O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 4 . 3 .   M e ta ll  to va rla ri  a s s o rtme nti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

 

1 4 . 3 .   M e ta ll  to va rla ri  a s s o rtme nti  

 

Metall  tovarlari  ishlatilishi  bo„yicha  sakkiz  guruhga  bo„linadi:  idish-



tovoqlar,  pichoqlar  va  oshxona  anjomlari,  uy  mehnatini  yengillashtiradigan, 

isitish, 

yoritish 

hamda 


eshik, 

deraza 


asbob-uskunalari, 

mahkamlash, 

hunarmandchilik  hamda attorlik  buyumlari. 

Idish-tovoqlar  cho„yan,  po„lat,  alumin,  latun,  melxior  va  neyzilberdan 

ishlab  chiqariladi.  Cho„yandan  qilingan  qozonlar  qalinligi  uchun  ovqatning  tagi 

kuymaydi.  Po„lat  tunukasidan  qilingan  idishlar  ruxlanadi  yoki  sirlanadi. 

Sirlangan  idishlarning  emal  qatlami  60  grammli  po„lat  soqqaning  35  sm 

balandlikdan  tushgan zarbasiga chidash beradi. 

Alumin  idishlarda  nordon  ovqatlar  saqlash  va  sabzavot  pishirish  tavsiya 

qilinmaydi.  Uning  oksid  qatlami  kislotada  eriydi.  Alumin  sabzavot  tarkibidagi 

nitratlarni  nitritlarga  aylantiradi.  Latun  idishlarining  sirti  nikel  va  ichi  qalay 

bilan  qoplanadi.  Faqat  kimyo  toslari  qoplanmaydi.  Qand  mis  hamda  ruxning 




252 

 

erishiga  to„sqinlik  qiladi.  Melxior  va  neyzilber  idishlari  odatda  kumush  bilan 



qoplanib,  serouglerod  ta‟sirida  qoraytiriladi.  Ingichka  sim,  sharikchalar  qalaylab 

pardoz beriladi. 

Pichoq  va  oshxona  asboblari  pichoqlar,  qaychilar  hamda  oshxona 

to„plamlariga  bo„linadi.  Qaychining  xo„jalik,  cho„ntak,  idora,  tlichiqchilik  va 

sartaroshxona  turlari  bor.  Vilka,  qoshiq  hamda  ovqat  pishirishda  qo„llanadigan 

asboblar oshxona lo„plamlari deyiladi. 

Uyda  foydalaniladigan  asboblarga  changyutkich,  kir  yuvish  mashinasi, 

qiymalagich  kabi  asboblar  kiradi.  Isitish  hamda  yoritish  asboblari  deganda  gaz 

plitalari  hamda  kolonkalari,  isitish  radiaiorlari,  qozonlar,  pechlar,  kerosinka, 

kerogaz  va  primuslar,  lampa  hamda  fonarlar  tushiniladi.  Eshik  va  deraza asbob -

uskunalari  tutqichlar,  oshiq-moshiqlar,  qulflar,  prujina  va  zanjirlardan  tashkil 

topadi.  Mahkamlash  buyumlariga  boltlar,  vintlar,  burama  mixlar,  mixparchinlar 

va  boshqa  turdagi  mixlar  kiradi.  Hunarmandchilik  asboblari  yog„ochga  (arra, 

bolta,  randa,  iskana,  parma)  hamda  metallga ishlov berish (egov, zubilo, s umba, 

parmadasta,  burama  kertik  asboblari  qo„larra,  bosqon,  bolg„a,  iskana),  yig„ish 

(otvyortka,  gayka  kaliti,  ombir,  kaj  ombir)  va  o„lchov  asboblariga  (jazval, 

ruletka,  shtangensirkul,  mikrometr)  bo„linadi.  Maxsus  guruhni  qishloq  xo„jaligi 

alsboblari  (bel,  ketmon,  o„roq,  shoxqirqgich, so„qa dastagi, xaskash, panshaxa, 

kultivator)  tashkil  qiladi.  Attorlik  buyumlariga  igna,  ustara,  kiyim  ashyolari  va 

turli  bezaklar  kiradi. 

Pichoqlar  0,7-1,0% uglerodi bor po„latdan yasalib, tuzilish bo„yicha yaxlit 

yoki  ulama  metall  bo„lishi  mumkin.  Zanglamaydigan  po„latdan  ishlangan 

pichoqlar  3%  sirka  kislotasi  va  1%

 

osh  tuzi  eritmalari  ta‟siriga  bardosh  bera 

olishi  zarur.  Sharbat  siqqichlar  tuzilishi  bo„yicha  pishangli  (richagli)  va 

vintsimon  chiqiqli  (shnekli)  turlarga  bo„linadi.  Pishangli  sharbat  siqqichlarda 

meva-sabzavot  taxtakach  (press)  yordamida  siqiladi.  Vintsimon  chiqiqli  sharbat 

siqqichlarning  tuzilishi  go„shtqiymalagichlarga  o„xshash. 




253 

 

Gaz  plitalari  1-4  gorelkali  va  duxovkali  bolib,  ixcham  (ko„tarib 



yuriladigan)  turi  suyultirilgan  gaz  bilan  to„ldirilgan  ballonda  ishlaydi. 

Duxovkalarda  harorat  25  daqiqada  285°C  gacha  ko„tariladi.  Suyuq  yoqilg„ida 

ishlaydigan  asboblarda  yonish  jarayoni  kerosinkalarda  kerosin  gorelkaga  pilik 

yordamida  uzatib  turilishi,  kerogazlarda  gazlashtirgich  yordamida  gorelkaga 

yonilg„i  aralashmasi  kelib  turishi  va  primuslarda  kerosinning  nasos  yordamida 

sochilishi  natijasida  sodir  bo„ladi.  Ko„tarib  yurish  uchun  benzinda  ishlaydigan 

primus ham ishlab  chiqariladi. 

Isitish  qozoni  uylarni  radiatorlar  orqali  issiq  suv  bilan  isitish  uchun 

ishlatiladi.  Ularning  ish  tarzi  tabiiy  aylanishga  asoslangan.  Issiq  suv  yengilligi 

uchun  tizimning  ustki  qismida,  sovigandan  keyin  esa  uning  ostki  qismida 

harakat  qilib  turadi.  Kerosin  chiroqlarida  pilikda  shimdirilgan  kerosin  yonishi 

natijasida  yorug„lik  hosil  bo„ladi.  Ularning  piligi  yassi  yoki  aylana  bo„lib,  eni 

dyuymning  o„ndan  biri  bo„lmish  sham  (liniya)  o„lchov  birligida  o„lchanadi. 

Chiroqlar  3-,  5-,  7-,  10-  va  20-  shamli  qilib  ishlab  chiqariladi.  Aylana  pilikli 

chiroqlarning  pilik  eni  deb  aylananing  yarmi  olinadi.  Kerosin  fonuslari  yassi 

pilikli,  shishasi  esa  metall  qalpoqli  bo„ladi.  Yonish  uchun  havo  trubka  orqali 

yetkaziladi. 

Arralar  ko„ndalang,  bo„ylama,  yoysimon  kamalakli  va  qo„larra  turlariga 

bo„linadi.  Ko„ndalang  arralarning  ikkita  dastasi  bo„lib,  tishlarining  balandligi  14 

mm  bo„ladi.  Bo„ylama  arralarning  ko„ndalang  arralardan  farqi  dastasining 

bittaligida.  Yoysimon  arralar  ensiz  bolib,  tishlarining  balandligi  8  mm.  dan 

ortmaydi.  Kamalakli  arralar  ip  bilan  tortib  yog„och  moslamaga  bog„lanadi. Qo„l 

arralar  kalta  bo„lib, uzunligi  615 mm. dan ortmaydi. 

Randalash  asboblari  tig„ining  tuzilishi  bo„yicha  sherxebel,  randa, 

taxtaranda,  sinubel,  zenzubel  va  falsgobel  turlari  mavjud.  Sherxebel 

randalarning  tig„i  bo„rtma-oval  shaklida,  eni  35  mm.ga  teng.  Ular  yog„ochlarga 

xomaki  ishlov  berishda  qo„llaniladi.  Randalarning  50  mm.li  to„g„ri  chiziq 

shaklidagi  tig„i  yordamida  yog„ochlarga  yakunlovchi  ishlov  beriladi. 




254 

 

Taxtarandalarning  65  mm.  li  tig„i  bo„lib,  uzunasi  700  mm.ga vetadi. Sinubelning 



50  mm.  li  bo„ylama  tarnovchalar  o„yilgan  tig„i  bo„lib,  yog„ochlarni 

yelimlashdan  oldin  sirtini  g„adir-budir  qilish  uchun  ishlatiladi.  Zenzubel  va 

falsgobellarda  eni  21  va  15  mm.  li  trapetsiya  shaklidagi  tig„  bo„lib,  taxtaning 

sirtiga  yoki chetiga  o„yiqcha hosil qilish  uchun qo„llaniladi. 

Iskanalarning  trapetsiya,  to„g„ri  chiziq  va  yarim  aylana  shaklida  uchlari 

bo„lib,  zarb  bilan  yog„ochlarda  turli  shaklda  o„yiqlar  hoail  qilish  uchun 

ishlatiladi.  Parmalar  yog„ochlarni  teshish  uchun  ishlatilib,  kesuvchi  qismi 

burama  (diametri  95  mm.gacha),  parrak  shaklida  ikki  keskichli  (diametri  50 

mm.gacha)  va  qoshiqsimon,  (diametri  16  mm.  gacha)  bo„ladi.  Ularning 

parmadasta  yordamida  va  usiz  ishlaydigan  turlari  mavjud.  Egovlar  buyumlar 

sirtini  silliqlash  uchun  ishlatilib,  yirik  tishligi  rashpil  hamda  nozigi  nadfil 

deyiladi.  Metall  kesuvchi  asboblardan  zubilaning  kesuvchi  qismi  ponasimon 

bo„lib,  chiniqtirilmagan  metallarni  kesish  uchun,  kreysmeysellar  metall  sirtida 

kichkina  ariqcha  o„yish  uchun  va  sumbalar  (borodoklar)  tunukalarni  teshish 

uchun foydalaniladi. 

 


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish