O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Muhokama uchun savollar 
1.  Institutsionalizm  paydo  bo‗lishining  tarixiy-iqtisodiy  shart-
sharoitlari. 
2. 
Nega 
institutsionalizm 
neoklassik 
nazariyaga 
muqobil 
hisoblanadi? 
3. ―Institutlar‖, deganda nimani tushunasiz? 
4.  T.Veblenning  ―bekorchi  sinf‖  nazariyasidagi  asosiy  g‗oyalar 
nimalardan iborat? 
5.  U.Mitchellning  iqtisodiy  sikl  nazariyasining  o‗ziga  xosligi 
nimada? 
6.  J.Gelbreytning  ―texnostruktura‖  nazariyasining  o‗ziga  xosligi 
nimada? 
7. 
Konvergensiya 
nazariyasini 
hozirgi 
zamonga 
bog‗lab 
tushuntiring. 
8.  ―Industrial  jamiyatdan  keyngi  jamiyat‖  konsepsiyasidagi  asosiy 
g‗oya nimaga qaratilgan? 
 
 


275 
 
 
 
XIII BOB. NEOLIBERALIZM VA IJTIMOIY BOZOR 
XO„JALIGI 
 
13.1. Neoliberalizm konsepsiyasi 
Liberalizmning  asosiy  belgilari  erkin  raqobat  davrida  tovarli 
iqtisodiyotning  o‗ziga  xosligini  aks  ettirganligidir.  Liberalizm  iqtisodiy 
siyosat  sifatida  erkin  tadbirkorlik  tizimini  xo‗jalikni  tashkil  etishning 
ancha  qulay  shakli,  deb  qaragan.  Erkin  bozor  mexanizmi  iqtisodiy 
resurslarni  optimal  taqsimlash  va  foydalanishni  ta‘minlaydigan  yagona 
tartiblovchi  mexanizm  hisoblangan,  davlat  esa,  ba‘zi  bir  ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit 
bo‗yicha ―tungi qorovul‖). 
XX  asrning  30-yillari  o‗rtalariga  kelib  keynschilikning  rivoj-
lanishi  bilan  iqtisodiy  nazariyada  va  amaliyotda  liberal  yo‗nalish 
inqirozi  namoyon  bo‗la  boshladi.  Uning  natijasida:  bir  guruh 
iqtisodchilar 
o‗zlarining  qarashlaridan 
voz 
kechgan 
holda 
keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb 
hisoblashdi;  ikkinchi  guruh  iqtisodchilar  bozor  munosabatlarida 
davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya 
qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil 
etishdi.  Keyinchalik  iqtisodiy  fanda  neoliberal  konsepsiyasining 
asosiy  tamoyillari  ishlab  chiqildi  va  ularning  amaliyotda  amal  qilishi 
ko‗rsatib  berildi,  neoliberalizm  oqimi  va  maktabi  shakllantirildi, 
shuningdek, mazkur konsepsiyaning  mohiyati  va mazmuni  to‗g‗risida 
bir butun tushunchalar yaratildi. 
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari.
 Neoliberalizm, bozor 
munosabatlari  tizimi  xo‗jalik  yuritishning  ancha  samarali  shakli 
ekanligi,  u  iqtisodiy  rivojlanish  va  o‗sish  uchun  eng  qulay  shart-
sharoitlarni 
yaratib 
berishi 
to‗g‗risidagi 
qoidaga 
asoslanadi. 
Neoliberallar  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  bahoning  erkin  shakllanish 
tamoyillaridan,  iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  va  nodavlat  xo‗jalik 
tuzilmalarining  yetakchilik  rolidan  foydalanish  tarafdori  hisoblanadi. 
Bunda  ular  davlatning  iqtisodiyotni  tartiblashdagi  rolini  futbolni 
boshqarib  boradigan,  lekin  o‗yinda  ishtirok  etishga  haqqi  bo‗lmagan 
hakamga o‗xshatadi. 


276 
 
Iqtisodiyotni  davlat  tartiblashining  neoliberal  konsepsiyasi 
vakillari  L.Erxardning  –  ―mumkin  bo‗lgan  barcha  joyda  –  raqobat, 
qayerda  zarur  bo‗lsa  o‗sha  yerda  –  tartiblash‖  qoidasiga  amal  qilgan 
holda,  iqtisodiy  jarayonlarda  davlat  ishtirokini  kamaytirish  va 
iqtisodiyotdagi  nomuvozanatlikni  bartaraf  etishning  sharti  sifatida 
tadbirkorlarning  erkin  va barqaror  amal  qilishga ko‗maklash  zarurligini 
isbotlab berdi. 
Neoliberalizmning asosiy belgilari: 
–  bozor  mexanizmi  va  erkin  raqobat  ustunligini  E‘tirof  etgach, 
neoliberallar  raqobat  muhitini  shakllantirish  va  unga  amal  qilishni 
nazorat  qilish  bo‗yicha  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini  mumkin, 
deb hisoblaydi; 
–  zamonaviy  iqtisodiyotning  samaradorligini  ta‘minlashda  iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi; 
– monopoliyani milliy xo‗jalikning har tomonlama rivojlanish yo‗lidagi 
to‗siq,  deb  e‘lon  qiladi  va  iqtisodiyotdagi  monopol  moyillik  bilan 
kurashning zarurligini asoslab beradi; 
–  o‗zini  keynschilikka  va  xo‗jalik  hayotiga  faol  aralashuv  tamoyiliga 
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. 
XX  asrning  30-yillaridayoq  erkin  raqobat  tizimini  cheklovchi 
iqtisodiyotni  davlat  tartiblashining  keynschilik  g‗oyalariga  qarshi 
davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvining  muqobil  neoliberal  chora-
tadbirlari  turli  mamlakatlarda  ishlab  chiqarila  boshladi.  Hozirgi  zamon 
sharoitida  ―neoliberallar‖  nomi  bilan  ataluvchi  bir  qancha  maktablar 
amal  qiladi.  Unga  Chikago  (M.Fridman),  London  (F.Xayek),  Frayburg 
(V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm”  nima? 
Ikkinchi  Jahon  urushidan  keyin 
neoliberalizm  g‗oyalari  eng  avvalo,  G‗arbiy  Germaniya  amaliyotida 
muvaffaqiyatli  qo‗llanila  boshladi.  Bu  yerda  1948-yildan  neoliberalizm 
Bonning  rasmiy  doktrinasiga  aylandi.  O‗sha  yili  V.Oykenning 
muharrirligi 
ostida 
xo‗jalik 
va 
ijtimoiy 
tuzum 
to‗g‗risidagi 
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop 
etildi.  V.Oyken  ishlatgan  ―Ordo‖  so‗zi  ―Tabiiy  tuzum  ...  erkin  bozor 
xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi 
―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\ 
Ordoliberal konsepsiyasi asosida ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ konsepsiyasi 
ishlab  chiqildi.  Uni  ishlab  chiqqan  iqtisodchi  professorlar  Alfred 
Myuller-Armak,  Aleksandr  Ryustov,  Vilgelm  Repke  va  Lyudvig 
Erxardlar hisoblanadi. 


277 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish