O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

13.2. F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari 
 
Fridrix  fon  Xayek  (1899–1992-y.)
  neoliberalizmning  otasi 
hisoblanadi.  U  juda  ko‗p  iqtisodiy  va  ijtimoiy-falsafiy  mazmundagi 
asarlar  muallifi,  ularning  ichida  asosiylari: 
“Baholar  va  ishlab 
chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqtisodiy sikl” (1933), “Foyda, 
foiz  va  investitsiyalar”  (1939),  “Kapitalning  sof  nazariyasi”  (1941), 
“Qullikka  yo„l”  (1944),  “Erkinlik  konstitutsiyasi”  (1960),  “Sof 
pullar” (1976), “Erkin kishilarning siyosiy tizimi” (1973-1979). 
Inson  erkinligining  ustunligini  F.Xayek  bosh  tamoyil  sifatida 
ko‗rsatadi.  Erkinlik  –  bu  davlat  tomonidan  har  qanday  majbur 
qilishning  bo‗lmasligi.  F.Xayek  fikriga  ko‗ra  davlat  maorifni  tashkil 
qilish bilan ham,  ijtimoiy  sug‗urtani  tashkil qilish bilan ham, kvartira 
haqi  stavkasini  tartiblash  bilan  ham  shug‗ullanmasligi  kerak,  bunday 
xatti-harakatlar  ―ma‘muriy  despotizm‖dan  boshqa  hech  narsa  emas; 
davlatning  pul  emissiyasini  amalga  oshirishdagi  monopol  huquqidan 
ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo‗lgan 
maksimum  narsa  –  bu  qarilik  pensiyalarini,  ishsizlik  bo‗yicha 
nafaqalarni to‗lash. 
 
F.Xayek ―o‗z-o‗zidan bo‗ladigan tartib‖ konsepsiyasini qattiq turib 
himoya qildi. Unga ko‗ra zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha 
elementlari  yig‗indisi hech  vaqt  inson  tomonidan  ongli  ravishda  tashkil 
etilishi  mumkin  emas  (chunki  uning bilimi,  ongi  cheklangan),  aksincha 
ular  o‗z-o‗zidan  yuz  beradigan  tartib  doirasida  rivojlanib  boradi.  ―Biz 
hodisalar  o‗rtasidagi  aloqani  muayyan  darajada  tushunishimiz  mumkin, 
lekin  ularni  boshqara  olmaymiz‖,  -  deb  yozadi  F.Xayek.  ijtimoiy  tartib 
ongli xatti-harakat natijasi bo‗lishi mumkin emas. Jamiyatda o‗rnatilgan 
tartib o‗z-o‗zidan bo‗ladigan xatti-harakat natijasidir. 
F.Xayek  makroiqtisodiy  tahlilga  salbiy  munosabatda  bo‗lgan. 
Uningcha,  mikroiqtisodiy  jarayonlarni  tadqiq  qilish  bir  butun 
iqtisodiyotning  amal  qilishini  tushuntirib  berish  uchun  zarur  va  yetarli 
hisoblanadi. 
Alohida 
xo‗jalik 
subyektlarining 
xatti-harakatining 
muvofiqlashuvi  muammosi  axborot  yordamida  hal  etilib  turiladi. 
Axborot  bozor  bahosi  mexanizmi  orqali  kelib  tushadi,  u  xo‗jalik 
ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
Bozorning  samaradorligi  shunda  ko‗rinadiki, unda aniq axborotlar 
yetarli  va  ular  tez  tarqaladi.  Natijada  ideal  emas,  lekin  shunga  yaqin 
muvozanat  o‗rnatiladi.  F.Xayek  sotsializmni  tanqid  qiluvchilardan  biri 


278 
 
sifatida to‗liq va operativ axborotga ega bo‗lmagan markaziy rejalashtirish 
bozor iqtisodiyotiga o‗xshab samarali amal qila olmasligini ko‗rsatib berdi. 
Baholarning  bir  markazdan  o‗rnatilishi,  ularning  ustidan  nazorat  qilib 
turilishi,  F.Xayekning  fikri  bo‗yicha,  axborotning  buzilishiga,  noto‗g‗ri 
tarqalishiga  olib  keladi.  Baho  talab  va  taklifni  to‗g‗ri  aks  ettirmaydi, 
mahsulotlarga  bo‗lgan  talab  to‗g‗risida  ishlab  chiqaruvchi  aniq  tasavvurga 
ega bo‗lmaydi. 
F.Xayek  bo‗yicha  pul  emissiyasiga  bo‗lgan  davlat  monopoliyasi 
erkin  jamiyat  uchun  zararli,  negaki,  hukumat  bunday  monopoliya 
yordamida  o‗z  fuqarolari  hisobiga  davlat  muammolarini  yechishga 
urinadi  (masalan,  davlat  qarzi  muammosi,  davlat  xarajatlarining 
ko‗payib  ketishi  va  b.).  U  davlat  emissiyasini  xususiy  emission 
banklarning  erkin  raqobati  bilan  almashtirishni  taklif  qiladi.  Xususiy 
valyutalarni  chiqarayotgan  banklar  o‗rtasidagi  erkin  raqobat  natijasida 
odamlar  kundalik  hayotda  foydalanish  qo‗l  keladigan  ancha  barqaror 
valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo‗ladilar.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish