eritmasi bo„lib buyumlar yuzasida tiniq hamda yaltiroq parda hosil qilish uchuri
220
1.
Yog‗li loklar.
Alkid va fenoformaldegid qatronlari, kalsiy, rux
rezinatlari hamda kanifol efirlarini o„simlik yog„lari bilan birga qizdirib uayt-
spirt va skipidarda eritib olinadi. Tarkibidagi yog„lar 75% ni tashkil qilgan
loklar seryog„li lok deyilib, yuqori egiluvchan va tashqi muhit ta‟siriga
chidamli. Shuning uchun tashqi ishlarda egiluvchan buyumlarni loklashda
qo„llaniladi. Tarkibida 30% yog„i bo„lgan loklar karnyog„ lok deyliib, tez
quriydigan yaltiroq va qattiq parda hosil qilganligi sababli mebellarni
loklashda foydalaniladi. 55% yog„i bo„lgan loklar esa pol uchun ishlatiladi.
2.
Qatronli loklar.
Xomashyosi bo„yicha yetti turga bo„linadi: spirtli,
alkid, mochevino va melaminoalkid, poliefir, poliakrilat, poliuretan hamda
epoksid loklari.
Spirtli loklar o„simlik zararkunandalari chiqaradigan qatransimon
moddani (shellakni) yoki fenoformaldegid qatronini etil spirtida eritib olinadi.
Mebel, charm, musiqa asboblari, shishava metal] buyumlari loklanadi. Tarkibida
10-25% qatroni bo„lgan loklar politura deyilib, yog„och buyumlarini loklashda
qo„llaniladi.
Alkid loklari gliftal yoki pentaftal qatronlaridan uayt-spirt va solvent-
naftda eritib tayyorlanadi. Tarkibida qatroni ko„proq loklar pardasi egiluvchan,
qattiq va tashqi muhitga chidamli bo„lganligi sababli ochiq havodagi ishlarda va
bo„yoq tayyorlashda hamda qatroni kamroqlari ichki ishlarda, jumladan, parket
pol uchun qo„llaniladi.
Mochevino va melaminoalkid loklari shu nomli qatronlarning uayt-
spirtdagi erirmasidan olinib, tcz qurishi, benzin hamda yog„lash moylariga
chidamligi uchun emal bo„yog„i tayyorlashda ishlatiladi. Poliefir loklari malein,
metakril yoki fumar kislotalari va ikki atomli glikol spirtining o„zaro ta‟siri
natijasida hosil bo„lgan poliefirmaleinat, poliefirakrilat yoki poliefirumarat
qatronlaridan olinib, hosil qiladigan Pardasi pishiq va kimyoviy moddalarga
chidamliligi tufayli radiopriyomnik, televizor hamda mebellarni loklashda
foydalaniladi.
221
Poliakrilat loklari shu nomdagi qatronlarni benzol, aseton hamda
dixloretanda eritib olinib, egiluvchan va tashqi muhit ta‟siriga chidamli parda
hosil qliganligi uchun charmlarni loklashda ishlatiladi. Poliuretan loklari
pollizotsianat bilan oligoeflrlar. epoksid va alkid qatronlarining o„zaro ta‟siri
natijasida hosil bo„lgan poliuretanni toluol, siklogeksanon va etilasetatda eritib
olinib, yog„och, plastmassa, charm buyumlari hamda linoleumni loklashda
qo„llaniladi.
Epoksid loklari difenilolpropan va epixlorgidren aralashmasidan natriy
ishqori ta‟sirida olingan qatronni glikol efiri, aromatik uglevodorodlar, ketonlar
hamda spirtlarda eritib olinib, metall buyumlarini zanglashdan saqlash uchun
ishlatiladi.
3.
Nitroloklar.
Sellulozaga
azot
kislotasi
ta‟sirida
olingan
nitrosellulozani (kolloksilinni) aseton, etil, butil, amilasetatlarning birida
eritib olinib, tez quriydigan, qattiq, pishiq va suv hamd;i benzinga
chidamliligi uchun avtomashina, mebel, charm hamda kleyonkalarni
loklashda foydalaniladi.
4.
Asfaltobitum loklari.
Bitum va ko„mir qatronini benzin, skipidar yoki
solven-naftda eritib olinadi. Boshqa loklardan yaltiroq qoraligi va kimyoviy
moddalarga chidamliligi bilan farq qiladi. Qora mctallarni zanglashdan,
yog„ochlarni chirishdan saqlash uchun ishlatiladi. Qizdirilgan o„simlik
yog„lari va anifolda eritilgan turi velosiped, avtomashina qismlarini lokiashda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: