O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) 
 
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir 
paytda  iqtisodchilar  uchun  aholining  ko‗payishi  muammosi  dolzarb 
hisoblanar  edi,  ular  aholi  sonining  oshib  ketishining  dahshatli 
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda 
homiladorlikdan  saqlanish  vositalaridan  foydalanishni  taklif  qila 
boshladilar.  Bu  xulosalar  aholining  homiladorlikdan  saqlanish  vosita-
lariga  nisbatan  cherkov  va  keng  ommaning  doimo  kuchli  qarshiligi 
sababli  nozik  iboralar  bilan  taklif  qilingan.  Maltusdan  tashqari  o‗sha 
davrdagi  yetakchi  iqtisodchilarning  ko‗pchiligi  homiladorlikdan  saqla-
nishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‗lishgan, lekin ular 
o‗z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‗lishgan. 
Nassau  Senior  o‗z  davrining  odatiy  iqtisodchilaridan  bo‗lgan, 
chunki  u  bir  vaqtning  o‗zida  Maltusning  aholi  soni  borasidagi 
qarashlarini  qo‗llab-quvvatlagan  va  rad  etgan.  U  Maltus  nazariyasini 
1826-yilda iqtisodiyot ilmining tashkil etilish tayanchi, deb ta‘riflashiga 
qaramay, 1829-yilda o‗zining Maltus bilan bo‗lgan yozishmalarini e‘lon 
qiladi va ma‘ruzalarida Maltusning mahsulot o‗sishidan ko‗ra aholi soni 
tezroq  o‗sishi  fikrlariga  e‘tiroz  bildiradi.  Seniorning  fikricha,  tarixiy 
dalillar  shuni  ko‗rsatadiki,  aholi  sonining  ortishidan  ko‗ra  mahsulotlar 
ishlab chiqarish tezroq o‗sadi.  
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‗oyasi 
muhim  element  hisoblanadi.  Rikardo  iqtisodning  asosiy  maqsadi 
daromadning  taqsimlanishini  belgilovchi  omillarni  izohlashi  kerak, 
degan  fikrga  ega  bo‗lgan  va  u  ayniqsa,  uzoq  vaqt  oralig‗ida 
daromadning  taqsimlanishiga  ta‘sir  eta  oluvchi  kuchlarga  qiziqish 
bildirgan.  U  bu  muammoni  daromad  taqsimlanishini  qoldiq  qiymati 
nazariyasi  bilan  hal  qilishga  harakat  qilgan.  Yer  uchun  to‗lanadigan 
renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish 
haqi  va  foydani  tashkil  etadi.  Bu  vaziyatda  Maltusnning  ―Nufus 
qonunidagi‖  g‗oyalari  asosiy  rol  o‗ynaydi.  Uzoq  davom  etadigan  vaqt 


129 
 
mobaynida  ish  haqi  darajasi  Maltus  ta‘limotiga  ko‗ra  ish  haqi  darajasi 
aholining yashash darajasi minimumiga teng bo‗ladi va qolgan daromad 
ijara  haqi  va  foydaga  bo‗linadi.  Shunday  qilib  Rikardoning  taqsimot 
nazariyasi  Maltusning  aholi  nazariyasiga  butunlay  bog‗liqdir.  1830-
yilning  ikkinchi  yarmiga  kelib  Rikardoning  iqtisodiy  ta‘limotlarini  rad 
etuvchi  ko‗plab  ma‘lumotlar  yig‗ildi,  o‗sha  vaqtlarda  Rikardo 
ta‘limotining  asosiy  g‗oyasi  bo‗lmish  uzoq  muddatga  mo‗ljallangan 
davrda  daromadlar  taqsimotidagi  o‗zgarishlarni  tushuntirishga  ojizlik 
qildi.
24
  
T.Maltusning  yozishicha,  uning  kitobi  nashrdan  chiqqan 
kungacha  bironta  mamlakat  o‗z  hududida  aholi  zichligi  juda  oshib 
ketganidan  o‗zini  yetarli  hajmda  iste‘mol  mollari  bilan  ta‘minlash 
imkoniyatiga  ega  bo‗lmagan.  Eng  avvalo,  tabiiy  muhit  imkoniyatlari 
bilan  aniqlanuvchi  iqtisodiyot  o‗zining  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari 
doirasidan chetga chiqishga qodir emas.  
T.Maltus  o‗z  nazariyasini  asoslab  berishda  tuproq  unumdor-
ligining  pasayib  borish  konsepsiyasidan  foydalangan.  Agar  bitta  yer 
uchastkasining  o‗ziga  ustma-ust  mehnat  sarflansa,  u  xuddi  shunday 
nisbatda  hosildorlikning  o‗sishiga  olib  kelmaydi,  chunki  hosildorlik 
faqat  mehnatga  emas,  balki  tuproqning  tabiiy  unumdorligiga  ham 
bog‗liq bo‗ladi.  U berishi  mumkin bo‗lgan  narsadan  ortiqchasini undan 
olib  bo‗lmaydi.  Hisoblab  chiqqach,  T.Maltus  xulosa  qiladi:  insoniyat 
qancha  harakat  qilmasin,  qishloq  xo‗jaligidan  u  oladigan  oziq-ovqat 
mahsulotlari  miqdori  faqat  arifmetik  progressiyada  o‗sadi  (eslatib 
o‗tamiz,  arifmetik  progressiyada  o‗sish  1,2,3,4,5  ...  ko‗rinishda,  ya‘ni 
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), 
aholining  soni  esa  geometrik  progressiyada  o‗sadi  va  25  yilda  ikki 
barobar  ko‗payadi  (eslatib  o‗tamiz,  geometrik  progressiyada  o‗sish 
1,2,4,8,16  ...  ko‗rinishda,  ya‘ni  har  bir  keyingi  son  oldingisidan  2 
barobar  ko‗p  bo‗ladi).  Agar  yer  aholisi  asr  boshida  1  mlrd.  bo‗lsa,  asr 
oxiriga  kelib  u  8  mlrd.ni  tashkil  etadi,  yashash  vositalari  esa  to‗rtdan 
birga ko‗payadi. 
Bu  nazariya  barcha  iqtisodiy  ta‘limotlar  ichida  eng  qayg‗ulisi 
hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va 
prognozlari  asossiz  ekanligini  isbotlab  berdilar.  Buning  uchun 
odamlarga  tuproq  unumdorligini  oshirish,  T.Maltus  tasavvur  qila 
                                                             
24
 
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 175-176 b.
 


130 
 
olmagan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  imkonini  yaratib 
beruvchi  fan-texnika  yutuqlari  asos  bo‗ldi.  Amerika  iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi – 
texnik 
jarayon 
planetadagi 
aholining 
har 
qanday 
o‗sishini 
kompensatsiyalashi  va  uning  yuqori  hayot  darajasini  ta‘minlashi 
mumkin.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish