Xushbo‘ylantirilgan vinolar.
Spirt, qand, hamda vinoga yoqimli ta‟m va
xushbo„y hid beruvchi o„tlar va ildizlarning shirasi qo„shib tayyorlangan vinolar
xushbo„ylantirilgan vinolar deb ataladi. Oq, pushti, qizil vermut shu guruhning
namunasidir. Vermut damlamasi limon po„sti, koriandr, erman, qoraqand guli,
shirin bodom, moychechak, arruvon guli, malina, qaynatilgan mayiz va h.k.solib
tayyorlanadi. Bu vinolar o„tkir (spirti 18%, qandi 10%) va desert (spirti 16%,
qandi 16%) bo„lishi mumkin.
Tarkibida karbonat kislotasi bo‗lgan (gazlangan) vinolar.
Bularga Sovet
shampan vinosi, vijillaydigan va gazli vinolar kiradi.
Sovet shampan vinosi
uzumning alohida qimmatli navidan ishlab chiqariladi. shampanskiy ishlab
chiqarishning alohida xususiyati shundan iboratki, vino maxsus rezervuarlardan
karbonat kislotasining gazi bilan to„yintirish uchun ikkinchi marta achitiladi.
shampan vinosi eng noziq buketli, ta‟mi yoqimli, xushbo„y, hidi o„ziga xos va
karbonat kislotasi gazi bilan kuchli to„yingan bo„lib, tarkibidagi spirt - 10,5-
12,5% bo„ladi. Tayyorlanish usuliga va tarkibidagi qandga ko„ra “Sovet
shampan vinosi” quyidagi nomlar ishlab bilan chiqariladi.
Yetiltirilgan “Sovet shampani”: bryut (qandi 0,3% gacha), eng nordon
(0,8 dan 1,3gacha); nordon (3,0 dan 3,5% gacha); yarim nordon (qandi 5 dan
5,5% gacha) turlari chiqariladi. Yetiltirilgan turga “Sovet shampani”ning
butilkalarda ikkinchi marta achitilgani va shu butilkalarda kamida 3 yil
saqlanganlari kiradi. Oddiy “Sovet shampani”: eng nordon (qandi 0,8 -1,3%),
nordon (3 -3,5%), yarim nordon (5-5,5%), yarim shirin (8-8,5%) va shirin (10-
10,5%) larga bo„linadi.
118
Vijillaydigan vinolar
ham achitish vaqtida katta bosimda karbonat
kislotasi bilan to„yintirish yo„li, bilan tayyorlanadi. Biroq, ularning tayyorlanish
texnologiyasi shampan vinolarining tayyorlanish texnologiyasidan farq qiladi.
Vijillaydigan vinolarga: “Tsimlyanskoe igristoe”, “Sevastopolskoe igristoe”,
“Muskatnoe igristoe” vinolari kiradi. Ularning tarkibida 11-13% spirt va 5-12%
qand bo„ladi.
Vijillaydigan (karbonat kislota bilan gazlangan) vinolar.
Bu vinolar
karbonat kislotasi gazi bilan sun‟iy (saturatsiya) yo„l bilan to„yintiriladi. Ularga
aralashtirilgan karbonat kislotasi gazi tez uchib ketadi. Tarkibida 9 dan 12%
gacha spirt, 3 dan 8% gacha qand bo„ladi. Bunday vinolarga: “Mashuk”,
“Krimskoe shipuchee”, “Benderskoe shipuchee” va boshqalar kiradi. Uzum
vinolarining sifatiga rangi, ta‟mi, hidi, xushbo„yligi, tiniqligi va boshqa
shuningdek organoleptik ko„rsatkichlarga asoslanib baho beriladi.
Tarkibidagi spirt, qand, kislotalar, ekstrakt, oshlovchi va boshqa
moddalar laboratoriya usuli bilan aniqlanadi. Yaxshi sifatli vinolar begona
qo„shimchalarsiz, cho„kindi va quyqasiz bo„ladi. Naviga ko„ra ularning ta‟mi
yoqimli va ma‟lum darajada xushbo„y bo„lishi kerak. O„tkirligi belgilangan
me‟yordan past, xira, quyqali, begona ta‟m va hidi hamda boshqa nuqsonlari
bo„lgan vinolar savdoga chiqarilmaydi.
Uzum vinolari 200
l
sig„imli toza, emandan yasalgan va bug„latilgan
bochkalarga 0,375; 0,5; 0,8 va 1 l sig„imi
butilkalarga quyiladi. shampan vinosi
0,8 va 0,4 l sig„imli
butilkalarda chiqariladi. Uzum vinolarini quruq, toza
harorati 8-15°C va nisbiy namligi 70-75% bo„lgan xonalarda yotqizilgan holda
saqlash tavsiya etiladi.
Konyak
yangi uzilgan oq uzum vinosini haydash yo„li bilan olinadigan
konyak spirtidan tayyorlanadi. Olingan uzum spirti emandan yasalgan
bochkalarga quyiladi va unda uzoq muddat saqlanadi. Spirtining sifati va eman
bochkalarda saqlanish muddatiga ko„ra konyak ikki turga: oddiy hamda markali
konyaklarga bo„linadi.
119
Uch yildan besh yilgacha yetiltirilgan konyaklar oddiy konyaklar
deyiladi. Ularga 3 yil yetiltirilgan “Uch yulduzli”, 4 yil yetiltirilgan “To„rt
yulduzli” va 5 yil yetiltirilgan “Besh yulduzli” konyaklar kiradi. Konyak
etiketkasidagi har bir yulduz konyak spirtining eman bochkalarda bir yil
yetiltirilganini bildiradi. Oddiy konyaklar tarkibida 40 - 42% spirt va 1,5% qand
bo„ladi. Markali konyaklar 6 yildan ortiq yetiltiriladi. Ularga 6-7 yil yetiltirilgan
KV (ya‟ni etilgan konyak); 8-10 yil yetiltirilgan KVVK ( ya‟ni yuqori sifatli
yetiltirilgan);
10 yildan ortiq yetiltirilgan KS ( ya‟ni eski, ko„p yillik) konyaklari
kiradi. 10 yildan ortiq yetiltirilgan OS ( ya‟ni juda eski) konyaklarga:
“yubileyniy”, “Armeniya”, “Dvin” va “Erevan” nomli konyaklar kiradi. Markali
konyaklarning o„tkirligi 42-57%, tarkibida 0,7% qand bo„ladi.
Kollektsiyali konyaklar - yuqori sifatli, eman(dub) bochkalarda 5 yildan
ortiq qayta yetiltirilgan konyaklar bo„lib, o„tkirligi 42-57% dir. Turli
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan konyaklar ta‟mining xislatlari bir xilda
bo„lmaydi. Masalan, Armaniston konyaklari buketining alohida to„laligi, o„ziga
xos kuchli vanil hidi va yuqori sifati bilan ajralib turadi. Bu konyaklar bizning
mamlakatimizdagina emas, balki chet ellarda ham mashhurdir. Gruziyaning
“Eniseli”, “Gremi”, “Vartsixe” “Tbilisi” va boshqa konyaklari nafis noziq
buketga ega bo„lib, ta‟mi boshqa respublikalarda ishlab chiqarilayotgan
konyaklarga ko„ra ancha engildir. Konyak sifatiga baho berishda uning ta‟mi,
xushbo„yligi, buketi, tiniqligi asos qilib olinadi. Konyak ham vinolar kabi
joylanadi va saqlanadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |