axborot
,
fan-texnika
bilimi.
Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo‗lida bo‗ladi.
Jon Kennet Gelbreyt
(1909-2006)
270
T.Veblen o‗z nazariyasida – texnokratiya jamiyatda oldingi
qatorlarda bo‗lishi kerak, deb aytgan bo‗lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga
oshirildi, deb tasdiqlaydi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim
hodisalarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to‗g‗ridan
to‗g‗ri va bevosita natijasi, deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya
uning fikriga ko‗ra hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo‗lgan
yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi
rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqaruvchi texnostruktura ularning
ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish va
bitimlar tizimi (xomashyo, asbob-ukunalar, ilmiy va konstruktorlik
ishlanmalarini yetkazib berish bo‗yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi,
raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik
«chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida
muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki,
ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo‗lishini ta‘minlaydi.
Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi,
zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli
rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqarilib turiladi.
J.K. Gelbreyt o‗zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan
tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bozor tizimini»
ekspluatatsiya qilishda (mayda va o‗rta biznesni), davlat amaldorlari
bilan qo‗shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy
resurslardan
foydalanishdagi
isrofgarchilikda,
bozorga
ta‘sir
ko‗rsatishning monopolistik uslublarini qo‗llashda aybladi. Yirik
korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog‗langan va undan naf
ko‗radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat
kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va
jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib turilishini
qayd qilib o‗tadi.
U shuningdek, mayda va o‗rta tadbirkorlikni va ijtimoiy
texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni,
qishloq xo‗jaligini, san‘atni) davlatning qo‗llab-quvvatlashini talab qilib
chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash uning
fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga
bo‗lgan ishonchini uyg‗otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy
investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi,
271
eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko‗radigan inflyatsiyani to‗xtatish
uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli kasaba
uyushmalarining o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish jarayoniga aralashuvi va yirik
biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib turishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |