Kitel -
yarim yopishib turadigan siluetli shakldagi buyum. Qaytarma yoqa
turi va bir yonga qadalishi bilan pidjakdan farq qiladi.
Jaket tuzilishi
bo„yicha pidjakni eslatadi. U uzun va kalta yengli hamda
shakl saqlaydigan ichki astarli hamda astarsiz qilib tikiladi. Jaketlar ko„proq
ayollar va bolalar uchun mo„ljallangan.
Kalta kamzul (kurtka)lar -
uzun yengli, ichki astarli va astarsiz, biroz
kaltaytirilgan pidjak turidagi buyum. U pidjakdan etaginli shakli, yoqasi va
cho„ntaklari bo„yicha farq qiladi hamda har xil materiallardan tikiladi.
Nimcha (jilet) -
yengsiz, oldi ochiq, kaltaytirilgan, yelkaga kiyiladigan,
yoqali va yoqasiz, ilmoqli yoki ilmoqsiz buyum. Nimchala kostyum-shimlar
to„plami hisoblanib, erkaklar, ayollar va bolalar uchui chiqariladi.
Shimlar.
Ularning turiga shortlar (kalta shim), shalvarlar, golf shimlari,
bridji (etik shim)lar kiradi va ular uzunligi, kengligi hamda pastki qismining
bezatilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Erkaklar shimining old tomonidan
kesilgan kesik «molniya» ilmog„i yoki tugma bilan yopiladi. Ayollarning
shimlari ustki qismining bezatilishi bilan erkaklar shimlaridan ajralib turadi;
oldidan yoki yonidan ilmoq va qayish bilan yopiladi. Shimlar xilma-xil
gazlamalar, trikotaj matosi, sun‟iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi. Ularning
pastki qismi qayrilgan yoki qayrilmagan bo„lishi mumkin.
Yubka
- jussaning pastki qismini yopib turuvchi buyum. Yubkalar
tuzilishi bo„yicha yaxlit yoki tugmalari qadalmaydigan (raspashnoy), ilmoqli va
ilmoqsiz, oxirigacha kesilgan yoki kesiksiz bo„lishi mumkin. Yubkaning
turlariga yubka-shimlar ham kiradi.
304
Ko‗ylak -
ular tuzilishi bo„yicha bel chizig„i bo„yicha kesikli va kesiksiz,
yoqali yoki yoqasiz, yenglari tikilgan, reglan, yaxlit bichilgan, uzun, kalta va
yengsiz bo„lishi mumkin. Uzunligi tizzagacha, tizzadan past yoki uzun bo„ladi.
Ko„ylaklar, odatda, astarsiz, lekin ayrim hollarda astarli qilib ham tikiladi. Ular
qoplama yoki kesik cho„ntakli bo„ladi. Ishlatish xususiyatiga qarab kundalik,
uylik va ko„chada kiyiladigan bo„ladi. Ko„ylak turlariga ko„ylak-kostyumlar va
ko„ylak-xalatlar kiradi.
Sarafanlar -
yengsiz va yoqasiz soddalashtirilgan tuzilishdagi ko„ylaklar
turi. Ular bluzka hamda jaketlar bilan kiyiladi. Yaxlit bichilgan yoki bel chizig„i
bo„yicha kesilgan holda tikiladi.
Bluzka-
shakli va bichimi bo„yicha ko„ylakning yuqori qismi - lif (beldan
yuqori qismi) hisoblanadi. Bluzkalar kesik yoki yaxlit, oldi va orqa tomonidan
ilmoqli, yengli, yoqali bo„lishi mumkin. Ular kundalik hamda bezakli bo„ladi.
Xalat -
oldi ochiladigan, ikki yonli etagi bir-biriga kirib turadigan uy
kiyimi. Odatda, xalatlar keng hamda uzun bo„lib, ilmoqli yoki belbog„li qilib
tayyorlanadi. Xalatlar qavilgan va issiq saqlovchi astarli bo„lishi mumkin. Shoyi
gazlamadan astarli yoki ichki issiq astarli qilib tikilgan xalatlar
penyuar
deb
ataladi.
Pelerina -
har xil shakl va uzunlikdagi (ko„krak chizig„igacha, belgacha,
tizzagacha, tizza yoki etakkacha bo„lgan) yengsiz kiyim. Odatda, old tomoni
kesilgan, ilmoqli yoki ilmoqsiz va yoqali bo„ladi. Pelerinalar ko„ylak, sarafan,
kostyum-ko„ylak va kostyum-paltolarga qo„shimcha buyum sifatida xizmat.
qiladi.
Ustki ко‗ylaklar -
erkaklar va bolalar uchun mo„ljallangan kiyim turidir.
Ular har xil tuzilishda ishlab chiqariladi. Ustki ko„ylaklar yoqasi qayriladigan va
qayrilmaydigan qattiq ichki astarli, tikilgan yoki olinadigan bo„lishi mumkin.
Yenglari uzun, kalta bir yoki ikki manjetli tugma yoki ilmatugma (zaponka)
bilan qadaladigan qilib tikilishi mumkin. Ular xomashyolari har xil bo„lgan
gazlamalardan tayyorlanadi.
305
Kostyumlar -
bular ikki (pidjak va shim), uch (pidjak, shim va nimcha) va
undan ortiq narsalardan tuzilgan kiyim to„plamidir. Kostyumga kiruvchi
buyumlar shakllari bo„yicha bir-biriga mos kelishlari hamda bir xil ansambl
tuzishi kerak. Ayollar kostyumi jaket, nimcha, bluzka, shim va yubka yoki
ko„ylak, sarafanlarni o„z ichiga olishi mumkin. Erkaklar kostyumi odatda uch
narsa (pidjak, shim, nimcha yoki jemper)dan tuziladi.
Pijama -
kalta kamzul yoki bluzka va shimdan iborat bo„lgan kiyim
to„plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |