xil tuzilishga ega bo„lib, ular faqat fasonlari- silueti, bichimi va pardozi bo„yicha
bir-biridan ajralib turadi. Palto buyumlari quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi:
materiali (gazlama, trikotaj polotno, mo„yna, charm va po„stinbop qo„yterilar),
mavsumli (qishki, yozgi), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar),
palto, yarim palto, kalta kamzullar, shinellar, bushlatlar, pelerinalar, plashlar,
plash-paltolar va nakidkalar (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim).
ko„pincha isituvchi to„shaksiz va ayrim paltolar esa qattiq shakl saqlovchi,
Qishki paltolar uchun odatda ko„proq junli va yarim junli gazlamalar -
yarimfabrikatlari (qorako„l, barra, quyon, ondatra, qoraqo„zan, tulki terilari)
302
ishlatiladi. Isituvchi materiallar sifatida esa vatin, porolon hamda sun‟iy
mo„ynalar ishlatiladi.
Yarim palto
- paltodan uzunligi (kaltaligi) bilan farq qiladi. Ularning
assortimenti ham paltolarniki kabi bo„ladi.
Kalta kamzul
palto va yarim paltodan
kaltaroq. Hozirgi kunda eng ko„p tarqalgan kiyim turlaridan biri bu kapyushonli
qaytarma qalpoqli kalta kamzul. Ularning ustki qismi uchun har xil tolali
gazlamalar, sun‟iy charm va mo„ynalar, qat-qat qilingan, «bolonya» turdagi
materiallar ishlatiladi.
Shinel
- palto xillaridan bo„lib, biror muassasa uchun mo„ljallangan.
Ularning shakli, bichimi, materiali va rangini tegishli muassasa belgilaydi.
Bushlat
yarim paltoning bir turi bo„lib, biror muassasa uchun
mo„ljallangan kiyim.
Plashlar,
plash-palto va yopinchiq (nakidka)lar paltoning xillariga kiradi.
Ular ko„pincha suv o„tmaydigan «bolonya» yoki yomg„irdan saqlaydigan
plyonkali materiallardan tayyorlanadi.
Yopinchiqlar
yengsiz, qo„l uchun kesikli va qaytarma qalpoqli qilib
tayyorlanishi bilan plashlardan farq qiladi.
Kostyum-ko‗ylak
buyumlari. Bu buyumlar ishlatilish xususiyatiga ko„ra
kundalik, uylik va ziynatli; tayanch bo„yicha - yelkaga, belga kiyiladigan;
materiali esa gazlama, noto„qima materiallar, sun‟iy va tabiiy charmlar; kiyish
mavsumi bo„yicha – qishki, yozgi hamda mavsumiyli; jins va yosh belgisiga
asosan - erkaklar, ayollar, bolalar; turlari - pidjak, yubka, ko„ylak va boshqalar;
fasoni - uzun yengli, yengsiz, badanga yopishib turadigan va hokazolarga
bo„linadi. Kostyum-ko„ylak buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi:
pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, bluzkalar, shimlar, yubka va sarafanlar (yengsiz
kiyim), jiletlar, ko„ylaklar, xalatlar hamda boshqalar. Bularning ko„pchiligi
yengil kiyimlar guruhiga mansub.
Pidjak
(shimsiz kostyum) yelkaga kiyiladigan va oldidan qadaladigan
uzun yengli, yoqali va cho„ntakli kostyum. Pidjaklarning tuzilishi mavsumiy
303
paltolarnikiga o„xshash bo„ladi. Pidjaklar bir va ikki yonboshli, yopishib hamda
yarim
yopishib
turadigan
siluetli,
yelkalari
yaxlit
bichilgan,
kesik,
ko„krakburmali, bel chizig„i bo„yicha kesilgan, yoqalari, cho„ntaklari har xil
bo„lishi mumkin. Materiali bo„yicha pidjaklar har xil tolali gazlamalar, sun‟iy va
tabiiy charmlardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: