimdan tuzilgan to„plam
bo„lib, paxta hamda ip gazlamalaridan tayyorlanadi.
Kalta ishtonlar
tanaga kiyiladigan ichki va sport kiyimi sifatida
ishlatiladi. Ular oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan yoki gul bosilgan bo„z va
satinlardan tayyorlanadi.
Fufaykalar
ikki turda sotuvga chiqariladi: old tomonidan qadaladigan
yoki qadalmaydigan. Ular kalta va uzun yengli bo„lib, turli to„qilishlarda (glad,
lastik, interiok, fileyli va boshq.) har xil xomashyolar (paxta, jun kalavali, sun‟iy
ipak, sintetik kalava va iplar) dan olingan matolardan tikiladi.
Ayollar
ichki kiyimiga ko„ylaklar, ichki ko„ylak (kombinatsiya)lar,
pantolonlar, kalta ishtonlar, ichki yubkalar va cho„milish kostyumlari kiradi.
Ular kunduzgi va tungi ko„ylaklarga bo„linadi. Ular uch turda bo„ladi: yarim
yopishib turadigan siluetli, kengaytirilgan yoki to„g„ri; baland tomonidan pastga
tomon kengaytirilgan, to„g„ri.
Ichki ko„ylaklar nisbatan uzunroq va xilma-xil pardozli bo„ladi. Ular
quyidagi turlarda chiqariladi: beli qisqargan va pastga kengaygan yoki to„g„ri
(ayollar va bolalar ich ko„ylagi); beli balanddan pastga kengaygan (ayollar va
bolalar ko„ylagi); beli to„g„ri (faqat bolalar ko„ylagi). Tuzilishi bo„yicha katta
yengli yoki bog„ichli va ularsiz bo„lishi mumkin. Ichki ko„ylaklar har xil trikotaj
matolari hamda gazlamalardan tayyorlanadi.
Ichki yubkalar
turli fasonda, sun‟iy va sintetik ipakdan tayyorlangan
vertyolkali trikotaj polotnolaridan tikiladi.
Cho‗milish kostyumlari
xilma-xil fason, pardoz va rangda, ayrim hollarda
belbog„li qilib trikotaj hamda gazlamalardan tayyorlanadi. Ular kalta ishton va
byustgalter (ayollar ko„krakbog„i)dan tashkil topadi.
Pantolonlar
uch turda chiqariladi; uzun, qisqa va pantolon-trusik
ko„rinishda.
Bolalar ichki kiyimi
ham kattalarnikidek assortimentda ishlab chiqariladi.
308
Bog‗cha yoshidagi bolalarning ichki kiyimiga
maxsus talablar qo„yiladi.
Jumladan, ular yuqori gigiyenik, gigroskopik, (havo va bug„ o„tkazuvchan),
issiq saqlash, ko„p martalab yuvilish va dazmollashga chidamli xususiyatlarga
ega, mustahkam rangli, yengil, kiyilishda qulay va yumshoq bo„lishi kerak.
Bu guruhdagi buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: koftalar,
chaqaloqlar yaktakchasi (rasposhonka), emaklaydigan bolaning maxsus
kiyimchalari (polzunki), kalta ishtonchalar, lifli yoki yelkabog„li va ko„krakchali
buyumlar, konvertlar, kombinezonchalar, telpakchalar, garniturlar va pinetkalar.
Beldamchi buyumlari
to„g„ridan-to„g„ri badanga kiyiladigan va qomatni
ushlash uchun mo„ljallangan ayollar ichki kiyimi. Ularga byustgalterlar,
beldamchilar, gratsiyalar, belbog„lar va boshqalar kiradi. Beldamchi buyumlari
assortimenti quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: materiali (gazlama,
noto„qima material, trikotaj va turli matolar), tuzilishi va elastiklik darajasi
(noelastik, elastik, quramali), turlari, fasoni, o„lchami hamda ishlatilishi
(kundalik va bezakli). Bu buyumlar moda talablariga mos kelishi, badanga
yopishib turishi, uning ayrim uchastkalarini yaxshi belgilashi (qayd etishi),
ishlatishda qulaylik yaratishi va gigiyenik bo„lishi kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga bo„linadi:
qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi ulug„ ayollar
uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar
belbogining (poyasi) kengligi bo„yicha - ingichka hamda
keng belbog„li, kosachasining tuzilishi - aylana chokli, oval va yaxlit bichilgan;
ilmog„ining turi - halqali va ilgakli, ilgakli hamda tugmali, to„qali va tasmali
bo„ladi.
Belbog‗ -
bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular keng
va ingichka, ilmog„i bo„yicha byustgalterga o„xshash, asosiy qismlarining
qatlamlar soni - bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya
byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo„shilishidir. Bel
chizig„igacha keng belbog„li bo„lgan byustgalter
yarim gratsiya
deb ataladi.
309
Beldamchi -
ko„krak pastidan tosning chizig„igacha (yoki biroz
pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum.
Yarim beldamchi -
qattiq shaklli keng belbog„. Beldamchi va yarim beldamchilar ilmog„i, asosiy
qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini o„zgartirish turi
(shnurlangan, elastik, qo„shimcha qo„yilgan) bo„yicha bo„linadi. Beldamchi
buyumlarining o„lchamlari bel va tosning aylanasi bilan sm. larda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |