1 3 . 2 . S his ha buyumla r ni be za s h
Shisha buyumlari shakllanish jarayonida yoki undan keyin bezaladi.
Shakllanish jarayonida bezash quyidagi to„qqiz turga bo„linadi:
1.
Rangli shisha iplari.
Buning uchun puflash naychasi uchiga olingan
rangsiz shisha bo„tqasi ichiga turli ranglarga bo„yalgan shisha qalamchalari
terilgan qolipga solib puflanadi. Bunda ketma-ket o„tkaziladigan qizdirish va
puflash jarayonlari 3-4 bosqichdan iborat bo„ladi.
2.
Shisha to‗qimasi.
Buning uchun naycha uchiga olingan shisha
bo„tqasi to„qima joylashtirilgan qolipga solib ketma-ket 3-4 qizdirish va
puflash natijasida buyum shakllantiriladi.
3.
Shisha uvog‗i yoki zarrachalari.
Bunda naycha uchiga olingan shisha
bo„tqasi maydalangan shisha sepilgan taxta ustidan dumalatib o„tkazib
puflanadi.
4.
Havo pufakchalari.
Bu bezak naycha uchidagi shisha bo„tqasini ichi
qirrali yoki chuqurchali qolipda va tashqarida 3-4 puflash natijasida hosil
qilinadi.
5.
«Muz naqshi» (krakle bezagi) hosil qilish,
Naycha uchidagi shisha
bo„tqast 5-10 soniya suvga botirib olingandan keyin yana qizdirib puflansa,
buyum sirtidagi yoriqchalar erib, devor ichidagllari qoladi.
6.
Irizatsiya (yunon. «kamalak») usulida
bezak solish uchun
shakllantirilgan issiq buyum sirtiga ketma-ket xlorli qalay, surma, temir va xrom
232
hamda kobalt atsetati sepilib, 560-580°C da qizdirilsa, kamalakni eslatuvchi
ko„k, binafsha, sariq, yashil va jigarrang pardalar hosil bo„lad i.
Marmarsimon bezak berish.
Sut rangli shisha bo„tqasiga boshqa
qo„shimchalar aralashtirmagan holda massa naycha uchiga olinib puflaganda
ko„zlangan maqsadga erishiladi.
«Rangli dog‗lar»
bezagi solish uchun naycha uchidagi bo„tqaga turli
rangdagi shisha parchalarini yopishtirib, 3-4 bosqichda ketma-ket qizdirib
puflanadi.
9.
Ко‗p qavatli rangdor shisha olish.
Bunday shisha 2-3 xil rangda
bo„tqalardan naycha uchiga olinib, ketma-ket qizdirish va puflashl natijasida
paydo bo„ladi.
Shakllangan tayyor buyumlar sirtiga quyidagi sakkiz xil usulda bezak
beriladi:
1.Shlifovka jilvir toshlar yordamida o„yib solinadi. Murakkabligi bo„yicha
val yordamida yumaloq chuqurchalar o„yish, xira lenta chizish, uzum boshi,
olcha va bo„tako„z shaklidagi uzunchoq sayoz o„yiqchalar solish (raqamli
shlifovka), 8, 12 yoki 16 ta keng va olmos qirrali bezak turlariga bo„linadi.
Keyingi bezak yulduzlar va nur tarami shaklida 60° burchak usulda o„yib
solinadi. O„yiqchalar ftor hamda sulfat kislotalari aralashmasi yordamida
sayqallanadi. Qirrali o„yiqchalarda yorug„lik sinishi natijasida bezak brilliantga
o„xshash tovlanib turadi.
2.Mis gardishi bilan sayoz o„yma naqsh (gravirovka) turli manzaralar
shaklida solinadi.
3.Ftor kislotasi bilan o„yma naqsh solish. Ftor kislotasi shisha tarkibidagi
kalsiy bilan xira tuz hosil qiladi. Murakkabligi bo„yicha oddiy naqsh solingan
xira, tiniq «to„ramon chiziqchalardan iborat giloshir, tiniq murakkab bezak
(pantograf) va ikki qavatli rangdor shishaga chuqur naqsh shaklida solingan
«Galle» usuli bezak turlariga bo„linadi.
233
4.
Ko„chirma dekol bezagi. Rasm trafareti to„qilgan ipak to„rga quyuq
bo„yoq surtilib, qog„ozga solingan rasm buyumga o„tkaziladi. Rasm tiniq
nitrolak orqali dekstrin bilan qog„ozga yelimlangan bo„ladi. Qog„oz buyumga
nam holatida yopishtirilganda qog„oz ajralib, lok rasm bilan birgalikda buyum
yuzasida qoladi. Buyum 560-58O°C da qizdirilganda rasm uning sirtiga
mustahkam yopishadi.
5.
Trafaret bosma. Fotoplastinkadagi fototasvir diapozitiv plyonkasiga
ko„chirilib, u orqali jelatina va ammoniy xromatinning polivinil spirtidagi
eritmasi surtilgan ipak to„rga nur tushiriladi. Buyum yuzasiga hosil bo„lgan
trafaretli to„r yotqizilib, ustidan quyuq bo„yoq surtilgan rezina shtampi
g„ildiratib o„tkaziladi. Har bir rang uchun alohida trafaretli to„rlar ishlatiladi.
6.
Fotobosma usuli. Xromlangan dekstrin bilan qoplangan shisha
plastinkaga tasvir tushirilgan diapozitiv orqali nur tushirilganda qoplangan
pardaning yopishqoqlik qobiliyati tushgan nur miqdoriga proporsional
ravishda pasayadi. Pardaning nur tushmagan joylari yopishqoqligicha qoladi.
Plastinkaga pigment sepilganda, u parda zarrachalarining yopishqoqlik
xususiyatiga proporsional miqdorda yopishadi. Plastinkadan yopishqoqlik
xususiyatini yo„qotgan zarrachalar ishqorli eritma bilan yuvib tashlangach,
rasm tasviri ultingugurtli efirning spirtdagi eritmasi hosil qilgan parda bilan
qoplanadi. Efir bilan spirt uchib ketgach, tasvirli parda plastinkadan buyumga
ko„chiriladi. Tasvir buyumga 560-580°C da qizdirilgandan keyin difFuziya
tufayli mahkam yopishadi.
7.
Lyustra bezagi. Shisha buyumi sirtiga ketma-ket skipidar yoki
nitrobenzolda eritilgan oltin xloridi, oltin va rux rezinati aralashmasi, oltin
xloridi va qalay rezinati aralashmasi, bismut, alumin, titan, temir yoki
marganes hamda qo„rg„oshin rezinatlari aralashtirilib 560-580°C da qizdirilsa,
och qirmizi, to„q qizil, oltin tovlanishli binafsha, jigarrangli hamda
sadafsimon yaltiroq oksid pardalari hosil qiladi.
234
8.
Shtamp va otvodka bezagi. Shisha buyumi sirtiga shtamp yoki
mo„yqalam yordamida skipidar yoki efir yog„ida eritilgan oltin xloridi biror
tasvir hamda eni 1-3 mm. li lenta surtilib qizdirilsa. yaltiroq parda hosil
bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |