Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari.
Bichishning asosiy
operatsiyalariga gazlamalarni taxlash, ularni kesish, bichimlar sifatini tekshirish
va bichilgan qismlarini to„plash kiradi. Taxlangan (to„shalgan) gazlamalar
harakatlanuvchi va statsionar mashinalarda kcsiladi. Stabil tuzilishdagi
buyumlarning qismlari presslarda kesiladi. So„ngra bu qismlar sifati bo„yicha
tekshiriladi hamda to„planadi.
Kiyimlarni
tayyorlash.
Kiyimlarni tayyorlash jarayoni bichilgan
qismlarga oldindan ishlov berish, ulardan buyumlar yig„ish, hajmli shakl va
tovarli ko„rinish hosil qilishdan iborat. Bu jarayonda kiyimlarning tashqi
ko„rinishi, qaddi-qomatga o„tirishi hamda uzoqqa chidamliligini belgilovchi
muhim xususiyatlar shakllanadi.
Kiyimlarni tayyorlash (tikish) jarayoni qismlarni birlashtirish, namli-issiq,
ishlov berish va yakunlovchi pardozlash operatsiyalaridan iborat. Kiyimlarning
qismlarini birlashtirish ipli, yelimlash va payvandlash usullarida amalga
oshiriladi. Buyumlar qismlarining biriktirilgan joyi chok deb ataladi.
Kiyim detallarini ipli biriktirish
choklar, baxyalar va qaviq (stejok)lar
vordamida amalga oshiriladi. Qaviq- ignaning ikki marta sanchib teshilgan
teshigining orasidagi iplarning materialdagi to„qilishidir.
Baxya - takror qaytariladigan qaviqlar qatori. Ipli qaviqlar, baxyalar va
choklar tikish mashinalari qo„lda bajarilishi mumkin. Qo„lda balarligan
baxyalar. qaviqlar va choklar detallarni vaqtincha biriktirish, issiq ishlov berish
oldidan buyum chekkalarini to„g„rilash uchun ishlatiladj.
Baxyalar chiziqli, shaklli va ko„klab tagidan yoki ichidan tikiladigan
(obmyotochno-podshivochniy) bo„lishi mumkin. Chiziqli baxyalar detallarni
tikish va buyumlarni pardozlash uchun ishlatiladi.
Birlashliruvchi choklar
baxyali, shu asosda yopishtirilgan, ustma-ust
baxyali, ikki qavat va uchma-uch bo„ladi.
Chetki choklar
odaida buyum va
298
qismlarning chekkasidan o„tkaziladi.
Pardozlovchi choklar
har xil buklamlar,
burmalar va boshqa shunga o„xshash ishlarni balarishda qo„ltaniladi. Bularga
hoshiyali, bo„rtma naqshli choklar kiradi.
Kiyim qismlarini yelimli birlashlirish
uncha sezilmaydigan yon tomonlari
ichki astarlarini, qism chekkalarini, etaklari va boshqalarni birlashtirishda
qo„llaniladi. Kiyimlarni tayyorlashda yelimlar plyonka, poroshok, ip yoki dona-
dona ko„rinishda ishlatiladi. Ular ichki astarbop gazlamalar (byaz, mitkal,
bortovka va boshq.)ga surtiladi. Qismlar ma‟lum bir tartibda presslarda yoki
dazmollar yordamida yelimlanadi. Qismlarning yelimli birlashmalari yuqori
darajada shaklni saqlashlik xususiyatini beradi.
Kiyim qismlarini payvandlash
materiallari plyonkali va u bilan qoplangan
hamda sintetik termoplastik tolali gazlamalardan bo„lgan buyumlar olishda
qo„llaniladi. Uch usulda payvandlash mumkin: termokontaktli, yuqori chastotali
tok va ultratovush bilan. Payvandlash choklarining tashqi ko„rinishi chiroyli,
qalinligi uncha katta bo„lmagan hamda germetik bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |