ajratib, qorishtirib maxsus tunuka idishlarga solib, og„zi mahkam, zich qilib
berkitiladi va tezda muz xonalarga muzlatish uchun yuborilai. Muzlatish - 180
197
Savdoda tuxumning oqi bilan sarig„ini aralashtirib, muzlatib
chiqarilganiga «melanj» deyiladi. Melanjlar non, bulka, qandolat va umumiy
ovqatlanish korxonalarida tuxum o„rnida xom ashyo sifatida qo„llaniladi.
Tuxum melanjiga 0,8% osh tuzi yoki 5% qand qo„shib ham chiqariladi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari 5 va 10 kg li bankalarga joylanib chiqariladi.
Bankalar 8 va 4 donadan yashiklarga joylanib qo„yiladi. Muzlatilgan tuxum
mahsulotlarini - 120da 8 oygacha, 180da esa 15 oygacha saqlash mumkin.
Quritilgan tuxum maxsus issiq kameralarda bosim ta‟sirida mayda qilib
pulivizator orqali purkab quritib olinadi. Tuxum zarrachalari issiq havoda qurib
mayin, nafis, sariq tusli kukun ko„rinishida kamera ostiga tushadi. quritish
uchun sifatli yangi tuxumlar olinadi. Quritilgan tuxum kukuni germetik yoki
zich berkitiladigan tunuka yoki faner idishlarga, 0,5 kg li karobkalarga, 10 kg li
oq tunuka bankalarga va 50 kg li bochkalarga joylab chiqariladi. Tuxum kukuni
100-200 g dan zichlangan briket ko„rinishida ham chiqariladi.
Quritilgan tuxum yuqori to„yimli oziq-ovqat mahsuloti bo„lib, tarkibida
6,4% suv, 43,3 oqsil, 40,9% yog„, 5,8% (azotsiz ekstraktiv) suvda eruvchi
organik moddalar va 3,6% mineral moddalar bor. Quritilgan tuxum mayda, bir
tekis, nafis, unsimon ko„rinishda bo„ladi. Mahsulot bevosita iste‟mol
qilinishidan tashqari keng ravishda oziq-ovqat sanoatida xom ashyo sifatida
ishlatiladi.
Tuxum bo„tqasini 1:1 nisbatda sut bilan qorishtirib, quritib quruq
quymoq olinadi. shuningdek, alohida tuxum oqi va sarig„i quritib chiqariladi.
Quritilgan tuxum mahsulotlarining asosiy sifat ko„rsatkichi namligi
bo„lib, standart bo„yicha u 9%dan oshmasligi kerak. quritilgan tuxum sifat
ko„rsatkichlari va erish darajasiga qarab, a‟lo va 1 navlarga bo„linadi, a‟lo navli
bo„lib, erish darajasi 80-85%, nordonlik darajasi esa - 10
0
va kuli 3,4%dan
oshmasligi kerak.
1 navi qo„l bilan ezilganda uqalanib ketadi. Erish darajasi 60-70%,
nordonligi 16% va kuli 4% gacha bo„lishi mumkin. 1 va 2 navida ham yog„ning
198
miqdori 35%dan, oqsili 45% dan kam bo„lmasligi kerak. Quritilgan tuxumni 10
0
dan-2
0
gacha bo„lgan haroratda va havo namligi 70%dan oshmagan sharoitda
saqlash tavsiya etiladi. Normal sharoitda (0-2
0
da) oddiy qadoqlangan mahsulot
8 oygacha va germetik idishga joylanganlari 12 oygacha saqlash mumkin.
Savdoga quritilgan tuxum 100-200 g dan zichlangan briket ko„rinishida
va ichiga yog„, suv, suv o„tkazmaydigan mumlangan qog„oz to„shalgan maxsus
faner yashik yoki barabanlarda 10-30 kg hajmida chiqariladi. Magazin sharoitida
quritilgan tuxumni toza, quruq va qorong„i xonalarda saqlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: